{"id":4933,"date":"2021-10-20T19:40:02","date_gmt":"2021-10-20T16:40:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4933"},"modified":"2021-10-20T19:40:04","modified_gmt":"2021-10-20T16:40:04","slug":"aviatsiya-asboblari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aviatsiya-asboblari\/","title":{"rendered":"AVIATSIYA ASBOBLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>AVIATSIYA ASBOBLARI &#8211; samolyotdagi nazorat-o&#8217;lchov ishlarini bajarishda ishlatiladigan jihozlar. Uchuvchi, shturman, bort muhandisi (texnigi) kabinalarida o&#8217;rnatiladi. Vazifasi jihatidan uch guruhga bo&#8217;linadi. Birinchi guruhga dvigatel asboblari, ikkinchi guruhga pilotaj-navigasiya asboblari, uchinchi guruhga esa yordamchi asboblar kiradi. Taxometr, termometr, mano-vakuummetr, gazoanalizator (alfametr), benzin o&#8217;lchagich, moy o&#8217;lchagichlar birinchi guruhni; kompas, havo tezligi ko&#8217;rsatkichi, balandlik o&#8217;lchagich, soat, vertikal tezlik ko&#8217;rsatkichi (variometr), burilish ko&#8217;rsatkichi, sirg&#8217;anish ko&#8217;rsatkichi va aviagorizont ikkinchi guruhni; tezlanish ko&#8217;rsatkichi (akselerometr), shassi vaziyati ko&#8217;rsatkichi, avtopilot, avtoshturman va boshqa uchinchi guruhni tashkil etadi. Uchinchi guruh Aviatsiya asboblari ba&#8217;zi samolyotlarda bo&#8217;lmasligi ham mumkin. Uchuvchi birinchi guruh Aviatsiya ko&#8217;rsatishlariga qarab samolyot dvigatellari ishini boshqaradi va dvigatel ishidagi nuqsonlarni o&#8217;z vaqtida bilib oladi. Samolyotdagi Aviatsiya asboblari soni va xili shu samolyotning turi hamda vazifasiga bog&#8217;liq. Ko&#8217;p dvigatelli hozirgi samolyotlarda 60 ga yaqin Aviatsiya asboblari bo&#8217;ladi. Hozirgi kunda Aviatsiya asboblari tizimi va uning barcha jihozlari (jumladan EHM orqali boshqariladigan dastur vositalari) avionika so&#8217;zi bilan ifodalanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AVIATSIYA ASBOBLARI &#8211; samolyotdagi nazorat-o&#8217;lchov ishlarini bajarishda ishlatiladigan jihozlar. Uchuvchi, shturman, bort muhandisi (texnigi) kabinalarida o&#8217;rnatiladi. Vazifasi jihatidan uch guruhga bo&#8217;linadi. Birinchi guruhga dvigatel asboblari, ikkinchi guruhga pilotaj-navigasiya asboblari, uchinchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aviatsiya-asboblari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4933","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4933","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4933"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4933\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4934,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4933\/revisions\/4934"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4933"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4933"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4933"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}