{"id":4330,"date":"2021-10-17T20:00:20","date_gmt":"2021-10-17T17:00:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4330"},"modified":"2025-10-28T13:26:53","modified_gmt":"2025-10-28T10:26:53","slug":"abdulla-qodiriy-kim-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdulla-qodiriy-kim-bolgan\/","title":{"rendered":"ABDULLA QODIRIY kim bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>ABDULLA QODIRIY (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) &#8211; 20-asr yangi o&#8217;zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o&#8217;zbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bog&#8217;bon oilasida tug&#8217;ilgan. Otasi Qodirbobo (1820-1924) xon, beklar qo&#8217;lida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan o&#8217;tgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol o&#8217;ynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904\u2014 06), rus-tuzem maktabida (1908-12), Abulqosim Shayx madrasasida (1916\u2014 17) ta&#8217;lim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925-26) o&#8217;qidi. Yoshligidanoq qadimiy Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini o&#8217;rgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan. Oilasi kambag&#8217;allashganligi sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotiblik va gumashtalik qildi (1907-15). 1917 yil Oktabr davlat to&#8217;ntarishidan so&#8217;ng eski shahar oziqa qo&#8217;mitasining sarkotibi (1918), &#8220;Oziq ishlari&#8221; gazetasining muharriri (1919), kasabalar sho&#8217;rosining sarkotibi (1920), &#8220;Mushtum&#8221; jurnali tashkilotchilaridan va tahrir hay&#8217;ati a&#8217;zosi (1923-26). Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910- yillarning o&#8217;rtalariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. &#8220;Sadoi Turkiston&#8221; gazetasining 1914 yil 1 aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan &#8220;Yangi masjid va maktab&#8221; sarlavhali xabar bosiladi. Bu bo&#8217;lajak adibning matbuotdagi dastlabki chiqishi edi. Oradan ko&#8217;p o&#8217;tmay, uning &#8220;To&#8217;y&#8221;, &#8220;Ahvolimiz&#8221;, &#8220;Millatimga&#8221;, &#8220;Fikr aylagil&#8221; kabi she&#8217;rlari, &#8220;Baxtsiz kuyov&#8221; dramasi, &#8220;Juvonboz&#8221; hikoyasi chop etiladi (1914-15). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki namunalari bo&#8217;lgan bu asarlar millatparvarlik, ma&#8217;rifatparvarlik ruhida yozilgan bo&#8217;lib, jadidchilik g&#8217;oyalari bilan sug&#8217;orilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib so&#8217;zlaydi, millatni uyg&#8217;onishga da&#8217;vat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriyning &#8220;Uloqda&#8221; hikoyasi (1916) avvalgi asarlari bilan tenglashtirib bo&#8217;lmaydigan darajada yuqori bo&#8217;lib, 20-asr tongidagi o&#8217;zbek realistik adabiyotining cho&#8217;qqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi namunasi hisoblanadi. Abdulla Qodiriyning 1917 yil Oktabr to&#8217;ntarishidan keyingi faoliyati asosan matbuot bilan bog&#8217;langan. Uning 1919-25 yillar oralig&#8217;ida yozgan maqolalari soni 300 atrofida. Abdulla Qodiriyning publitsistik chiqishlari avvalo o&#8217;sha davrning tarixiy hujjati, zamonasining solnomasi. 20-yillar o&#8217;rtalarida yozilgan &#8220;Kalvak Mahzumning xotira daftaridan&#8221;, &#8220;Toshpo&#8217;lat tajang nima deydir?&#8221; satirik hikoyalar turkumida yozuvchi kulgusi &#8220;Xarakter kulgusi&#8221; darajasiga ko&#8217;tarildi. Muallif bunda hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib, nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish yo&#8217;lidan bormay, xarakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko&#8217;rsatishga jazm etadi. Abdulla Qodiriy sho&#8217;ro hokimiyatining dastlabki yillarida qizg&#8217;in jurnalistik faoliyati bilan barobar o&#8217;zbek adabiyotidagi birinchi roman \u2014 &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221;ni yaratdi (1919-20). Romandan boblar 1922 yil &#8220;Inqilob&#8221; jurnalida e&#8217;lon etildi. 1924-26 yillari har bir bo&#8217;limi alohida-alohida kitob holida bosildi. &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; yaratilgan davr o&#8217;zbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi, jahondagi o&#8217;rni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Abdulla Qodiriy mamlakatimiz taraqqiyparvar ziyolilari safida turib ona yurtning, millatning taqdiri ustida astoydil qayg&#8217;urdi, o&#8217;zicha najot yo&#8217;lini izladi. Avvaliga u bolsheviklarning yolg&#8217;on va&#8217;dalariga ishondi, ammo adib bu va&#8217;dalar qog&#8217;ozda qolib ketayotganini, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat-e&#8217;tibori bilan o&#8217;zgarmay qolayotganini, munofiqona tus olayotganini, el orasida buzg&#8217;unchilik, fitna, sinfiy-mafkuraviy adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini, sho&#8217;rlik xalq bu qonli siyosatning qurboni bo&#8217;layotganini o&#8217;z ko&#8217;zi bilan ko&#8217;rdi. Ayniqsa, Qo&#8217;qon muxtoriyatining tor-mor etilishi ko&#8217;pgina hur fikrli ziyolilar qatori Abdulla Qodiriyning qalbini larzaga soldi. Adib &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; romani orqali xalqning milliy ongini uyg&#8217;otmoqchi bo&#8217;ldi, &#8220;Tariximizning eng kir, qora kunlari&#8221; \u2014 yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi &#8220;Xon zamonlari&#8221; \u2014 19-asr o&#8217;rtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar haqida so&#8217;z ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi bo&#8217;ldi. &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; romanining ma&#8217;no-mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, ma&#8217;naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroqular orasida yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yo&#8217;liga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir. &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; bamisoli ulkan va tiniq ko&#8217;zgu, unda o&#8217;zbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-ma&#8217;naviy dunyosi, bo&#8217;y-basti, qiyofasi keng ko&#8217;lamda aniq-ravshan gavdalantirilgan. &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221;, bir qarashda, an&#8217;anaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi juda katta mahorat bilan tasvir etilgan. Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni hayajonga soladi, Otabek bilan Kumushning go&#8217;zal baxtini barbod etgan omillar kishini chuqur o&#8217;yga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni \u2014 Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini ko&#8217;z oldimizda gavdalantiradi. Qodiriy ishqiy sarguzashtlar ko&#8217;rinishida o&#8217;lkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va o&#8217;zaro ichki nizolardir degan fikrni g&#8217;oyat ustalik bilan aytadi. Garchi romanda adib shaxs xarakteri va qismatini muhit, sharoit, ijtimoiy muammolar bilan chambarchas aloqadorlikda tasvir va taxlil etsada, inson shaxsining muhit va sharoitga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan tug&#8217;ma, sirli-sehrli g&#8217;aroyib shevalariga ham e&#8217;tiborni tortadi. Bu jihatdan bir oila, bir xil sharoitda tug&#8217;ilib voyaga etgan sajiya-xarakter, surat va siymo vajidan ikki olam \u2014 egachisingil Zaynab va Xushro&#8217;ybibi obrazlarining talqini g&#8217;oyat ibratlidir. Biri mute, itoatkor, nuqul o&#8217;zgalar izni bilan ish ko&#8217;radi; ikkinchisi esa dadil, mustaqil, o&#8217;z baxti va taqdiri uchun faol kurash olib boradi. Yozuvchi bu ikki shaxs xarakteriga xos tug&#8217;ma xususiyatlarni sharg&#8217;lash bilangina cheklanmaydi, bunday xislatlarning o&#8217;sha kimsalar, qolaversa o&#8217;zgalar taqdiriga ko&#8217;rsatgan ta&#8217;siri, fojeiy oqibatlarini ham ifoda etadi. O&#8217;zini boshqalar ixtiyoriga topshirib qo&#8217;ygan Zaynab shu ojizligi tufayli o&#8217;z baxtiga Zomin bo&#8217;libgina qolmay, yana o&#8217;sha ojizligi tufayli o&#8217;zgalar qutqusi orqasida beixtiyor jinoyatga qo&#8217;l uradi \u2014 Kumushga zahar beradi. Mustaqillik, dadillik \u2014 yaxshi xislat, biroq unga xudbinlik aralashsa baloi azimga aylanishi mumkin. Xushro&#8217;ybibi o&#8217;z baxti uchun kurashadi; shaxsiy manfaatlari yo&#8217;lida hech narsadan qaytmaydi; birovlarning ko&#8217;z yoshlari hisobiga, o&#8217;zgalarning baxtiqaroligi evaziga o&#8217;z baxtini tiklaydi. Romandagi O&#8217;zbek oyim obrazi ham nihoyatda tabiiy va go&#8217;zal siymolardan biridir. Dumbul tabiat bu ayol o&#8217;g&#8217;li Otabek, qolaversa kelinlari \u2014 kumush, Zaynab taqdirlarining chig&#8217;allashib ketishi, oxiri fojiaga yuz tutishida bosh sababchi ekani ayon. Biroq har qancha gunohkor bo&#8217;lmasin, o&#8217;ta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi. Nima bo&#8217;lganda ham, O&#8217;zbek oyim, baribir ona&#8230; Ayni paytda rostgo&#8217;y, realist yozuvchi onaning pala-partish, dovdir xattiharakatlaridan, tabiatidagi ayrim kamchiliklaridan ko&#8217;z yumib o&#8217;tolmaydi. Bu borada adibga xalqona yumor qo&#8217;l keladi. Bu obraz tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo \u2014 ham kinoya-kesatiqgarga, ham ardoq-mehrga to&#8217;la yumor bilan yo&#8217;g&#8217;rilgan. Xullas, &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; romani to&#8217;qima qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqealarga uyg&#8217;unligi jihatidan ham, mujassamot butunligi va tilidagi nafosati jihatidan ham o&#8217;zbek adabiyoti xazinasidagi durdonalar qatoridan o&#8217;rin olgandir. &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; o&#8217;zbek adabiyotida ilk roman bo&#8217;lishining o&#8217;zi bilanoq ilgari bosilgan katta qadam edi. Unda realizmning asosiy tamoyillari yuqori badiiy saviyada amalga oshirildi. Roman, umuman, o&#8217;zbek adabiyotida yetuk realizmga asos soluvchilik rolini o&#8217;ynadi. Abdulla Qodiriy ikkinchi yirik asari &#8220;Mehrobdan chayon&#8221;ni 1928 yil Fevralda yozib tugatdi. Roman 1929 yil Samarqandda bosilib chiqdi. Garchi bu roman mavzui ham 19-asr hodisalari \u2014 &#8220;xon zamonlari&#8221; davridagi o&#8217;zboshimchaliklarni ko&#8217;rsatishga qaratilgan bo&#8217;lsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni &#8220;Mehrobdan chayon&#8221; deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan Murod muqaddas dargoh \u2014 sajdagohdan chiqqan, o&#8217;sha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgo&#8217;y, e&#8217;tiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Ra&#8217;noning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih Mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutug&#8217;i, kashfiyoti sifatida e&#8217;tirof qilingan. Garchi &#8220;Mehrobdan chayon&#8221;da davr zug&#8217;umi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho tarafkashlik mayllari ko&#8217;rinsada, amalda realizm mavqeida turgan tarixiy haqiqatni mumkin qadar haqqoniy ifodalashga intilgan. Yozuvchining &#8220;Mehrobdan chayon&#8221;dagi realistik mahorati Solih maxdum obrazida juda yorqin namoyon bo&#8217;lgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali maxdum tabiatiga xos &#8220;maqtab bo&#8217;lmaydigan&#8221; xususiyatlarni batafsil ko&#8217;rsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki va tashqi ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni paytda Mahdumning &#8220;Hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik&#8221; fazilatini ham ta&#8217;kidlaydi: &#8220;nima bo&#8217;lganda ham maxdum o&#8217;z zamonasining eng oldingi domlalaridan, Qo&#8217;qon aksariyatining savodxon bo&#8217;lishlariga sababchi ustozlardan&#8221;. Romandagi Anvar bilan Ra&#8217;no obrazlari, bir qarashda, romantik qahramonlarday taassurot beradi. Barkamollik \u2014 aql-zakovat, do&#8217;stga, sevgiga sadoqat, erk, adolat yo&#8217;lidagi shijoat bobida ular afsona, doston qahramonlarini eslatadilar. Ishqiy mulohazalar bobida bu ikki yosh juda erkin, oralaridagi gap-so&#8217;zlar bir qadar kitobiy, shoirona&#8230; Masalaga sinchiklab qaralsa, Anvar va Ra&#8217;nodagi favqulodda, kitobiy tuyulgan xislatlar, ularning &#8220;g&#8217;ayritabiiy&#8221; xatti-harakatlari mantiqan va ruhiy jihatdan asoslangan. Ular maktab ko&#8217;rgan, yaxshi tarbiya, chuqur bilim olgan, sharqning yuksak madaniyati, gumanistik g&#8217;oyalarini o&#8217;zlari uchun chin e&#8217;tiqod, bosh maqsad qilib olgan odamlardir. Adib asar personajlari qismati bilan bog&#8217;liq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida ham ma&#8217;lumot beradi. Solih maxdumning kechmishi, ota-bobolari qismati bahonasida keltirilgan Amir Umarxonning kanizi to&#8217;g&#8217;risidagi hikoya, haq ishlari uchun jabr kurgan Sayidxon, mulla Siddiq va Mo&#8217;minjonlarning achchiq qismati, Xudoyorxon tarixi to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlar, Og&#8217;acha oyim sarguzashtlari, xon harami, xotinlari, O&#8217;rdadagi qullar haqidagi aniq ma&#8217;lumotlar asarda salmoqli o&#8217;rin tutadi. Ular bilan tanishganda hujjatli-tarixiy, publisistik asar o&#8217;qiyotganday bo&#8217;lasiz. Yozuvchi ba&#8217;zan qahramonlari tabiatini, xususan haramdagi qizlar fojiasini hazil-mutoyiba, o&#8217;yin-kulgi orqali ochib beradi. Ammo bu kulgili bo&#8217;lib tuyulgan hodisalar zamirida jiddiy insoniy drama va shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas, &#8220;Mehrobdan chayon&#8221; hayot haqiqatini &#8220;orttirmay va kamitmay&#8221; o&#8217;z holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini o&#8217;ziga xos ohanglar, bo&#8217;yoqlar vositasida kashf etib bergan o&#8217;xshashi yo&#8217;q badiiy obidadir. Abdulla Qodiriyning tarixiy romanlari 20-yillardagi yangi o&#8217;zbek adabiyoti oldida turgan murakkab g&#8217;oyaviy-badiiy muammolarning juda ko&#8217;pini yechib berib, adabiy taraqqiyotning tezlanishiga xizmat etdi. Keyinroq o&#8217;zbek adabiyotining atokli vakillari qatoriga ko&#8217;tarilgan Oybek, G&#8217;afur G&#8217;ulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy ijodining katta ta&#8217;siri ostida yetuk yozuvchi bo&#8217;lib etishdilar. Abdulla Qodiriy ijodining milliy adabiyotlarga ta&#8217;sirini tojik, turkman, qozoq va qirg&#8217;iz adabiyotining S. Ayniy, M. Avezov, X. Deryaev, Ch. Aytmatov singari yirik vakillari ham qayta-qayta qayd etishgan. Nemis adabiyotshunoslari N. Tun, I. Baddauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, asli eronlik Amerika olimi Eden Nabi Abdulla Qodiriy ijodi bo&#8217;yicha jiddiy ishlar qilganlar. Abdulla Qodiriy ijodidagi chuqur mazmunni jozibador va ravshan shaklda ifoda eta olish, hayotdan yirik va salmoqli voqealarni tasvir uchun tanlay olish, hayotdagi dramatik vaziyatlarga e&#8217;tibor, shaklning ixchamligi va katta prozada ortiqchaliklardan xoli ifodaning ustunligi, so&#8217;zning ma&#8217;noga mosligi va yorqinligi, hammadan ham muhimi \u2014 kishilar xarakteridagi muhim xususiyatlarni ko&#8217;ra olish va tasvir eta bilish yosh adabiy avlod uchun doimo ybrat namunasi bo&#8217;lib kelmoqda. Oybek aytganidek, &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; romanida yozuvchi til ustida katta mahorat ko&#8217;rsatadi. Romanning tili haqiqatan boy, bo&#8217;yoqli, sodda, ifoda kuchi zo&#8217;r, ommaga anglashilarlik bir tildir. O&#8217;zbek adabiy tilining shakllanishida bu asarning roli, shubhasiz, katta. Abdulla Qodiriy yosh adabiy avlodni doimo jahon realistik adabiyotidan o&#8217;rganishga chaqirar, o&#8217;zi ham jahon klassiklarini mutolaa etish va ularning asarlarini o&#8217;zbekchaga tarjima qilish jarayonida realizm ustalaridan o&#8217;qib-o&#8217;rganib borar edi. Adib o&#8217;z kasbi haqida to&#8217;xtalib shunday degan edi: &#8220;Yozuvchiliqda bir qonun bor: hammadan ilgari ma&#8217;no, undan so&#8217;ng shu ma&#8217;noni ifoda qilish uchun so&#8217;z qurish, so&#8217;zgina emas, san&#8217;atkorona, ya&#8217;ni shundog&#8217; so&#8217;zki, aytmoqchi bo&#8217;lgan fikringizning ifodasi uchungina maxsus yaratilgan bo&#8217;lib, yasama bo&#8217;lmasin. Mana shu shartni bajarib, bu jihatdan ta&#8217;min etilgach, boshqa masalalarga o&#8217;tishga haq olgan bo&#8217;lasan&#8230;&#8221;. Abdulla Qodiriy 30-yillardagi murakkab sharoitda ham ijodni davom ettirdi. 1934 yil qishloq hayotidan &#8220;Obid ketmon&#8221; qissasini yozdi. Asardagi Obid obrazi o&#8217;zbek adabiyotidagi noyob hodisa. Uni o&#8217;zbek xalqining mehnat, dehqonchilik madaniyati bobidagi etukligi timsoli, deyish mumkin. Yozuvchi bu obraz tasvirida o&#8217;sha davrda odat tusiga kirgan tor &#8220;sinfiylik&#8221; doirasidan ancha chetga chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni ardoklash yo&#8217;lidan boradi; xolis turib qishloq xo\u2019jaligini jamoalashtirish harakatining bir qancha tomonlarini haqqoniy ko&#8217;rsatdi; ichki muammo \u2014 ziddiyatlarni ochib berdi, kolxoz tuzumi oxir-oqibatda odamlardagi tashabbusni, shaxsiy egalik, manfaatdorlik tuyg&#8217;usini so&#8217;ndirishligini aytdi. Qodiriyning mazkur qissasini o&#8217;zbek adabiyotidagi birinchi &#8220;Ishlab chiqarish&#8221; qissasi, Obidni esa birinchi ishbilarmon odam obrazi deyish mumkin. Abdulla Qodiriy bu o&#8217;rinda iqtisod, xo&#8217;jalik masalalarining bilimdoni, tadqiqotchisi sifatida ham ko&#8217;rinadi; asar bosh qahramonining xarakteri, ruhiy olami asosan mehnatda, xo&#8217;jalik ishlarida ochiladi. Abdulla Qodiriy zukko tilshunos, zabardast tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shunosiyning &#8220;Fizika&#8221; (1928), Gogolning &#8220;uylanish&#8221; (1935), A.P. Chexovning &#8220;Olchazor&#8221; (1936) asarlarini o&#8217;zbekchaga tarjima qildi. Qozonda bosilgan &#8220;to&#8217;la ruscha-o&#8217;zbekcha lug&#8217;at&#8221;ni (1934) tuzishda ishtirok etgan. Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa romanlari, jahon miqyosida tez tarqaldi. &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; Ozarbayjon tilida 1928 yilda, &#8220;Mehrobdan chayon&#8221; tojik tilida 1935 yilda, &#8220;Obid ketmon&#8221; rus tilida 1935 yilda nashr etildi. Shundan buyon bu asarlar rus, qozoq, uyg&#8217;ur, tatar, arab, italyan, ingliz, nemis va boshqa tillarda qayta-qayta nashr etilib kelayotir. Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, ta&#8217;qibu tahdidlar ichida o&#8217;tdi. Rostgo&#8217;y adib shuro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida sho&#8217;ro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib ko&#8217;rsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926 yil &#8220;Mushtum&#8221;da bosilgan &#8220;Yig&#8217;indi gaplar&#8221; hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun &#8220;aksilinqilobiy harakat qilganlik&#8221;da ayblanib qamoqqa olinadi, turli bo&#8217;htonlar bilan sudlanadi. Sudda u mardona turib o&#8217;z sha&#8217;nini himoya qiladi. &#8220;Obid ketmon&#8221; qissasi ham sho&#8217;ro mafkurachilariga ma&#8217;qul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; &#8220;ideologik buzuqliklar va xatolar&#8221;ga to&#8217;la, &#8220;Siyosiy tutruqsiz&#8221; asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy romanlari esa asosiy pafosi \u2014 millat taqdiri, birligi, el-yurt qayg&#8217;usi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash g&#8217;oyalari bilan yo&#8217;g&#8217;rilganligi tufayli ham hukmron mafkuraga zid asarlar bo&#8217;lib chiqdi. Millat ruhini yorqin aks ettirgan, xalqning, o&#8217;zga millat kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan bu romanlar sho&#8217;ro davri siyosati uchun zararli kitoblar sifatida bot-bot qoralandi. 30-yillar o&#8217;rtalariga kelib, bu mash&#8217;um kampaniya avjiga chiqdi. Nihoyat, Abdulla Qodiriy 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi so&#8217;roq-tergov, qiynoq, xo&#8217;rlikdan so&#8217;ng Cho&#8217;lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy hibsga olingach, asarlari &#8220;zararli&#8221; sanalib o&#8217;tda yoqildi, kutubxonalardan yo&#8217;qotildi, ularni o&#8217;qish taqiqlandi. Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991), &#8220;Mustaqillik&#8221; ordeni bilan taqdirlandi (1994). Abdulla Qodiriy nomidagi O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta&#8217;sis etilgan. Toshkent madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bog&#8217;iga, katta ko&#8217;chalardan biriga, respublikamizdagi ko&#8217;plab madaniyat muassasalariga uning nomi berilgan. &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; va &#8220;Mehrobdan chayon&#8221; romanlari asosida kinofilmlar (1969, 1996, 1973) va ko&#8217;p seriyali telefilmlar yaratilgan. Oilalarda farzand tug&#8217;ilsa, Abdulla Qodiriy romanlari qahramonlari nomlarini qo&#8217;yish rasm bo&#8217;ldi. Eng muhimi, Abdulla Qodiriy, uning hayoti, ijodi haqidagi bor haqiqatni aytish, yozish, asarlarini asl holida &#8220;tahrirsiz&#8221; chop etish uchun yo&#8217;l ochildi. As: to&#8217;la asarlar tuplami [6 jildli], 1-jild, T., 1995; [O&#8217;tgan kunlar. Mehrobdan chayon. Ro&#8217;monlar.], T., 1992; Obid ketmon. T., 1960; Kichik asarlar, T., 1969; G&#8217;irvonlik Mallavoy, T., 1987. Ad.: Oybek, asarlar [19 jildli], 16-jild (Abdulla Qodiriyning ijodiy yo&#8217;li), T., 1979; Qodiriy H., Otam haqida, T., 1983; Abdulla Qodiriy zamondoshlari xotirasida, T., 1988; Boqiy N., Qatlnoma, T., 1992; Qo&#8217;shjonov M., O&#8217;zbekning o&#8217;zligi, T., 1994; Normatov U., Qodiriy bog&#8217;i, T., 1995; Normatov U., &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; hayrati, T., 1996. Umarali Normatov, Bahodir Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ABDULLA QODIRIY (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) &#8211; 20-asr yangi o&#8217;zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o&#8217;zbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bog&#8217;bon oilasida tug&#8217;ilgan. Otasi Qodirbobo (1820-1924) xon, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdulla-qodiriy-kim-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4330","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4330","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4330"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4330\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162325,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4330\/revisions\/162325"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4330"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4330"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4330"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}