{"id":4347,"date":"2021-10-18T12:18:30","date_gmt":"2021-10-18T09:18:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4347"},"modified":"2025-10-21T09:40:41","modified_gmt":"2025-10-21T06:40:41","slug":"abdullatif-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdullatif-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"ABDULLATIF kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>ABDULLATIF (1423 &#8211; 1450.8.5, Samarqand) \u2014 temuriylardan. Ulug&#8217;bekning o&#8217;g&#8217;li. Shohrux saroyida tarbiya olgan, harbiy yurishlarda qo&#8217;shinning o&#8217;ng qanotiga qo&#8217;mondonlik qilgan. Gavharshod begim va Tarxon amirlar Shohrux o&#8217;limidan so&#8217;ng (1447) Abdullatifni oliy bosh qo&#8217;mondonlikka tayinlab, uning amakivachchasi Alouddavlani taxtga o&#8217;tqazishgan. Bu qarordan norozi bo&#8217;lgan Abdullatif Alouddavlaga qarshi urush ochgan, lekin Nishopur yaqinidagi jangda (1447) yengilib, hibsga olingan. Ulug&#8217;bek farzandi hayotini saqlab qolish maqsadida Alouddavla bilan sulh tuzishga majbur bo&#8217;lgan. Unga ko&#8217;ra, Alouddavla Xuroson hukmdori deb tan olinib, Abdullatifga Balx ulusi berilgan. Abdullatif Ulug&#8217;bekning 1448 yil ilk bahoridan yozigacha Alouddavla va Abulqosim Boburga qarshi janglarida qatnashgan. So&#8217;ng, toj-taxtni egallash maqsadida otasiga qarshi Abulqosim Bobur bilan ittifoq tuzgan. Ulug&#8217;bek Abdullatifga qarshi qo&#8217;shin tortgan va Amudaryo bo&#8217;yida ikki tomon qo&#8217;shini 3 oy muqobil turgan (1449). Samarqandda qolgan beklar isyoni tufayli Ulug&#8217;bek poytaxtga qaytishga majbur bo&#8217;lgan, natijada Abdullatif Amudaryodan o&#8217;tib Termiz, Shahrisabzni egallagan. Samarqand yaqinidagi Dimishq qishlog&#8217;i yonida otasini yengib, taxtni egallagan (1449). Abdullatifning roziligi bilan Ulug&#8217;bek va ukasi \u2014 Abdulaziz Mirzo qatl etilgan. Abdullatif olti oylik hukmronligidan so&#8217;ng, Ulug&#8217;bekning xos navkarlaridan bobo Husayn Bahodir tomonidan o&#8217;ldirilgan (1450). Abdullatif o&#8217;jar, xudbin va shuhratparast bo&#8217;lsada, otasi Ulug&#8217;bek kabi ilm ahliga ixlosmand edi. U o&#8217;zi ham falakiyot va tarix ilmi bilan shug&#8217;ullanar, she&#8217;rlar bitardi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ABDULLATIF (1423 &#8211; 1450.8.5, Samarqand) \u2014 temuriylardan. Ulug&#8217;bekning o&#8217;g&#8217;li. Shohrux saroyida tarbiya olgan, harbiy yurishlarda qo&#8217;shinning o&#8217;ng qanotiga qo&#8217;mondonlik qilgan. Gavharshod begim va Tarxon amirlar Shohrux o&#8217;limidan so&#8217;ng (1447) Abdullatifni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdullatif-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4347","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4347","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4347"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4347\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":160803,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4347\/revisions\/160803"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4347"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4347"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4347"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}