{"id":4345,"date":"2021-10-18T12:12:07","date_gmt":"2021-10-18T09:12:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4345"},"modified":"2025-10-21T09:40:43","modified_gmt":"2025-10-21T06:40:43","slug":"abdullanoma-sharafnomai-shohiy-asari-haqida-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdullanoma-sharafnomai-shohiy-asari-haqida-bilasizmi\/","title":{"rendered":"&#8220;ABDULLANOMA&#8221;, &#8220;Sharafnomai shohiy&#8221; asari haqida bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;ABDULLANOMA&#8221;, &#8220;Sharafnomai shohiy&#8221; \u2014 Movarounnahrning 16-asrdagi tarixiga bag&#8217;ishlangan tarixiy asar. Hofiz tanish Buxoriy tomonidan 1584 \u2014 90 yillar oralig&#8217;ida fors tilida yozilgan. Asar Buxoro hukmdori Abdullaxon II ga bag&#8217;ishlanib, &#8220;Sharafnomai shohiy&#8221; va qisqartirilgan ayrim nusxalari &#8220;Zafarnomai Abdullaxon&#8221; nomlari bilan ham ataladi. \u201cAbdullanoma\u201d nazm aralash kofiyalangan Nasr bilan yozilgan. \u201cAbdullanoma\u201d muqaddima, ikki maqola (qism) va xotimalardan iborat. Ammo asarning oxirgi qismi yozib tugatilgani ma&#8217;lum emas. Asar muqaddimasida Abdullaxonning hokimiyatga kelguniga qadar Movarounnahrda yuz bergan siyosiy voqealar \u2014 Chingizxonning istilosi va mo&#8217;g&#8217;ullar hukmronligi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlati (1428 \u2014 68) ning barpo bo&#8217;lishi, Shayboniyxon (1451 \u2014 1510) ning Xurosonga yurishlari, Shayboniylar bilan Zahiriddin Bobur o&#8217;rtasidagi harbiy to&#8217;qnashuvlar hamda Abdullaxonning nasli va nasabi to&#8217;g&#8217;risida hikoya qilinadi. \u201cAbdullanoma\u201d ning asosiy qismida Shayboniyxondan so&#8217;ng Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat, uning bir qancha mayda hokimliklarga bo&#8217;linib ketishi, Abdullaxonning Markaziy hokimiyatni mustahkamlash va mamlakatni siyosiy jihatdan birlashtirishga qaratilgan harakatlari, uning Dashti Qipchoq va Xurosonga yurishlari, 16-asrning 80 \u2014 90-yillarida Buxoro, Xorazm va Badaxshondagi siyosiy vaziyat hamda Xorazm bilan Badaxshonning Buxoro xonligiga qo&#8217;shib olinishi kabi tarixiy voqealar bayon etiladi. Asarda 16-asrda Movarounnahr bilan Turkiya, Hindiston va Eron o&#8217;rtasidagi munosabatlarga hamda Rossiya bilan savdo aloqalariga oid ma&#8217;lumotlar bor. Unda 16-asrda Buxoro xonligi qo&#8217;shinlarining tuzilishi, harbiy taktikasi, qurol-yarog&#8217;lari hamda Movarounnahrda, shu jumladan Buxoroda qurilgan me&#8217;morchilik obidalari va suv inshootlari to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlar keltiriladi. \u201cAbdullanoma\u201dda Movarounnahr xalqlarining etnik tarkibi, jumladan Qang&#8217;li, Qipchoq, Qorliq, Xalaj, Og&#8217;ajiri, Uryonqit, Qo&#8217;ng&#8217;irot, Orlot, Uyg&#8217;ur, Sulduz, Bayovut, Do&#8217;rmon va boshqa qavmlarning kelib chiqishi va ularning urf-odatlari to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumotlar bor. \u201cAbdullanoma\u201dni yozishda Xofiz tanish Narshaxiyning &#8220;Buxoro tarixi&#8221;, Rashiduddinning &#8220;Jome at-tavorix&#8221;, Juvayniynnj &#8220;Tarixi jahon kushoy&#8221;, Mirxondning &#8220;Ravzat us-safo&#8221;, Sharafuddin Ali Yazdiyning &#8220;Muqaddimai Zafarnoma&#8221;, Koshifiyning &#8220;Rashahot Ayn al hayot&#8221;, Mirzo Haydarning &#8220;Tarixi Rashidiy&#8221; va boshqa tarixiy asarlardan foydalangan bo&#8217;lsada, ammo asarning asosiy qismi 16-asrda sodir bo&#8217;lgan ko&#8217;pgina tarixiy voqealarni o&#8217;z ko&#8217;zi bilan ko&#8217;rgan shohidlardan to&#8217;plangan materiallar asosida yozilgan. Bu asar Movarounnahr xalqlarining 16-asrdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o&#8217;rganishda birinchi darajali manbalardan hisoblanadi. \u201cAbdullanoma\u201dni 1942 \u2014 51 yillarda o&#8217;zbek sharqshunos olimi S. Mirzayev (1885 \u2014 1961) o&#8217;zbek tiliga tarjima qildi. B. Ahmedov uni to&#8217;ldirib va tuzatib qayta nashr etdi (1999-2000). Ad: Hofiz tanish ibn Mirmuhammad Buxoriy, Abdullanoma, 1-jild, T., 1966; 2-jild, T., 1969; [akad. B. Ahmedov qayta tayyorlagan], 1-jild, T., 1999; 2-jild, T., 2000; Umnyakov I. I., &#8220;Abdullaname&#8221; Xafiza tanisha i eyo issledova-teli, Zapiski Kollegii vostokovedov pri Aziatskom muzeye Rossiyskoy Akademii nauk, t. 5, L., 1930; Ahmedov B., Munirov K., Hofiz Tanish Buxoriy, T., 1963.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;ABDULLANOMA&#8221;, &#8220;Sharafnomai shohiy&#8221; \u2014 Movarounnahrning 16-asrdagi tarixiga bag&#8217;ishlangan tarixiy asar. Hofiz tanish Buxoriy tomonidan 1584 \u2014 90 yillar oralig&#8217;ida fors tilida yozilgan. Asar Buxoro hukmdori Abdullaxon II ga bag&#8217;ishlanib, &#8220;Sharafnomai &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdullanoma-sharafnomai-shohiy-asari-haqida-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4345","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4345","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4345"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4345\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":160804,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4345\/revisions\/160804"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4345"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4345"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4345"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}