{"id":4693,"date":"2021-10-19T19:01:26","date_gmt":"2021-10-19T16:01:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4693"},"modified":"2021-10-19T19:01:27","modified_gmt":"2021-10-19T16:01:27","slug":"abu-zayd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abu-zayd\/","title":{"rendered":"ABU ZAYD"},"content":{"rendered":"\n<p>ABU ZAYD ibn Sahl Balxiy (850, Balx viloyati Shomiyotiyon qishlog&#8217;i \u2014 934) \u2014 geograf, falakiyotshunos, tilshunos va tabib. O&#8217;rta asr geografiya maktabining mumtoz vakili. Abu Zayd qisqa muddat Buxoroda yashagan. U Arab faylasufi Kindiyning shogirdi. Abu Zayd &#8220;Kitob Fi fazli sinoat il-kitobat&#8221; (&#8220;kotiblik san&#8217;atining fazilati haqida kitob&#8221;), &#8220;Kitob Fi fazilati ilm il-Axbor&#8221; (&#8220;Tarix ilminio&#8217;g fazilati haqida kitob&#8221;), &#8220;Kitob ul-Asmo il-kunya val-alqob&#8221; (&#8220;Laqablar, kunyalar va ismlar haqida kitob&#8221;), &#8220;Kitob un-nahv vat-tasrif&#8221; (&#8220;Grammatika haqida kitob&#8221;), &#8220;Kitob Fi fazilati ulum ir-riyoziyot&#8221; (&#8220;Matematika ilmlarining fazilati haqida kitob&#8221;) kabi 60 ga yaqin asarlar muallifidir. Yer yuzining geografiyasiga oid &#8220;Suvar ulaqolim&#8221; (&#8220;Iqlimlar suratlari&#8221;) asari 920-yillarda yozilgan bo&#8217;lib, asli saqlanib qolmagan, ammo uni o&#8217;z davrida ko&#8217;rgan va o&#8217;qigan sayyohlarning ko&#8217;rsatishicha, Abu Zayd o&#8217;z kitobida xaritalar va yerning tasvirini bermoqni maqsad qilgan, dunyoni qush shakliga o&#8217;xshatib, doiraviy xaritasini chizgan. Bu asarni Istaxriy yangi ma&#8217;lumotlar (Fors viloyati, Xuziston, shimoliy Hindiston geografiyasi) bilan boyitgan. Keyinchalik iromik Ibn Havqal ham bu kitobga ba&#8217;zi o&#8217;zgarishlar va qo&#8217;shimchalar qilgan, oqibatda &#8220;Kitob ulmasolik val-mamolik&#8221; mashhur geografik asar yuzaga kelgan. Kitob ichiga turli xaritalar ilova qilingan, bu xaritalar majmui fan tarixida &#8220;Islom atlasi&#8221; nomi bilan mashhur. <\/p>\n\n\n\n<p>ABU ZAYD Ubaydullo ibn Umar ibn Iso ad-Dabusiy (? \u2014 1039) \u2014 buxorolik fiqh olimi. Fiqhda keng tarqalgan &#8220;Ilm ul-xilof&#8221; (&#8220;Ixtiloflar haqidagi ilm&#8221;) ta&#8217;limotiga asos solgan. Asli Dabusiya shahridan. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo&#8217;lyozmalar fondida Abu Zaydning 1094 yil ko&#8217;chirilgan &#8220;Taqvim ul-adilla fil-usul&#8221; (&#8220;Qonunshunoslik asoslari bo&#8217;yicha dalillar bayoni&#8221;) va 1278 yil ko&#8217;chirilgan axloqqa doir &#8220;Alamad ul-Aqso&#8221; (&#8220;Oxirgi chegara&#8221;) asarlari nusxasi saqlanmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ABU ZAYD ibn Sahl Balxiy (850, Balx viloyati Shomiyotiyon qishlog&#8217;i \u2014 934) \u2014 geograf, falakiyotshunos, tilshunos va tabib. O&#8217;rta asr geografiya maktabining mumtoz vakili. Abu Zayd qisqa muddat Buxoroda yashagan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abu-zayd\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4693","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4693","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4693"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4693\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4694,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4693\/revisions\/4694"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4693"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4693"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4693"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}