{"id":4601,"date":"2021-10-19T16:33:52","date_gmt":"2021-10-19T13:33:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4601"},"modified":"2021-10-19T16:33:53","modified_gmt":"2021-10-19T13:33:53","slug":"abort","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abort\/","title":{"rendered":"ABORT"},"content":{"rendered":"\n<p>ABORT (lotincha abortus \u2014 bola tashlash) \u2014 ayollarda homiladorlikning dastlabki 28 haftasida bachadondan homila tushishi, 28 haftadan ilgari tug&#8217;ilgan bola yashamaydi. Abort erta (homiladorlikning 12 haftasi ichida kerakli davo choralari ko&#8217;rilmaganda bola tushishi) va kechikib (13 \u2014 27 hafta ichida bola tushishi) sodir bo&#8217;lishi mumkin. Abort sun&#8217;iy va g&#8217;ayriixtiyoriy Abortga bo&#8217;linadi. Sun&#8217;iy Abort (bola tushirish) ayolning o&#8217;z istagi yoki sog&#8217;lig&#8217;iga qarab homiladorlikning 12-haftasiga qadar, tibbiy sabablarga ko&#8217;ra esa bundan kechroq muddatlarda tug&#8217;ruqxonalarda o&#8217;tkaziladi. G&#8217;ayriixtiyoriy Abort (bola tashlash) sabablari: 1) o&#8217;tkir va yuqumli kasalliklar, mas, terlama, bezgak, brusellyoz, zaxm va boshqalar; 2) ona bilan homila qoni rezus faktorinnt mos kelmasligi (ona qonida rezus faktor manfiy, homilada esa musbat bo&#8217;lishi); 3) umumiy kasalliklar (yurak, qon tomirlari, o&#8217;pka va nafas a&#8217;zolari, buyrak, endokrin bez kasalliklari); 4) jinsiy a&#8217;zo kasalliklari (tuxumdon faoliyatining buzilishi); bunda sariq tana gormoni kam ishlanib chiqib, bachadon muskullarini qisqartiruvchi omillar, jumladan follikulin kuchayib ketadi, natijada Abort ro&#8217;y beradi; 5) ichki jinsiy a&#8217;zolarning turli sabablar bilan yallig&#8217;lanishi; 6) ayol tanosil a&#8217;zosining yetarli rivojlanmaganligi (infantilizm); 7) turli shikastlar (homiladorlik vaqtida yiqilish, og&#8217;ir yuk ko&#8217;tarish, lat yeyish va hokazo); homiladorning biror narsadan qattiq qo&#8217;rqishi, hayajonlanishi. G&#8217;ayriixtiyoriy Abort homilaning bachadondan ko&#8217;chish darajasiga qarab turlicha bo&#8217;ladi. Abort xavfi tug&#8217;ilganda bel og&#8217;rib, jinsiy a&#8217;zodan bir oz qon keladi, bachadon homila muddatiga nomuvofiq kattalashadi; to&#8217;g&#8217;ri davo qilinsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Boshlanayotgan Abortda og&#8217;riq sezilib, qon keladi, bachadon taranglashib; bunda ham homila tirik bo&#8217;lsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Jadallashgan Abortda laxta-laxta qon keladi, bachadon taranglashadi, qisqaradi. Chala Abortda homila butun chiqmay, uning ko&#8217;chmagan qismlari bachadon ichida qolib, qon ko&#8217;p ketadi, bachadon homiladorlik muddatiga nisbatan kichik bo&#8217;ladi. To&#8217;liq Abortda homila butun tushadi; shunga ko&#8217;ra qon kelishi tez to&#8217;xtaydi, bachadon kichrayadi. Homila nobud bo&#8217;lib, bachadon qisqarishi juda sust borsa, homilaning ajralishi va tushishi uzoq cho&#8217;ziladi. Bunday hollarda bachadondan uzoq vaqtgacha qon ketadi (cho&#8217;zilgan Abort). Ba&#8217;zan homila bachadon devoridan ko&#8217;chadi-yu, lekin bachadon bo&#8217;yni kanalining tashki teshigi yopiq bo&#8217;lsa, bo&#8217;yin kanalida to&#8217;xtab qoladi (bachadon bo&#8217;yniga bola tushishi). Ba&#8217;zan homila nobud bo&#8217;lsa ham (bachadon qisqarmasa) tushmaydi. Atrofidagi suv shimilib, o&#8217;zi bujmayib, mo&#8217;miyosimon bo&#8217;lib qoladi (yopishib qolgan Abort). Abortga infektsiya sabab bo&#8217;lganda, infektsiya homilani zararlab, bachadon va boshqa jinsiy a&#8217;zolar hamda qorin pardasi yallig&#8217;lanadi, homiladorning isitmasi ko&#8217;tariladi. Septik Abortda esa mikroblar ona organizmiga qon orqali tarqaladi, bemorning ahvoli og&#8217;ir bo&#8217;ladi; o&#8217;z vaqtida chora ko&#8217;rilmasa, ona nobud bo&#8217;lishi mumkin. O&#8217;zbekistonda kasalxonalardan tashqarida abort qilish (jinoiy Abort) taqiqlanadi va jinoyat hisoblanadi. Ayolni Abortga majbur etgan shaxslar ham jinoiy javobgarlikka tortiladi. Hayvonlarda bo&#8217;g&#8217;ozlikning bevaqt tug&#8217;allanishi, bola tashlash. Abortning kelib chiqish sabablariga qarab yuqumsiz, yuqumli va invazion turlari bor. Yuqumsiz Abort asosan, urg&#8217;ochi hayvonlar jinsiy a&#8217;zosi funktsiyasining buzilishi va tashqi muhitning ta&#8217;siri (vitamin va mineral moddalari kam bo&#8217;lgan, chirigan, mog&#8217;orlagan, achigan yem-xashak yedirish, urilish, qisilish, og&#8217;ir ishlarda ishlatish kabi mexanik ta&#8217;sir) natijasida sodir bo&#8217;lsa, yuqumli Abort brusellyoz, trixomonoz va boshqa kasalliklar natijasida ro&#8217;y beradi. Invazion Abort esa piroplazmoz, gel-mintozlar natijasida organizmning zaharlanishi va zaiflanishidan kelib chiqadi. Kurash choralari: chorva mollarini boqishda, sun&#8217;iy qochirishda, bo&#8217;g&#8217;ozlik davrida zootexnika va veterinariya qoidalariga to&#8217;liq rioya qilish va hokazo Ad: Qodirova A. A., Akusherlik, T., 1994. Asolat Qodirova, Abdulla Quranboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ABORT (lotincha abortus \u2014 bola tashlash) \u2014 ayollarda homiladorlikning dastlabki 28 haftasida bachadondan homila tushishi, 28 haftadan ilgari tug&#8217;ilgan bola yashamaydi. Abort erta (homiladorlikning 12 haftasi ichida kerakli davo choralari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abort\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4601","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4601","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4601"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4601\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4602,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4601\/revisions\/4602"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4601"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4601"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4601"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}