{"id":4237,"date":"2021-10-16T19:00:37","date_gmt":"2021-10-16T16:00:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4237"},"modified":"2022-03-23T14:14:44","modified_gmt":"2022-03-23T11:14:44","slug":"avliyoota-turkistonni-va-chimkentning-bosib-olinishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/avliyoota-turkistonni-va-chimkentning-bosib-olinishi\/","title":{"rendered":"Avliyoota, Turkistonni va Chimkentning bosib olinishi"},"content":{"rendered":"\n<p>1861 yilning 25 oktabrida general-leytenant Debu boshchiligidagi rus qo\u2019shini xonlikning Yangiqo\u2019rg\u2019on qal\u2019asini vayron qilib tashladi. Keyinchalik 1862 yilda polkovnik Kalpokovskiy 4 ta rota, 2 yuzlik va 4 zambarak qo\u2019shin bilan Marki nomidagi Qo\u2019qon istehkomini egalladi. General-leytenant Debu 550 piyoda, 300 kazak va 10 zambarak bilan Dinqo\u2019rg\u2019on qal\u2019asini bosib oldi. 1863 yil 4 iyunda polkovnik Chernyayev o\u2019z qo\u2019l ostidagi 87-Sibir batalonining 3,5 o\u2019qchi rotalari, 9-g\u2019arbiy Sibir kazaklari artilleriyasining 1-vzvodi piyoda tog\u2019 batareyasi va Sibir kazaklari polka bilan Avliyootani urushib oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha yili 18 iyundan 1 iyulgacha podpolkovnik Lerxni 2 ta rotasi, 1,2 yuzlik, 2 ta tog\u2019 zambarak va 1 raketa moslamasi bilan Qorabura dovonidan oshib Qo\u2019qon askarlarini qirib tashladi va qora-qirg\u2019iz qabilalarini bo\u2019ysundir. 1864 yilning 12 iyunida 412 rota, 10 zambarak, 6 mortira va 2 raketa moslamasi bilan polkovnik Verevskiy Turkistonga hujum qildi. Bu jangda mahalliy xalq vakillaridan ko\u2019p kishilar halok bo\u2019ldi. Ba\u2019zi ma\u2019lumotlarga ko\u2019ra, chor qo\u2019mondoni agar shahar taslim bo\u2019lmasa, Ahmad Yassaviy maqbarasiga to\u2019p otilishi va vayron qilinishini ma\u2019lum qilgan. Shundan keyingina himoyachilar urushni to\u2019xtatishga majbur bo\u2019lganlar. Turkistonni Rus davlati tomonidan egallanishi Toshkent va umuman Qo\u2019qon xonligi uchun katta xavf tug\u2019dirdi. Qo\u2019ldan ketgan joylarni qaytarib olish va Chor hukumati askarlarining yurishini to\u2019xtatish uchun Qo\u2019qonda tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Chunonchi, xonlikning hamma joylaridagi qo\u2019shin to\u2019planib, harbiy qurollar bilan ta\u2019minlandi. So\u2019ngra Qo\u2019qon xoni Saidxon va lashkarboshi Alimqul askarlar bilan Toshkentga jo\u2019nadi. Bu yerda ham harbiy tayyorgarlikka zo\u2019r e\u2019tibor berilib, Alimqul ko\u2019p qo\u2019shin bilan Chimkentga yo\u2019l oladi. Chunki bu vaqtda Chernyayev boshchiligidagi rus otryadining Avliyootadan Chimkent tomon yo\u2019lga chiqqanligi haqida xabar olingan edi. Shundan keyin qo\u2019shinlar va askarlar tong otar paytida yo\u2019lga otlanib, har bir mahalla oldida xalqdan \u201cduoi fotiha\u201d olib shahardan chiqib ketgan. Bularni xalq yaxshi niyat va yig\u2019i-sig\u2019i bilan kuzatib qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xon qo\u2019shinlaaridan har bir shaharning askari alohida qismni tashkil etib o\u2019z boshlig\u2019iga ega bo\u2019lgan. Masalan, toshkentliklarga Mirza Davlat, qipchoqlarga Mingboy, marg\u2019ilonliklarga Yusupboy, xo\u2019jandliklarga Mirzaahmad qushbegi qushbegi boshchilik qilgan. Shunga o\u2019xshash andijonliklar, namanganliklar, o\u2019shliklar va boshqa joylarning harbiy qismlari mavjud bo\u2019lgan. Shuningdek, eshoni Kalon xo\u2019ja, Mo\u2019minxo\u2019ja Sudur, Mirbobo ponsodboshi va Avazmuhammadiy singari sarkardalar ham qo\u2019shinga rahbarlik qilganlar. Qo\u2019shinga shaxsan Alimqulning o\u2019zi boshchilik qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Chimkentdagi jangni qipchoqlar boshlab keyin toshkentlik va boshqa shahar otryadlari davom ettirganlar. Dastavval bir kecha-kunduz davomida ikkala tomon o\u2019rtasida to\u2019plardan otishuv bo\u2019lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cSo\u2019ngra to\u2019rt tomondan, &#8211; deb yozadi Solih Toshkandiy, &#8211; askarlar otdan tushdi va to\u2019rt tomondan karpaylar chalinib, rus qo\u2019shinlariga qarshi hujumga o\u2019tildi. O\u2019sha onda hozir bo\u2019lgan kishilarni so\u2019zicha xon qo\u2019shinlari 2-3 ming qadamgacha to\u2019xtovsiz olg\u2019a qarab choptilar. Ikki o\u2019rtada bir yarim ming qadamcha masofa qolganda rus askarlari tomonidan birdaniga to\u2019p va miltiqlardan yomg\u2019irdek o\u2019q bo\u2019ron qildilarki, maydonda birdaniga 12 ming kishi o\u2019ldirildi, ularning oh, nola va faryodlari osmonga taraldi. Hatto bu fojeali manzaradan ruslarni o\u2019zlari ham hayratda qolib barmoqlarini tishlab baland ovoz bilan baqirdilarki, ey musulmonlar, biz urushni to\u2019xtatdik, o\u2019luk va yaradorlrni maydondan olinglar, dedilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan keyin Qo\u2019qon lashkarboshisi Alimqul huzuriga N.A.Severtsev nomli rus elchisi kelib sulh tuzishni taklif etadi. Bu taklif xon tomonidan sardor va amaldorlar muhokamasiga qo\u2019yilib fikr almashuv o\u2019tkazildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayrim amaldorlar sulh tuzishni quvvatlagan bo\u2019lsada, boshqa bir guruh kishilar, shu jumladan Toshkent amaldorlari unga qarshi chiqib, sulh tuzish aldashlik nuqtai nazaridan taklif etilayotganligini uqtirib o\u2019tdilar. Pirovardida rus otryadlarini Turkistonga qaytib ketishi haqida rus elchisi bilan kelishildi. Shunga binoan rus qo\u2019shinlari Turkistonga yo\u2019l oldi. Bu shundan guvohlik beradiki, rus qo\u2019shinlari Chimkentni egallashga qurbilari yetmay orqaga qaytishga majbur bo\u2019lgan. Lekin rus qo\u2019shinlari yo\u2019lda Turkistondan qo\u2019shimcha kuchning kelib qo\u2019shilishi natijasida Chernyayev boshchiligida Chimkentga qayta hujum qildilar. Bu joyning qalasining tashqarisida joylashgan \u201cJanan\u201d qabristonini bir tomonida qattiq jang bo\u2019lib Qo\u2019qon qo\u2019shinlari g\u2019alaba qozondi. Rus qo\u2019shinlari esa Turkistonga qaytib ketdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Shundan keyin Alimqul Avliyoota mudofaasii uddalay olmagan va uni rus qo\u2019shinlariga berib qo\u2019yib, Chimkentga qochib kelgan hokim Niyozali ponsadboshining oyoq-qo\u2019llarini bog\u2019lab to\u2019p og\u2019ziga qo\u2019yib ottirdi. Xuddi shu xilda Duglat qabilasining boshliqlaridan biri rus qo\u2019shinlariga josus sifatida xizmat qilgan Boyzoqboy nomli kishi ham jazolandi. Lashkarboshi Alimqul Chimkent mudofaasini mustahkamlash va Chor hukumatiga qarshi urushni davom ettirish tadbirlarini ko\u2019rayotganda Buxoro xonining Qo\u2019qonga qarshi otalanganligi haqida xabar oldi. Shu munosabat bilan Alimqul Chimkentda qo\u2019shinining bir qismini qoldirib Qo\u2019qonga jo\u2019nadi. Bu holat Chimkentda rus askarlariga qarshi harakatga salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. Buni yaxshi anglagan Chernyayev otryadi polkovnik Lerx boshchiligida qo\u2019shin bilan birgalikda Chimkentga hujum qilib, 1864 yilning 21 sentyabrida uni egalladi. Bu yerda rus qo\u2019shinlari tomonidan ko\u2019p odamlar o\u2019ldirildi. Qo\u2019qon qo\u2019shinlarining bir qismi Toshkentga qochib ketdi. General Chernyayev Rossiya tarafdorlaridan biri Siddiq Nazarni Chimkentning mingboshisi qilib tayinladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1861 yilning 25 oktabrida general-leytenant Debu boshchiligidagi rus qo\u2019shini xonlikning Yangiqo\u2019rg\u2019on qal\u2019asini vayron qilib tashladi. Keyinchalik 1862 yilda polkovnik Kalpokovskiy 4 ta rota, 2 yuzlik va 4 zambarak qo\u2019shin bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/avliyoota-turkistonni-va-chimkentning-bosib-olinishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-4237","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4237","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4237"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4237\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22226,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4237\/revisions\/22226"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4237"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4237"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4237"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}