{"id":4328,"date":"2021-10-17T19:20:02","date_gmt":"2021-10-17T16:20:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4328"},"modified":"2025-10-28T13:26:55","modified_gmt":"2025-10-28T10:26:55","slug":"abdulla-qahhor-kim-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdulla-qahhor-kim-bolgan\/","title":{"rendered":"ABDULLA QAHHOR kim bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>ABDULLA QAHHOR (1907.17.9, Qo&#8217;qon \u2014 1968.25.5, Moskva) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tug&#8217;ilgan. Bolaligi Qo&#8217;qon va uning atrofidagi qishloqlarda o&#8217;tdi. Oqqo&#8217;rg&#8217;on qishlog&#8217;idagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil ko&#8217;rdi. Oilasi Qo&#8217;qonga ko&#8217;chib kelgach &#8220;Istiqlol&#8221; nomli sho&#8217;ro maktabiga o&#8217;qishga kiradi, undan internat, &#8220;Kommuna&#8221;, &#8220;Namuna&#8221; maktablarida, so&#8217;ng bilim yurtida tahsil ko&#8217;radi. Bilim yurtining &#8220;Adib&#8221; qo&#8217;lyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi &#8220;Qizil O&#8217;zbekiston&#8221; gazetasi tahririyatining &#8220;Ishchi-batrak maktublari&#8221; varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida O&#8217;rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). Abdulla Qahhor yana Qo&#8217;qonga borib, dastlab o&#8217;qituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi; ko&#8217;p o&#8217;tmay &#8220;Yangi Farg&#8217;ona&#8221; viloyat gazetasiga kotib va &#8220;Chig&#8217;iriq&#8221; hajviy bo&#8217;limiga mudir etib tayinlanadi (1929). Abdulla Qahhorning &#8220;Oy kuyganda&#8221; ilk hajviy she&#8217;ri &#8220;Mushtum&#8221; jurnalida Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). So&#8217;ng uning bir qancha hajviy she&#8217;r va hikoyalari &#8220;Mushtum&#8221;, &#8220;yangi yo&#8217;l&#8221; jurnalilari va &#8220;Qizil O&#8217;zbekiston&#8221; gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi taxalluslar ostida e&#8217;lon qilindi. Abdulla Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va O&#8217;rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga o&#8217;qishga kiradi (1930), ayni paytda &#8220;Sovet adabiyoti&#8221; jurnalida mas&#8217;ul kotib vazifasini bajaradi. O&#8217;zdavnashrda muharrir va tarjimon (1935 \u2014 53). 1954 \u2014 56 yillarda O&#8217;zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi. Abdulla Qahhor umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va o&#8217;sha yerda vafot etadi. Toshkentdagi Chig&#8217;atoy qabristonida dafn etiladi. Abdulla Qahhor ijodi she&#8217;riyat bilan boshlangan esada, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. &#8220;Boshsiz odam&#8221; (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. Abdulla Qahhorning dastlabki ijodidagi &#8220;Qishloq hukm ostida&#8221; qissasi (1932) sho&#8217;ro mafkurasi asosida yozilgan. Uning &#8220;Boshsiz odam&#8221; hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy o&#8217;tmish aks ettirilgan. &#8220;Ko&#8217;shchinor chiroklari&#8221; (1951) romanida (dastlabki varianti &#8220;Qo&#8217;shchinor&#8221;, 1946) jamoalashtirish davrining voqealari badiiy tasvirlangan. Abdulla Qahhorning 30-yillar ijodida uning birinchi romani \u2014 &#8220;Sarob&#8221; muhim o&#8217;rinni egallaydi. Yozuvchining ushbu romani bosh qahramon Saidiyning faoliyatini ko&#8217;rsatishga qaratilgan, yana unda 20-yillarning 2-yarmidagi o&#8217;zbek xalqi hayotining maishiy, etnografik, iqtisodiy va ma&#8217;naviy manzaralari yaqqol aks etib turadi. &#8220;Sarob&#8221; keng mavzuli roman bo&#8217;lgani uchun yozuvchi o&#8217;zining badiiy niyatini yalang&#8217;och holda ko&#8217;rsatmay, uni shu davr hayotining boshqa manzaralari ko&#8217;rinishida reallashtirishga uringan. Voqealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan. Abdulla Qahhor ijodiy hayoti davomida 40 dan ziyod asar e&#8217;lon qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham bo&#8217;lib, ular o&#8217;zbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir. Abdulla Qahhorning nasriy asarlari orasida &#8220;Qo&#8217;shchinor chiroqlari&#8221; romani hamda &#8220;Sinchalak&#8221; (1958), &#8220;O&#8217;tmishdan ertaklar&#8221; (1965) va &#8220;Muhabbat&#8221; (1968) qissalari muhim o&#8217;rin tutadi. Abdulla Qahhorning iste&#8217;dodi uchun komediya janri ham yaqin edi. Buni sezgan yozuvchi 50-yillar arafasida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, shu davrning muhim mavzularidan biri \u2014 qo&#8217;riq yerlarni o&#8217;zlashtirish mavzuida &#8220;Shohi so&#8217;zana&#8221; (&#8220;Yangi yer&#8221;, 1949 \u2014 53) komediyasini yaratdi. Shuni aytish lozimki, bu komediyada qo&#8217;riq yerlarning \u2014 Mirzacho&#8217;lning o&#8217;zlashtirilishidan ko&#8217;ra ba&#8217;zi kishilar ongidagi sho&#8217;rning bartaraf etilishi mavzui birinchi o&#8217;ringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi o&#8217;zbek adabiyotidagi asosiy konflikt \u2014 yangilik bilan eskilik o&#8217;rtasidagi ziddiyat bu komediyada o&#8217;zining teran badiiy tasvirini topgan. Bu asarda Abdulla Qahhor ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy bo&#8217;yoqlardan mohirona foydalangan holda konfliktni o&#8217;ziga xos ravishda hal qilgan. Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham o&#8217;ynalib, o&#8217;zbek teatr san&#8217;atining kamol topib borayotganini namoyish etdi. Bundan ilhomlangan yozuvchi &#8220;Og&#8217;riq tishlar&#8221; (1954), &#8220;Tobutdan tovush&#8221; (1962) hamda &#8220;Ayajonlarim&#8221; (1967) komediyalarini yaratdi. Bu asarlarda, xususan &#8220;Tobutdan tovush&#8221;da o&#8217;sha davr uchun xos bo&#8217;lgan illatlar hajv o&#8217;ti ostiga olindi. Ayniqsa so&#8217;nggi asarda Abdulla Qahhor o&#8217;ziga xos noziq tuyg&#8217;u bilan jamiyatdan poraxo&#8217;rlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yo&#8217;qotish istagida uning ayrim ko&#8217;rinishlarini sahnaga olib chiqdi, u &#8220;So&#8217;nggi nusxalar&#8221; nomi bilan ham sahna yuzini ko&#8217;rdi. Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida o&#8217;zbek tilini noziq his etuvchi va uning boy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. U o&#8217;zining nasriy asarlarida ham, komediyalarida ham tildan foydalanish va ona tilining cheksiz imkoniyatlarini namoyish etishning ajoyib namunalarini berdi va o&#8217;z ijodi bilan o&#8217;zbek adabiy tilining kamol topishiga ulkan hissa qo&#8217;shdi. Abdulla Qahhor hayotining so&#8217;nggi kunlarida sho&#8217;ro jamiyatida shaxsga sig&#8217;inishning avj olishi orqasida yuz bergan fojialarni tasvirlovchi &#8220;Zilzila&#8221; qissasi ustida ish olib bordi. Lekin uni tugata olmadi. Abdulla Qahhor tarjimon sifatida ham mashhur. U Pushkin, L. Tolstoy, Gogol, Chexov asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Ayni paytda Abdulla Qahhor asarlari rus, ukrain, belorus, qozoq, qirg&#8217;iz, tojik, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan. Uning ayrim hikoyalari esa ingliz, nemis, frantsuz, chex, polyak, bolgar, rumin, arab, hind, vetnam tillarida chop etilgan. Abdulla Qahhor Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati. &#8220;Buyuk xizmatlari uchun&#8221; ordeni bilan mukofotlangan (2000). Uning nomi Toshkent va Qo&#8217;qondagi bir necha ko&#8217;cha, maktab va jamoa xo&#8217;jaliklariga, shuningdek madaniyat uylari va respublika satira teatriga berilgan. Toshkentda Abdulla Qahhor uy-muzeyi ochilgan (1987). As: asarlar, 5 jildli, 1 \u2014 5-jildlar, T., 1987 \u2014 89; zilzila, \u2014 &#8220;Sharq yulduzi&#8221;, 1996, 11 &#8211; 12-son. Ad:. Qahhorova K., Chorak asr hamnafas, T., 1987; Sharafiddinov O., Abdulla Qahhor, T., 1988; Qo&#8217;shjonov M., Abdulla Qahhor mahorati, T., 1988. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ABDULLA QAHHOR (1907.17.9, Qo&#8217;qon \u2014 1968.25.5, Moskva) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tug&#8217;ilgan. Bolaligi Qo&#8217;qon va uning atrofidagi qishloqlarda o&#8217;tdi. Oqqo&#8217;rg&#8217;on qishlog&#8217;idagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdulla-qahhor-kim-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4328","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4328","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4328"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4328\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162326,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4328\/revisions\/162326"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4328"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4328"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4328"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}