{"id":4438,"date":"2021-10-18T15:48:11","date_gmt":"2021-10-18T12:48:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4438"},"modified":"2025-10-29T14:19:54","modified_gmt":"2025-10-29T11:19:54","slug":"abdurahmon-oftobachi-kim-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdurahmon-oftobachi-kim-bolgan\/","title":{"rendered":"ABDURAHMON OFTOBACHI kim bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>ABDURAHMON OFTOBACHI (taxminan 1844-1884, Orenburg) \u2014 Qo&#8217;qon xonligida oftobachi, so&#8217;ngra parvonachi, mingboshi. Qo&#8217;qon xonligining Janubidagi tog&#8217;li viloyatlarda yashovchi qirg&#8217;izlar va qipchoqlarning bir qismi tomonidan Xudoyorxoning zulmiga, xususan soliq siyosatiga qarshi boshlangan qo&#8217;zg&#8217;olon rahbarlaridan. Ularga o&#8217;zbek va tojiklar qo&#8217;shilib umumxalq harakatiga aylanib ketgan. Xudoyorxon qo&#8217;zg&#8217;olonni bostirish uchun Abdurahmon.oftobachi va Isa avliyo boshchiligida qo&#8217;shin jo&#8217;natgan, biroq ular qo&#8217;zg&#8217;olonchilar tomoniga o&#8217;tgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar O&#8217;sh, Namangan, Andijon va Asakani olganlar. Xon qo&#8217;zg&#8217;olonni bostirish uchun Turkiston general-gubernatorligidan yordam so&#8217;ragan va uni kutmay Toshkentga qochgan. M. D. Skobelev boshchiligidagi jazo qo&#8217;shini Qo&#8217;qonga 1875 yil 13 iyulda yetib kelgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar 1873 yildayoq Po&#8217;latxonni xon deb e&#8217;lon qilganlariga qaramay Abdurahmon oftobachi Xudoyorxon qochib ketgandan so&#8217;ng taxtga Xudoyorxonning katta o&#8217;g&#8217;li Nasriddinbekni o&#8217;tqazadi. Abdurahmon oftobachi qo&#8217;zg&#8217;olonchilar safini yangi kuchlar bilan to&#8217;ldirib, qipchoqlar va oddiy jangchilarga dahboshi, ellikboshi kabi unvonlar berib, ularni yangidan tuzilayotgan qo&#8217;shinlarga boshliq etib tayinlagan. 1875 y. 22 avgustda mahram jangi bo&#8217;lib, unda qo&#8217;zg&#8217;olonchilar yomon qurollanganliklari, harbiy mahorat yo&#8217;qligi tufayli yengilganlar. 8-9 sentabrda Abdurahmon oftobachining 5 ming kishilik lashkari M. D. Skobelev qo&#8217;shini bilan Mingtepa qishlog&#8217;ida jang qilib mag&#8217;lubiyatga uchragan. Abdurahmon oftobachi 25 yigiti bilan O&#8217;zganga qochgan. Bu janglarda Po&#8217;latxon Abdurahmon oftobachiga yordam bermagan. Abdurahmon oftobachi va Po&#8217;latxonlarning o&#8217;zaro raqobatidan foydalangan rus qo&#8217;shinlari Qo&#8217;qon, Marg&#8217;ilon va O&#8217;shni jangsiz egallaydi. M. D. Skobelev Abdurahmon oftobachi boshchiligidagi qipchoqlarga uzil-kesil zarba berish uchun qipchoqlarning Norin bilan Qoradaryo oralig&#8217;idagi qishlov yeriga 1876 yil qishida harbiy ekspeditsiya uyushtirgan. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar bundan xabar topib rus qo&#8217;shinini Andijonda kutib olganlar. 1876 yil 8 yanvardagi jangda qo&#8217;zg&#8217;olonchilar yana mag&#8217;lubiyatga uchraganlar. 18 yanvarda Abdurahmon oftobachi boshchiligidagi lashkar Asakada yengilib, shaharni tashlab chiqqan. 19 yanvarda Po&#8217;latxon sulh taklif etib Xo&#8217;jandga K. P. Kaufman huzuriga elchilarini yuborgan. Bundan Abdurahmon oftobachini rus ayg&#8217;oqchilari ogoh etadilar. Abdurahmon oftobachi o&#8217;z hayotini saqlab qolish va mavqega ega bo&#8217;lish ilinjida 1876 yil 20 yanvarda taslim bo&#8217;lishi haqida muzoqaralar olib borish uchun ishonchli kishilarini jo&#8217;natgan, 24 yanvarda general M. D. Skobelev bilan shaxsan uchrashganidan so&#8217;ng o&#8217;z safdoshlari (26 safdoshi va 400 jangchi) bilan taslim bo&#8217;lgan. Abdurahmon oftobachi o&#8217;z tasarrufidagi qo&#8217;zg&#8217;olonchilarni tarqatib yuborgan, bu bilan qo&#8217;zg&#8217;olon mag&#8217;lubiyatga mahkum etilgan. Ad.: Bobobekov H. N., Qo&#8217;qon tarixi, T., 1996; Bobobekov H. N., Po&#8217;latxon qo&#8217;zg&#8217;oloni, T., 1996. Haydarbek Bobobekov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ABDURAHMON OFTOBACHI (taxminan 1844-1884, Orenburg) \u2014 Qo&#8217;qon xonligida oftobachi, so&#8217;ngra parvonachi, mingboshi. Qo&#8217;qon xonligining Janubidagi tog&#8217;li viloyatlarda yashovchi qirg&#8217;izlar va qipchoqlarning bir qismi tomonidan Xudoyorxoning zulmiga, xususan soliq siyosatiga qarshi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abdurahmon-oftobachi-kim-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4438","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4438","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4438"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4438\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162744,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4438\/revisions\/162744"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4438"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4438"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4438"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}