{"id":4341,"date":"2021-10-18T11:36:02","date_gmt":"2021-10-18T08:36:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4341"},"modified":"2025-10-21T09:42:31","modified_gmt":"2025-10-21T06:42:31","slug":"abdullayev-abdulhaq-oqsoqolovich-kim-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdullayev-abdulhaq-oqsoqolovich-kim-bolgan\/","title":{"rendered":"ABDULLAYEV Abdulhaq Oqsoqolovich kim bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>ABDULLAYEV Abdulhaq Oqsoqolovich (1918.30.12, Turkiston shahri) \u2014 rangtasvir ustasi. O&#8217;zbekiston xalq rassomi (1968), O&#8217;zbekiston BA faxriy a&#8217;zosi (1997). Samarqand badiiy bilim yurtida (1931 \u2014 36) va Moskva badiiy institutida (1938 \u2014 41) ta&#8217;lim olgan. Ijodini manzara va portretlar chizish bilan boshlagan (&#8220;Hovuz bo&#8217;yida&#8221;, 1932; &#8220;Yoz&#8221;, 1937; &#8220;Do&#8217;stim portreti&#8221;, 1937). Kishilarning holat va kayfiyati, ma&#8217;naviy, yorkin qiyofalari mohirona ifodalangan portretlari b-n mashhur: &#8220;Abror Hidoyatov Otello rolida&#8221; (1946), &#8220;Mannon Uyg&#8217;ur&#8221; (1946), &#8220;Oybek&#8221; (1949), &#8220;Nazarali Niyozov&#8221; (1949), &#8220;Jiyan Shaxlo&#8221; (1959), &#8220;Komil Yashin&#8221; (1960), &#8220;Navoiy&#8221; (1973), &#8220;Yo. To&#8217;raqulov&#8221; (1975), &#8220;O. Sodiqov&#8221; (1978) va boshqalar; shuningdek ruhiy dunyosi va kechinmalari ifodali tasvirlangan (&#8220;Muallif portreti&#8221;, 1937; &#8220;Muallifning qirg&#8217;iz qalpok kiygan portreti&#8221;, 1980; &#8220;Muallifning 15-asr kiyimidagi portreti, 1984 va boshqalar) bir qator avtoportretlar ham yaratdi. Manzaralar (&#8220;Yomg&#8217;irdan so&#8217;ng&#8221;, 1954; &#8220;Bahor keldi&#8221;, 1955; &#8220;Xumsonda&#8221;, 1961 va boshqalar), natyurmortlar (&#8220;Olma&#8221;, 1962; &#8220;Uzum va shaftoli&#8221;, &#8220;Qovun bilan Xandalak&#8221;, 80-yillar va boshqalar) muallifi. 1957 yil Hindiston safari taassurotlari asosida bu o&#8217;lka manzaralari (&#8220;Tongda Tojmahal&#8221;), kishilari (I. Gandi, S. Ketchlu) ni etyud va kartinalarida aks ettirgan. 80-yillarda O&#8217;zbekistonning mashhur kishilarining portretlarini ishladi. Asarlari xalqaro ko&#8217;rgazmalarda namoyish kilingan. Navoiy portretini yaratish ustida izlanishlar mahsuli sifatida yuzaga kelgan asarlari Toshkentdagi adabiyot muzeyida (1968), Andijon adabiyot va san&#8217;at muzeyida (1969), O&#8217;zbekiston san&#8217;at muzeyida (1980-84) va boshqa joylarda saqlanadi. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). &#8220;El-yurt hurmati&#8221; ordeni bilan taqdirlangan (1998). Ad.: A. Abdullayev: albom reproduktsiy, T., 1983.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Abdumavlon Abdullayevich (1930.13.7, Namangan viloyati Pop tumani) \u2014 biolog-botanik olim, O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi, prof. (1980). O&#8217;rta Osiyo universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tugatgan (1952). O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi o&#8217;simliklar eksperimental biologiyasi (hozirgi Genetika va o&#8217;simliklar eksperimental biologiyasi) institutida ilmiy xodim (1957 -67), laboratoriya mudiri (1967 yildan), direktor (1971 -82 va 1985 &#8211; 89). O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi qishlok xo&#8217;jaligi fanlari bo&#8217;limi raisi (1997-98). Abdullayev ilmiy ishlari selektsiyada g&#8217;o&#8217;zaning yaqin qarindosh va geografik uzoq, yovvoyi tur hamda formalaridan foydalanish, g&#8217;o&#8217;zaning filogenetik sistematikasi muammolariga bag&#8217;ishlangan. Abdullayev g&#8217;o&#8217;za yovvoyi turlarining kariologiya evolyutsiyasi nazariyasini asoslab berdi. G&#8217;o&#8217;zaning yovvoyi turlarini yig&#8217;ish bo&#8217;yicha uning kelib chiqish markazlari bo&#8217;lgan Meksika (1975), Peru (1984), Tseylon, Xindiston, Xitoy (1989 \u2014 90), Avstraliya (1997) ga uyushtirilgan ekspedisiyalarga boshchilik qildi. As: evolyutsiyasi sistematika poliploidnix vidov xlopchatnika, T., 1974; G&#8217;o&#8217;za turlari, T., 1977 (M. V. Omelchenko bilan hamkorlikda); xlopchatnik, T., 1985 (A. Dariyev bilan hamkorlikda).<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Abdug&#8217;ani (1953.25.6, Farg&#8217;ona viloyati) \u2014 yog&#8217;och o&#8217;ymakori, O&#8217;zbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999). Usta Q. Haydarovning shogirdi. Ustozi bilan birgalikda Toshkentdagi &#8220;Farg&#8217;ona&#8221; choyxonasi, Xalqlar Do&#8217;stligi saroyi, &#8220;Zarafshon&#8221; restoranidagi o&#8217;ymakori naqshli panjara, darvoza, eshik, namoyonlarni ishlagan. 1983 yildan mustaqil ishlaydi. Ilk bor Olim Xo&#8217;jayev nomidagi teatr (Guliston shahri) binosi uchun 20 dan ortiq o&#8217;ymakori eshik, darvoza, panjaralarni tayyorladi. Bir qator jamoat binolari, choyxonalar (Farg&#8217;ona, Isfara shahri), &#8220;Muborak&#8221; restorani (Toshkent), qarshi teatri va boshqa binolari uchun noziq islimiy o&#8217;yma naqshlar bilan bezatilgan ustun, eshik, darvoza, panjaralar yaratdi; Imom al-Buxoriy majmuasiaati yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi ishlariga rahbarlik qilib, shogirdlari bilan birga sharafalar, hovuzaklar tayyorladi, ayvonlar shiftini vassajuft yopish, o&#8217;ymakori ustunlari yaratishda yuksak mahorati namoyon bo&#8217;ldi (1998), Toshkentdagi &#8220;Xotira maydoni&#8221; (1999) dagi ayvonlarning o&#8217;yma naqshli ustunlarini milliy me&#8217;morlik an&#8217;analari asosida yuksak mahorat bilan bezadi. 1973 yildan xalqaro ko&#8217;rgazmalarda badiiy asarlari bilan qatnashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Anvarjon Abdullayevich (1942.14.1, Shahrixon tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasi xalq o&#8217;qituvchisi (1995). Namangan pedagogika institutini tugatgan (1967). 1965-98 yillarda Shahrixon tumanidagi 1-maktabda tasviriy san&#8217;at va chizmachilik fani o&#8217;qituvchisi (ayni vaqtda 1965-76 yillarda maktab direktori o&#8217;rinbosari). Abdullayev mehnat faoliyati davomida texnika vositalari va ko&#8217;rgazmali qurollardan unumli foydalangan. Maktabda &#8220;tabiatning o&#8217;zi rassom&#8221; mavzuida tasviriy san&#8217;at muzeyi tashkil etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Vohid Abdullayevich (1912.15.5 &#8211; Samarqand &#8211; 1985.30.7) -adabiyotshunos. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1966), O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi (1973). Filol. fanlari Doktori (1959), professor (1960). 1932 yil Farg&#8217;ona pedagogika institutini bitirgan. Abdullayev 1935 \u2014 43 yillarda Buxoro va Samarqand pedagogika institutlarining, 1944 \u2014 69 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand universiteti o&#8217;zbek adabiyoti kafedrasining mudiri, 1963 yildan shu universitet rektori. 1930 yildan she&#8217;rlar, ilmiy maqolalar yoza boshlagan. &#8220;Samarqand sayli&#8221; (1970) she&#8217;riy kitobi nashr etilgan.&#8221;Navoiy Samarqandda&#8221; (1948), &#8220;Nishotiy va uning &#8220;Husni dil&#8221; dostoni&#8221;, &#8220;Xoksor va uning &#8220;Muntaxab ul-lug&#8217;ot&#8221; kitobi&#8221; (1955), &#8220;Nishotiy va Xoksor&#8221; (1960), &#8220;O&#8217;zbek adabiyoti tarixi&#8221; (1964), &#8220;Saylanma&#8221; (1982) kabi kitoblari o&#8217;zbek adabiyoti va adabiyotshunosligi masalalariga bag&#8217;ishlangan. Abdullayevning oliy o&#8217;quv yurtlari uchun &#8220;O&#8217;zbek adabiyoti tarixi&#8221; darsligida 17 \u2014 19-asrlardagi o&#8217;zbek adabiyoti tarixi tadqiq etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Gafar Gaydarovich (1896.15 (28).2, Ozarbayjon &#8211; 1951.9.2, Samarqand) \u2014 O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a&#8217;zosi (1943), tibbiyot fanlari Doktori (1941), professor. (1941). Sammi ko&#8217;z kasalliklari klinikasida assistent (1931 \u2014 34), dotsent (1934 \u2014 35) va kafedra mudiri (1935 \u2014 51). Abdullayev traxoma kasalligini yangicha davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqqan.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Do&#8217;stmurod (1950, Samarqand viloyati Paxtachi tumani Eshonqora qishlog&#8217;i) \u2014 O&#8217;zbekiston Qahramoni (1999). Samarqand qishloq xo&#8217;jaligi institutini tamomlagan (1985). Paxtachi tumanidagi Ro&#8217;ziqul Maxmanov nomli jamoa xo&#8217;jaligida mexaniq uchastka agronomi bo&#8217;lib ishladi (1973-84). 1984 yildan shu xo&#8217;jalikda g&#8217;allachilik brigadasi boshlig&#8217;i. O&#8217;zbekiston Respublikasining g&#8217;alla mustaqilligini ta&#8217;minlash yulida g&#8217;allachilikni rivojlantirishda ilg&#8217;or texnologiyalarni qo&#8217;llab, bug&#8217;doydan muntazam ravishda har gektardan barqaror 50-55 tsentner hosil olishga erishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Jo&#8217;ra Abdullaevich (1927, Toshkent) \u2014 energetik olim, O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi. (1989), texnika fanlari Doktori (1973), professor (1982). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi (1980), O&#8217;rta Osiyo politexnika institutini bitirgan (1953). O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Energetika va avtomatika institutida katta ilmiy xodim (1959 &#8211; 60), O&#8217;zbekiston energetika va avtomatika ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1960 76), Toshkent elektrotexnika aloqa instituti rektori (1971 \u2014 92), shu institutda maslahatchi (1996 yildan). O&#8217;zbekiston Oliy va o&#8217;rta maxsus ta&#8217;lim vaziri (1992 \u2014 94). O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi (1994 \u2014 96). Asosiy ilmiy ishlari boshqarish tizimlarida axborotlarga tezkor ishlov berish va axborotlarni uzatish nazariyasi, ko&#8217;p bo&#8217;g&#8217;inli tizimlarda xatolarni aniqlash va bartaraf kilish, ko&#8217;p bo&#8217;g&#8217;inli elementlardagi raqamli qurilmalarning ishonchliligini ta&#8217;minlash, aloqada raqamli tizimlarni qo&#8217;llash masalalariga bag&#8217;ishlangan. Kosmonavtikaga doir ishlari ham bor. Ad.: Jo&#8217;ra Abdullayevich Abdullayev, Biobibliografiya, T., 1997.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Ismatulla (1927.10.3, Namangan) \u2014 sharqshunos, manbashunos olim. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi (1989), Filologiya fanlari Doktori (1979). Namangan o&#8217;qituvchilar institutini (1944), O&#8217;rta Osiyo davlat universitetining Sharq fakultetini tamomlagan (1951). Namangan pedagogika institutida o&#8217;qituvchi (1951-57), O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim (1957-92), Namangan davlat untida kafedra mudiri (1993 yildan). Ilmiy faoliyati Movarounnahr va Xuroson shoirlarining Arab tilidagi 10-11-asr boshlaridagi she&#8217;riyatiga bag&#8217;ishlangan. Abdullayev Arab tilidagi bir qator ilmiy hamda hozirgi zamon Arab yozuvchilari (Abdurahmon al-Hamisiy, Abdurahmon ash-Sharqoviy, Usoma ibn Munqiz va boshqalar) ning badiiy asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Beruniy nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). As: Buxoroning arabiynavis shoirlari, 1965; Abu Mansur as-Saolibiy, 1972.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Lutfulla Abdullayevich (1912.25.10, Mirzacho&#8217;l -2000.2.10, Toshkent) \u2014 rangtasvir ustasi, O&#8217;zbekiston xalq rassomi (1950). Samarqand badiiy bilim yurtida ta&#8217;lim olgan (1930 \u2014 35). Toshkent badiiy bilim yurtida o&#8217;qituvchi (1935 \u2014 37). Abdullayev asarlari dolzarb, mazmunli, g&#8217;oyaviy va murakkab syujetli, jonli va yorqin obrazlarga boy. &#8220;Mulla To&#8217;ychi Toshmuhamedov portreti&#8221; (1938), &#8220;Qahramonni kutib olish&#8221; (1947), &#8220;Do&#8217;stlarning uchrashuvi&#8221; (1961) va boshqalar. Hajviy karikaturalari &#8220;Mushtum&#8221; jurnalida muntazam bosilgan. 15 dan ortiq kitoblarni badiiy bezadi: A. Qodiriyning &#8220;Mehrobdan chayon&#8221; tarixiy romani (1961, rus tilida), Oybekning &#8220;bolalik&#8221; (1963), F. G&#8217;ulomning &#8220;Shum bola&#8221; (1964) qissalari va boshqalar. &#8220;Osiyo ustida bo&#8217;ron&#8221;, &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221;, &#8220;Mehrobdan chayon&#8221; va boshqa filmlarga liboslar eskizlarini tayyorladi. O&#8217;zbekiston tabiati aks etgan manzaralar, agitplakatlar (ayniqsa 2-jahon urushi yillarida), portretlar (&#8220;Navoiy nomidagi teatr qurilishida&#8221;, 40-yillar, &#8220;Mening zamondoshlarim \u2014 adabiyot va san&#8217;at arboblari&#8221; \u2014 guruh portretlari, 1989) ham yaratdi. Asarlari xalqaro ko&#8217;rgazmalarda namoyish etilgan. A. Qodiriy nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1995). &#8220;El-yurt hurmati&#8221; ordeni bilan mukofotlangan (1999).<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Maxdi Orifovich (1922.27.10, Buxoro) \u2014 O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi (1982), biologiya fanlari Doktori (1969), professor (1972). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). Buxoro davlat pedagogika institutini tugatgan (1948). zoologiya kafedrasi assistenti, dotsenti, kafedra mudiri (1953-58), o&#8217;quv va ilmiy ishlar prorektori (1958\u2014 72), zoologiya va ekologiya kafedrasi mudiri (1972 y.dan). Baliqchilikka oid tadqiqot ishlari olib borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Muhammadqodir Muhammadyoqubovich (1973.15.11, Andijon) \u2014 bokschi, 63,5 kg vaznda Olimpiada va jahon chempioni. O&#8217;zbekiston chempioni (1993, 1996-98), xalqaro toifadagi sport ustasi (1998). Andijon davlat unti talabasi (2000). Abdullayev bir necha xalqaro turnirlarning g&#8217;olibi (1994, Turkiya; 1997, Eron; 1999, Frantsiya). Markaziy Osiyo o&#8217;yinlarida 1995 yil \u2014 2 o&#8217;rin, 1997 yil \u2014 1-o&#8217;rin, 13-Osiyo o&#8217;yinlari (Tailand, 1998) da 1-o&#8217;rin; Osiyoning 2 karra chempioni (1997, 1999). 1999 yil AQShning Xyuston shahrida o&#8217;tkaziltan jahon chempionatining, 2000 yil Sidneyda o&#8217;tkazilgan 27-yozgi Olimpiya o&#8217;yinlarining oltin medali bilan taqdirlangan. Qirol kubogi (1998, Tailand) hamda Jahon kubogi (1998, Xitoy) musobaqalarida eng yaxshi bokschi deb tan olingan. &#8220;Shuhrat&#8221; medali (1995), &#8220;El-yurt hurmati&#8221; ordeni (1999) bilan mukofotlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Nusrat Hamidovich (1933.14.7, Toshkent) \u2014 patofiziolog, O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi (1989), tibbiyot fanlari Doktori (1967). professor. (1970). 1972 yildan 1-Toshkent tibbiyot instituti patologik fiziologiya kafedrasi mudiri. Immunologiya ilmiy tadqiqot instituta direktori (1984-87). Ilmiy ishlari ovqat hazm qilish a&#8217;zolari, me&#8217;da osti bezi, jigar va moddalar almashinuvi patologiyasiga bag&#8217;ishlangan. Abdullayev tibbiyot institutining talabalari uchun darslik hamda bir qancha metodik qo&#8217;llanmalar va lug&#8217;atlar muallifi.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Rauf Abdullaevich (1922.5.5, Namangan viloyati Pop tumani) \u2014 terapevt, O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi (1968). Tibbiyot fanlari Doktori (1958), professor (1960). Sammi gospital terapiya kafedrasi assistenti (1943-45) va shu institut direktori (1945 \u2014 51), 1952 yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining terapiya kafedrasida assistent, dotsent, kafedra mudiri (1961-92), 1992 yildan 2-terapiya kafedrasida professor maslahatchi. Ilmiy ishlari, asosan yurak-tomir va jigar kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolash masalalariga bag&#8217;ishlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Rustam (1947.12.2, Xiva) \u2014 kompozitor. O&#8217;zbekiston Respublikasi san&#8217;at arbobi (1997). Toshkent davlat konservatoriyasini tugatgan (1972). 1985 yildan Toshkent konservatoriyasining o&#8217;qituvchisi. O&#8217;zbekiston Respublikasi kompozitorlar va bastakorlar uyushmasining kotibi (1985-95), raisi (1995 yildan). 4 opera &nbsp;\u2014 &#8220;Shodimulk&#8221; (1975), &#8220;Sadoqat&#8221; (O. Matchon, 1980), &#8220;Xiva ordeni&#8221; (E. Samandarov, 1985), &#8220;Kimlar zor, kimga xor&#8221; (M. Mirzo, 1994); &#8220;Quyoshga ta&#8217;zim&#8221; balet-oratoriyasi (O&#8217;. Umarbekov, 1984); simfoniya (1975) va 3 simfonik poyema (1968-70); fortepiano va orkestr uchun 5 ta kontsert (1972-95), kamer-vokal, xor va boshqa asarlarning muallifi. Asarlari O&#8217;zbekiston va chet el kontsert sahnalari (Rossiya, Ukraina, Shvesiya, Tailand, Janubiy Koreya va boshqalar) da ijro etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Samig&#8217; Fayzullovich (1917.25.10 &#8211; Toshkent -1998.10.5) -rassom. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1975). Toshkent badiiy bilim yurti (1933 \u2014 38) va Toshkent san&#8217;at instituti (1954 \u2014 60) da ta&#8217;lim olgan. 2-jahon urushi qatnashchisi. Taman va Kerch ya. orollarida ko&#8217;rsatgan jasorati uchun qahramon unvoni berilgan (1944). O&#8217;zbekiston rassomlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1945 \u2014 55), O&#8217;zbekiston davlat san&#8217;at muzeyi direktori (1956 \u2014 88). Abdullayev ijodi rang-barang va sermazmun, asarlarida tabiat, inson go&#8217;zalligi, ayniqsa zamondoshlari, urush qahramonlari, mehnatkash xalq o&#8217;z aksini topgan. Portretlar (&#8220;Avtoportret&#8221;, 1945; &#8220;Rezida&#8221;, 1954; &#8220;General-leytenant F. Norxo&#8217;jaev&#8221;, 1977; &#8220;B. Boboyev&#8221;, 1985 va boshqalar), manzaralar (&#8220;Kolxoz manzarasi&#8221;, 1953; &#8220;Chirchiq vodiysida&#8221;, 1977; &#8220;Bahor&#8221;, &#8220;Dengiz bo&#8217;yida&#8221;, 1979), natyurmortlar (&#8220;Gullar&#8221;, 1966; &#8220;Toshkent mevalari&#8221;, 1981; &#8220;Natyurmort&#8221;, 1985 va boshqalar) yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Sa&#8217;dulla (1945.12.5, Toshkent) \u2014 rassom, O&#8217;zbekiston BA haqiqiy a&#8217;zosi (1997). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1961-66) va Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) dagi I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va me&#8217;morlik instituti (1967-73) da ta&#8217;lim olgan. 1973 yildan M. Uyg\u2019ur nomidagi san&#8217;at institutida pedagog, 1997 yildan Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida dotsent. Ijodini teatr dekorasiyasi sohasida boshlagan. A. Navoiy teatrining &#8220;So&#8217;g&#8217;diyona qoploni&#8221;, &#8220;Layli va Majnun&#8221; spektakllariga sahna bezaklari uchun andazalar tayyorlagan. Abdullayev rangtasvirda samarali ijod qiladi: yoshlar hayoti va kundalik faoliyati, ruhiyati aniq tasvirlangan (&#8220;Toshkentim&#8221; uchligi \u2014 triptixi: &#8220;Anhor bo&#8217;yida&#8221;, &#8220;Yosh onalar&#8221;, &#8220;Favvoralar&#8221; va boshqalar) hamda O&#8217;zbekona milliy ruh bilan sug&#8217;orilgan (&#8220;Oilam&#8221;, &#8220;Buvam ertaklari&#8221;, 1985 va boshqalar) asarlar, portretlar (&#8220;Toliba&#8221;, &#8220;Husnoro portreta&#8221; va boshqalar), manzaralar (&#8220;Teatr maydoni tong otarda&#8221;, &#8220;Teatr maydoni&#8221;, &#8220;Teatr maydoni oqshom paytida&#8221; va boshqlalar) muallifidir. Abdullayev ijodida tarixiy mavzu alohida o&#8217;rin tutadi: &#8220;Navoiy va Husayn Boyqaro&#8221; (1988), &#8220;Navoiyning Samarqanddan qaytishi&#8221; (1989), &#8220;Samarqand bahori&#8221; ikkiligi (diptixi, 1992), &#8220;Amir Temur Bibixonim masjidi qurilishini kuzatmoqda&#8221; (1993), &#8220;Amir Temurning dafn etilishi&#8221; (1996) va boshqalar.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Fattoh (1914.16.1, Jambul &#8211; 1985.11.9, Toshkent) \u2014 o&#8217;zbek tilshunosi. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi (1984). Filol. fanlari Doktori (1961), professor. (1969), Leningrad davlat universitetini tamomlagan (1939). Toshkent davlat pedagogika institutida (1939-44), Namangan davlat pedagogika institutida (1944-47), O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida (1947 \u2014 50 va 1957 yildan), Xorazm davlat pedagogika institutida (1950-56) ishlagan. Ilmiy ishlari o&#8217;zbek adabiy tilining tarixi, dialektologiyasi, leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, shuningdek badiiy nutq masalalariga bag&#8217;ishlangan. Abdullayev Xorazm shevalarini tadqiq qilib, ularning dialektologik xaritasini tuzgan va tasnifini bergan.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV O&#8217;rinboy (1912. 18.4, To&#8217;rtko&#8217;l tumani) \u2014 2-jahon urushi qatnashchisi, 2-Boltiqbo&#8217;yi fronti, 3-Zarbdor armiyasi, 219-o&#8217;qchi diviziyasi, 375-o&#8217;qchi polkining 1-o&#8217;qchi rotasi o&#8217;qchisi. Latviyaning Ludze shahri atrofidagi jangda dushman qo&#8217;shinlari chegarasini birinchi bo&#8217;lib yorib kirganligi uchun Qahramon unvoni berilgan (1945). Urushdan so&#8217;ng Qoraqalpog&#8217;istonning To&#8217;rtko&#8217;l tumaniga qaytib, chorvachilik sohasida mehnat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>ABDULLAYEV Habib Muhamedovich (1912.31.8, O&#8217;sh shahri \u2014 1962.20.6, Toshkent) \u2014 geolog olim, davlat va jamoat arbobi, O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi. (1947), geologiya-mineralogiya fanlari Doktori (1946). O&#8217;rta Osiyo industriya institutining konchilik fakultetini tugatgach (1935), geologiya-razvedka partiyasi boshlig&#8217;i. Keyinroq O&#8217;zbekistondagi Langar volfram-molibden konining geologik tuzilishi, mineral tarkibi va hosil bo&#8217;lishini tadqiq qildi. 1940 yildan O&#8217;rta Osiyo industriya institutining foydali qazilmalar kafedrasida dosent, so&#8217;ngra shu institutda direktor, 1942 yildan O&#8217;zbekiston hukumati raisining o&#8217;rinbosari, 1944 yildan ayni vaqtda Davlat plan komissiyasi raisi. 1946 yil &#8220;O&#8217;rta Osiyoning sheelitli skarnlari geologiyasi&#8221; mavzuida Doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va bu asar 1947 yilda nashr etildi. Abdullayev 1947 yildan O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiya vitseprezidenti. Ayni vaqtda Geologiya instituti direktori hamda uning Petrologiya va metallogeniya bo&#8217;limi rahbari. Abdullayev 1952 \u2014 55 yillarda O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi texnika va geologiya-kimyo fanlari bo&#8217;limining raisi, 1955-56 yillarda O&#8217;zbekiston hukumati raisining o&#8217;rinbosari va 1956 yildan O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi prezidenti. Abdullayev 1959 yilda ruda paydo bo&#8217;lishining granitoid intruziyalar bilan genetik bog&#8217;liqligi sohasidagi ilmiy ishi uchun yuksak mukofot bilan taqdirlangan. U endogen ruda hosil bo&#8217;lishi nazariyasini rivojlantirdi. 130 dan ortiq ilmiy asar (jumladan, 7 monografiya) yozgan. Abdullayev Toshkent va Moskvada nashr etilgan ko&#8217;pgina mo&#8221;tabar ilmiy jurnallar, to&#8217;plamlar, ilmiy-ommabop nashrlarning mas&#8217;ul muharriri, tahrir hay&#8217;ati a&#8217;zosi edi, jumladan O&#8217;rta Osiyoda birinchi \u2014 &#8220;O&#8217;zbekiston geologiya jurnali&#8221;ni tashkil qildi va uning mas&#8217;ul muharriri bo&#8217;ldi. Abdullayev volfram, qalay, rangli va qora metallar ruda konlarining turli yo&#8217;llar bilan hosil bo&#8217;lganligini ko&#8217;rsatib berdi. Abdullayev ruda paydo bo&#8217;lish jarayonlarini magmatizm hamda bu jarayonlar ro&#8217;y beradigan geologik muhit ta&#8217;siri bilan chambarchas bog&#8217;liq ekanligini aniqladi. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida &#8220;Chatqol Qurama tog&#8217;lari magmatizmi va metallogeniyasining asosiy xususiyatlari&#8221; monografiyasi yaratildi (1957), &#8220;O&#8217;rta Osiyo magmatizmi va rudalanish jarayoni&#8221; asari nashr etildi (1960). Abdullayevning so&#8217;nggi turkum ishlaridan biri &#8220;Rudapetrografiya provintsiyalari va ularni tasniflash masalalari&#8221; (1961) bo&#8217;ldi. Jahondagi barcha yirik ruda konlari shakllanish xususiyatlariga bag&#8217;ishlangan &#8220;metallogeniya \u2014 foydali qazilma konlarini qidirib topishning geologik asosi&#8221; monografiyasi uchun 1970 yilda (vafotidan keyin) Beruniy nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti berilgan. Abdullayevning geologiyaga oid nazariy fikrlari amaliyotda tasdiqlandi. U birinchi bo&#8217;lib O&#8217;rta Osiyoni alohida metallogenik maxsus provintsiya sifatida ajratdi. Skarnlar tuzilishi, ruda uchraydigan va ruda hosil bo&#8217;ladigan skarnlar mavjudligi qayd etildi. Abdullayevning rudalarning granitoid intruziyalar bilan bog&#8217;liq ravishda hosil bo&#8217;lishiga doir asarlari ilmiy munozaraga sabab bo&#8217;ldi. Asarlarda konlarning intruziyalardan uzoqyaqinligiga qarab tasniflanganligi Elshonsning mavhum batolit kontsepsiyasidan tubdan farq qiladi. Abdullayev O&#8217;rta Osiyoga doir tadqiqotlarini tahlil qilib, kichik intruziyalar o&#8217;chog&#8217;i bilan rudali jinslarning umumiyligini hamda magmatizm bosqichlari bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan ruda hosil bo&#8217;lish jarayonlarining takrorlanib turishini ko&#8217;rsatib berdi. Abdullayevning so&#8217;nggi asarlarida ayrim joylarda muayyan tipdagi magmatizm hodisalari ro&#8217;y berishi va rudalar hosil bo&#8217;lishi muammolari o&#8217;rganilgan. Abdullayevning &#8220;O&#8217;rta Osiyoning metallogenik ocherki&#8221; (1949), &#8220;Rudalanishning granitoid intruziyalar bilan genetik bog&#8217;liqligi&#8221; (1954 \u2014 57), &#8220;Daykalar va rudalanish&#8221; (1957), &#8220;Ruda-petrografik provintsiyalari va ularni tasniflash masalalari&#8221; (1961) kabi asarlari jahonga mashhur bo&#8217;ldi. &#8220;Rudalanishni granitoid intruzivlar bilan genetik bog&#8217;liqligi&#8221; asari xorijiy olimlar taklifi bilan nemis, ingliz va Xitoy tillariga tarjima qilingan. Abdullayev regional kengashlar, xalqaro geologiya Kongressining, bir necha sessiyalarning faol tashkilotchisi, qatnashchisi, kengash to&#8217;plamlarining muharriri bo&#8217;lgan. Abdullayev bir necha chet el geologiya jamiyatlari a&#8217;zosi edi. O&#8217;zbekiston Respublikasi miqyosidagi ko&#8217;pgina ilmiy va ilmiy-texnika jamiyatlariga, qo&#8217;mitalariga boshchilik qilgan. Asarlari o&#8217;zbek va rus tillarida nashr etilgan. Bular orasida O&#8217;zbekistonda fan, ilmiy-texnika, iqtisodiyot va madaniyat ravnaqiga bag&#8217;ishlanganlari anchagina. Abdullayev O&#8217;zbekistondagina emas, balki butun O&#8217;rta Osiyodagi geologik ishlab chiqarishda, ilmiy muassasalar va oliy o&#8217;quv yurtlarida ishlaydigan katta jamoani birlashtirgan ilmiy maktabning tashkilotchisi va rahbari bo&#8217;ldi. Ilmiy maktab olimlari Tyanshan tog\u2019laridagi jinslar asosida petrologiya va metallogeniya masalalarini hal qilish sohasida birgalikda ish olib bordilar. Abdullayev O&#8217;zbekistonda iqtidorli yoshlardan fanning turli sohalarida, jumladan geologiya bo&#8217;yicha milliy kadrlar tayyorlashga katta hissa qo&#8217;shdi. Abdullayev rahbarligida 7 kishi doktorlik, 28 kishi nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Abdullayev ToshPI (hozirgi ToshTU) geologiya-razvedka fakultetida geologiya oliy o&#8217;quv yurtlari orasida birinchi bo&#8217;lib Petrologiya va metallogeniya kafedrasini tashkil etdi va unga rahbarlik qildi. Urush davrida Abdullayev hukumat a&#8217;zosi va geolog olim sifatida front va front ichkarisini zarur resurslar bilan ta&#8217;minlash va strategik ahamiyatdagi qazilma boyliklar qidirish va ishga solishda katta ishlarni amalga oshirdi. Abdullayev 1950 yildan umrining oxirigacha mineralogiya jamiyati O&#8217;zbekiston bo&#8217;limini boshqardi. 1960 yildan Frantsiya geologiya va Buyuk Britaniya Qirollik mineralogiya jamiyatlarining a&#8217;zosi. Tanlangan asarlaridan 7 jildi nashr etilgan (1964 \u2014 69). Abdullayevning hayoti va ilmiy hamda jamoatchilik faoliyati haqida bir qancha olimlar muallifligida &#8220;esdaliklar&#8221; chiqarilgan. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Geologiya va geofizika institutiga va Toshkent shahridagi katta ko&#8217;chalardan biriga, Akmal Ikromov tumanidagi mahallaga, Toshkent metrosi stansiyalaridan biriga, 193-maktabga, Ulug&#8217;bek shaharchasida ko&#8217;cha va boshqa ob&#8217;yektlarga Abdullayev nomi berilgan. Geologiya va geofizika instituti binosiga, ToshTU geologiya-razvedka fakulteti binosiga yodgorlik taxtasi o&#8217;rnatilgan. Habib Muhamedovich Abdullayev nomida &#8220;Oltin medal&#8221; ta&#8217;sis etilgan (1992). Ush shahridagi katta ko&#8217;chalardan biri, Abdullayev tug&#8217;ilib o&#8217;sgan Aravondagi maktab va ko&#8217;cha ham Abdullayev nomi bilan atalgan. Geologiya va geofizika instituti qoshida Abdullayev hayoti va ijodiga bag&#8217;ishlangan muzey tashkil qilingan. Abdullayev Toshkentdagi Chig&#8217;atoy qabristoniga dafn qilingan. Qabri ustiga marmar byust qo&#8217;yilgan (haykaltarosh E. V. Vuchetich). As: Sobranie sochineniy, t. 1 \u2014 7, T., 1964 &#8211; 69. Ad.: Qahhorov A., G&#8217;afforova M., Akademik Habib Abdullaev, T., 1981; Beknazarov V. G., Ageye v A. I, Xabib Muxamedovich Abdullayev, Biobibliografiya, v kn.: Abdullaev X &#8211; M., Soch., t. 5, s.347 \u2014 366. To\u2019lqin Shoyoqubov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ABDULLAYEV Abdulhaq Oqsoqolovich (1918.30.12, Turkiston shahri) \u2014 rangtasvir ustasi. O&#8217;zbekiston xalq rassomi (1968), O&#8217;zbekiston BA faxriy a&#8217;zosi (1997). Samarqand badiiy bilim yurtida (1931 \u2014 36) va Moskva badiiy institutida (1938 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdullayev-abdulhaq-oqsoqolovich-kim-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4341","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4341","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4341"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4341\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":160809,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4341\/revisions\/160809"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4341"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4341"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4341"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}