{"id":4218,"date":"2021-10-16T09:34:32","date_gmt":"2021-10-16T06:34:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4218"},"modified":"2021-10-16T09:34:34","modified_gmt":"2021-10-16T06:34:34","slug":"arximed","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arximed\/","title":{"rendered":"ARXIMED"},"content":{"rendered":"\n<p>(taxminan miloddan aw al 287\u2014 212-yillar) Arximed Yunonistonning buyuk olimlaridan, ixtirochilaridan biri bo&#8217;lgan. Siz hali maktabga bormasingizdanoq Arximed ixtirolaridan biri bilan tanishgansiz. Onangiz chuchvaraga qiyma chiqarayotganda go&#8217;sht qiymalagich ichidagi vintsimon valni ko&#8217;rgansiz, albatta. Go&#8217;sht qiymalagichning dastasi aylantirilganda vintsimon val ham aylanib, go&#8217;sht bo&#8217;laklarini pichoqqa itarib beradi. Ana o&#8217;sha val Arximed vinti deb ataladi, lekin Arximed uni aslida go&#8217;sht qiymalagich uchun o&#8217;ylab topmagan, balki ekinlarni sug&#8217;orish maqsadida daryodan suv chiqarib beradigan mashina uchun yaratgan. Arximed vinti har xil mashinalarda ishlatiladi, bug&#8217;doy, qum singari sochiluvchan yuklarni yuqoriga ko&#8217;tarish uchun xizmat qiladi, zavodlarda detallarni surib beradi. Maktabda fizika darsida siz Arximed qonuni bilan tanishasiz. Bu qonun dengizda ulkan kemalar nima uchun cho&#8217;kib ketmasligini tushuntirib beradi. Bu qonunni topganida u \u201cEvrika!\u201d (\u201cTopdim\u201d) deb xitob qilgan edi. Arximed richaglarning harakatlanish qonunlarini o&#8217;rganish bilan shug&#8217;ullangan. \u201cMenga tayanch nuqtasini bersangiz, Yerni ham o&#8217;rnidan qo&#8217;zg&#8217;ataman &#8230;\u201d, degan edi u. Olim bu so&#8217;zini maqtanish uchun aytgan emas, u buni aniq hisoblab chiqqan edi. Arximedning matematikaga doir ishlari ham muhim. U aylana uzunligining diametriga nisbatini katta aniqlikda hisoblab topgan. Arximed ishlatgan usullar asta-sekinlik bilan hozirgi integral hisobga olib kelgan. Arximed o&#8217;z ona shahri \u2014 Sirakuzani himoya qilish uchun ko&#8217;plab ajoyib jangovar mashinalar yasagan. Rimliklar Sirakuzaga bostirib kelishganida Arximedning harbiy mashinalari dushman kemalarini cho&#8217;ktirgan. Ularni parcha-parcha qilib yuborgan, jangchilarini qirgan. Biroq shahar himoyachilarining qo&#8217;shini son-sanoqsiz Rim qo&#8217;shini oldida juda oz va kuchsiz edi, shuning uchun rimliklar Sirakuzani bosib olishgan. Afsonaga ko&#8217;ra, o&#8217;sha paytda Arximed 75 yoshga kirgan edi. Rim jangchisi olimning uyiga bostirib kirganda u qumli yashik ustiga engashib, nimalarnidir chizayotgan cholni ko&#8217;rgan. Arximed esa bu paytda geometrik shakllarni chizar edi. Chizmalarimga qo&#8217;lingni tekkizma, &#8211; deb xitob qilgan Arximed. Javob o&#8217;rniga jangchi qilichini ishga solgan va buyuk olim qum ustiga yiqilib, chizmalarini qonga bo&#8217;yagan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>(taxminan miloddan aw al 287\u2014 212-yillar) Arximed Yunonistonning buyuk olimlaridan, ixtirochilaridan biri bo&#8217;lgan. Siz hali maktabga bormasingizdanoq Arximed ixtirolaridan biri bilan tanishgansiz. Onangiz chuchvaraga qiyma chiqarayotganda go&#8217;sht qiymalagich ichidagi vintsimon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arximed\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-4218","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4218","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4218"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4218\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4219,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4218\/revisions\/4219"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4218"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4218"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4218"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}