{"id":4233,"date":"2021-10-16T16:44:49","date_gmt":"2021-10-16T13:44:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4233"},"modified":"2021-10-16T18:42:18","modified_gmt":"2021-10-16T15:42:18","slug":"oqmaschitdagi-jang","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oqmaschitdagi-jang\/","title":{"rendered":"Oqmaschitdagi jang"},"content":{"rendered":"\n<p>XIX asrning 40-yillarida o\u2019zbek xonliklariga qarshi yurish boshlab yuborildi. Bu vaqtlarda qozoq xalqining sodiq farzandi Sulton Kenisar boshchiligida Chorizm hukmronligiga qarshi harakat kuchaydi. 1843 yilda harbiy kuchlar bu qo\u2019zg\u2019olonni bostirish uchun yuborildi. Natijada, vatan himoyachisi Sulton Kenisar qo\u2019lga olindi va o\u2019ldirildi. Shu ravishda Chor hukumati o\u2019zbek xonliklari tomonga yurishda yo\u2019lda uchraydigan barcha to\u2019siqlarni bartaraf qilib bordi va ayni bir paytda harbiy istehkomlarni qurdi. Masalan, 1845 yilda Turg\u2019ay daryosi bo\u2019yidagi Orenburg istehkomi qayta qurildi, Mang\u2019ishloq yarim orolida esa Novopetrovsk (keyinchalik Aleksandrovsk) istehkomi barpo qilindi. 1848 yilda esa Sirdaryoning Orolga quyilish joyida Rim (Kazalinsk) harbiy istehkomi bunyod etildi. Bu ishni general Obruchev qo\u2019mondonligidagi 4 rota, 3 yuzlik va 4 zambarakli askarlar amalga oshirdi. O\u2019sha yili 23 avgustda polkovnik Yerafeyev boshchiligidagi 2 zambarak bilan qurollangan 200 rus qo\u2019shini Xiva askarlarini mag\u2019lubiyatga uchratib Xon xo\u2019ja qal\u2019asini bosib oldi. Shundan keyin \u201cNikolay\u201d va \u201cKonstantin\u201d kemalaridan iborat Orol flotilyasi yuzaga keltirildi. Keyi 1848 yilda Xiva xonligiga qarashli Xo\u2019ja Niyoz qal\u2019asi rus qo\u2019shini tomonidan egallandi va ostin-ustin qilib tashlandi. 1850 yilda 50 piyoda, 175 kazak va 2 zambarakdan tashkil topgan rus qo\u2019shini Qo\u2019qon xonligini To\u2019ychibek qal\u2019asini bosib olib buzib tashladi. O\u2019sha yili dushman kuchlari Qushqo\u2019rg\u2019on nomli Qo\u2019qon qal\u2019asini egalladi. 1851 yilda polkovnik Koraboshev boshchiligida 5 ta rota, 5 yuzlik, 6 zambarak va 1 ta raketa stanogiga ega askarlar Oqbuloq degan joy yaqinida Yoqubbek boshchiligidagi Qo\u2019qon qo\u2019shiniga zarba berdi. Bu vaqtlarda Turkiston, Chimkent, Avliyo ota, Pishkek, To\u2019qmoq, Oqmachit va ularning atrofidagi bepoyon yerlar Qo\u2019qon xonligining qo\u2019l ostida edi. Shu boisdan rus qo\u2019shinlari birinchi navbatda xonliking kuchlari bilan to\u2019qnashdi. Oqmachit (hozirgi Qizil O\u2019rda) xonlikning eng muhim harbiy qal\u2019alaridan biri hisoblangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1852 yilda unga rus qo\u2019shinlari hujum qildi, lekin 72 kishini yo\u2019qotib ololmadilar. O\u2019sha yili polkovnik Blaramberg harbiy otryadi (1,2 rota, 2 yuzlik va 5 zambarak) bilan Qo\u2019shqo\u2019rg\u2019on, Chimqo\u2019rg\u2019on, Kumushqo\u2019rg\u2019on singari Qo\u2019qon qal\u2019alarini bosib oldi. Keyingi 1853 yilda shaxsan general Perovskiy boshchiligida 12 ta to\u2019plar bilan ikki mingdan ortiq askarlar Oqmachitni qamal qildilar. General Perovskiyni taslim bo\u2019lish haqidagi takliflariga vatan himoyachilari: \u201cBizlar bir dona porox va ko\u2019chada bir kesak qolguncha, hamma qurollarimiz tamoman sinib bitguncha kurashamiz\u201d, deb javob qaytardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Qal\u2019ada bor yo\u2019g\u2019i 250 kishi mudofaada edi. Lekin shunga qaramay ular jasorat va qahramonlik namunalarini namoyish etib, dushmanni hayron qoldirdi. Bunga tan bergan general-gubernator Perovskiy boshliqlarga yozgan axborotida mudofaachilar \u201cqal\u2019aning devorlarida va ichki tomonidan qo\u2019mondon Muhammad Alixonning halok bo\u2019lishiga qaramay yuzboshi Lafas boshchiligida nihoyatda katta jasorat va matonat bilan jang qildilar. Hamda o\u2019zlari qasam ichganidek, oxirgi daqiqagacha imkoni boricha kurashdilar\u201d degan edi. Shunisi diqqatga sazovorki, qal\u2019aning himoyasidagi jangda o\u2019zbek ayollari ham qatnashib dushmanni lol qoldirgan. Rus qo\u2019shini qal\u2019a devorining ustiga porox qo\u2019yib portlatib ichkariga bostirib kirgandan so\u2019ng erkaklar va ayollar qo\u2019llaridagi qurollarini va o\u2019qlarini tashlab qilich jangiga o\u2019tib, shu darajada urushdilarki, bunday manzarani osmonu falak hali hech ko\u2019rmagan va eshitmagan edi. Qal\u2019adagi erkak va ayollar asir tushishni or bilib, o\u2019zlarini o\u2019limga mahkum etganliklari ruslarni juda hayratlantirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1853 yil 28 iyulda 22 kunlik jangdan keyin Oqmachit qal\u2019asi tormor etildi. Bu yerdagi 250 himoyachidan 74 kishi tirik qolgan, 35 tasi yarador hisoblangan, o\u2019lganlarning orasida ayollar ham bo\u2019lgan. Rus askarlaridan 25 kishi halok bo\u2019ldi va 46 kishi yarador qilindi. Qal\u2019adan 80 ta ayol va 25 ta bolalar asir olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oqmachitning o\u2019rnida \u201cFort Perovskiy\u201d rus qal\u2019asi barpo etildi. Oqmachitning qo\u2019ldan ketishi butun Qo\u2019qon xonligini larzaga soldi. U yerga bir necha marotaba Qo\u2019qon qo\u2019shini va ko\u2019ngillilar yuborilib jang qilindi. Bundan janglarning birida, 1853 yilning 18 dekabrida vatan himoyachilaridan ikki ming kishi halok bo\u2019lgan. Lekin har bir urinish mag\u2019lubiyat bilan tugallandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1854 yilda Olma Otada Verniy nomida rus harbiy istehkomi qurildi hamda Ili vodiysi qo\u2019lga kiritildi. Bu yerda Ziliysk bo\u2019limi tashkil etdi. 1856 yilda polkovnik Xarmentavskiy boshchiligidagi 1 rota, 1 yuzlik va 1 raketa stanogli rus qo\u2019shinlari qozoqlarni Katta Juziga tegishli tapay qabilasini bo\u2019ysundirdi. Shuningdek, 320 piyoda, 300 kazak, 3 zambarak va 2 ta raketa stanogidan tashkil topgan general-mayor graf fon Fitin qo\u2019mondonligidagi qo\u2019shni Xo\u2019ja harbiy istehkomini bosib oldilar. 1857 yili esa bu general 200 piyoda, 300 kazak va 2 ta zambarak bilan Xiva qo\u2019shinini mag\u2019lubiyatga uchratdi hamda ularning tarafini olga bir guruh qozoqlarni jazoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus davlati tomonidan birin-ketin xonlik yerlarni bosib olishga qarshi Toshkentda katta kuch to\u2019plandi va Iliorti tomonga yuborildi. Bu yerlard 1858 yilda 5000 kishilik Toshkent va Qo\u2019qon harbiy kuchlari bilan podpolkovnik Peremeshmelskiy boshliq qo\u2019shin o\u2019rtasida jang bo\u2019lib vatan himoyachilari Chuy daryosi vodiysiga surib tashlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>1860 yilda 6 ta rota, 600 ta kazak, 12 ta og\u2019ir zambarak, 4 ta raketa moslamasidan tashkil topgan rus askarlari Pishpak va To\u2019qmoq singari Qo\u2019qon istehkomlariga hujum qilib, qo\u2019li baland keldi. Podpolkovnik Peremeshmelskiy Pishpekni egallash uchun 954 ta snaryad va 13 mingga yaqin o\u2019q ishlatdi. Himoyachilarda ko\u2019p kishilar o\u2019ldi va yarador bo\u2019ldi. Shuningdek, To\u2019qmoq qal\u2019asi ham dushman tomonidan egallanib, bu hol butun xonlikni katta tashvishga soldi. O\u2019zbek, qozoq va qirg\u2019izlar birgalikda Toshkent hokimi boshchiligida Rus davlati tajovuziga qarshi bosh ko\u2019tarib 1860 yil 21 oktabrda Qoraquztog\u2019 daryosi bo\u2019yidagi Uzunoyog\u2019ochda bosqinchilar bilan to\u2019qnashdi. Bu yerda 20 ming kishilik vatan himoyachilari bilan podpolkovnik Kalpakovskiy boshchiligidagi qo\u2019shin (3 rota, 2 yuzlik, 6 zambarak va 2 ta raketa moslamasi) o\u2019rtasida Pishpek ostonasida jangda dushman g\u2019alabaga erishdi. Rus qo\u2019shini tomonidan 2051 snaryad, 31879 ta to\u2019p otildi. Bu jangda vatan himoyachilaridan 1500 kishi o\u2019ldirildi va ko\u2019pi yaralandi. Dushman askarlaridan 13 kishi o\u2019ldirildi va 29 kishi jarohatlandi. 574 himoyachi asirga olindi. Asirlar orasida, 82 savdogar, 92 ta ayol va bolalar bor edi. Dushman Pishpek va To\u2019qmoq istehkomlarini yer bilan yakson qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Garchan, vatan himoyachilari birin-ketin mag\u2019lubiyatga uchragan bo\u2019lsalarda, lekin ozodlik uchun hech narsadan toymadilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XIX asrning 40-yillarida o\u2019zbek xonliklariga qarshi yurish boshlab yuborildi. Bu vaqtlarda qozoq xalqining sodiq farzandi Sulton Kenisar boshchiligida Chorizm hukmronligiga qarshi harakat kuchaydi. 1843 yilda harbiy kuchlar bu qo\u2019zg\u2019olonni bostirish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oqmaschitdagi-jang\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-4233","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4233","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4233"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4233\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4236,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4233\/revisions\/4236"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4233"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4233"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4233"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}