{"id":4808,"date":"2021-10-20T07:18:20","date_gmt":"2021-10-20T04:18:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4808"},"modified":"2021-10-20T07:18:21","modified_gmt":"2021-10-20T04:18:21","slug":"abulgoziy-bahodirxon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abulgoziy-bahodirxon\/","title":{"rendered":"ABULG&#8217;OZIY BAHODIRXON"},"content":{"rendered":"\n<p>ABULG&#8217;OZIY BAHODIRXON (1603.23.8, Urganch-1663. 4, Xiva) \u2013 Xiva xoni (1643-1664), Shayboniylar sulolasidan, tarixchi va tabib. Abulg\u2019ozi Bahodirning og&#8217;alari Habash Sulton va Elbars Sulton otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni qum qal&#8217;asiga qamadilar. Otasining tarafdorlari bo&#8217;lgan katta og&#8217;asi Asfandiyor Eronga, Abulg\u2019oziy Bahodir esa Buxoroga Imomqulixon huzuriga qochdi. 1623 yilda akasi Asfandiyorxon Xiva taxtini egallagach, Abulg\u2019oziy Bahodir Urganchga hokim qilib tayinlandi. Lekin Asfandiyorxon bilan o&#8217;rtalarida nizo chiqib, Abulg\u2019oziy Bahodir 1627 yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochdi; keyin ikki yil Toshkent hokimi Tursunxon bilan birga bo&#8217;ldi. Ko&#8217;p o&#8217;tmay, turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Asfandiyor uni Xiva hokimi qilib tayinlashga majbur bo&#8217;ldi. 1629 yilda turkmanlar Eronga tobe bo&#8217;lgan Niso va Durunni bosib oldilar. Asfandiyorxon Eron bilan munosabatlarning tamoman jiddiylashib ketishidan cho&#8217;chib, aybni Abulg\u2019oziy Bahodirga to&#8217;nkadi va uni 1630 yil qishida Eron podshohi huzuriga garov tariqasida yubordi. Abulg\u2019oziy Bahodir shu tariqa 10 yil Eronda, Isfahon yaqinidagi Taborak qal&#8217;asida qamoqda yashadi. 1639 yilning yozida u tutqunlikdan qochishga muvaffaq bo&#8217;ldi. Abulg\u2019oziy Bahodir bir necha yil taxt uchun kurash olib borib, nihoyat 1644 yil Xiva taxtiga o&#8217;tirdi. Abulg\u2019oziy Bahodir Markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun kurash olib bordi. U 1663 yilda hokimiyatni o&#8217;g&#8217;li Anushaxonta topshirdi. Abulg\u2019oziy Bahodir yirik tarixchi olim sifatida ham e&#8217;tiborga sazovor. Uning &#8220;Shajarayi tarokima&#8221; va &#8220;Shajarayi turk&#8221; asarlari O&#8217;zbekiston, umuman O&#8217;rta Osiyo tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. Abulg\u2019oziy Bahodir tibbiyot ilmiga oid &#8220;Manofi&#8217;ul inson&#8221; (&#8220;Insonga foydali narsalar&#8221;) nomli asar ham yozgan. As: Abulg&#8217;oziy, Shajarayi turk, T., 1992.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ABULG&#8217;OZIY BAHODIRXON (1603.23.8, Urganch-1663. 4, Xiva) \u2013 Xiva xoni (1643-1664), Shayboniylar sulolasidan, tarixchi va tabib. Abulg\u2019ozi Bahodirning og&#8217;alari Habash Sulton va Elbars Sulton otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni qum qal&#8217;asiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/abulgoziy-bahodirxon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4808","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4808","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4808"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4808\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4809,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4808\/revisions\/4809"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4808"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4808"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4808"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}