{"id":4939,"date":"2021-10-20T19:54:14","date_gmt":"2021-10-20T16:54:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4939"},"modified":"2021-10-20T19:54:15","modified_gmt":"2021-10-20T16:54:15","slug":"aviatsiya-dvigateli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aviatsiya-dvigateli\/","title":{"rendered":"AVIATSIYA DVIGATELI"},"content":{"rendered":"\n<p>AVIATSIYA DVIGATELI \u2013 uchish apparatlari (samolyot, vertolyot va boshqalar) ni harakatlantiruvchi issiqlik dvigateli. Birinchi Aviatsiya Dvigateli bug&#8217; dvigateli edi; u 1885 yilda A. F. Mojayskiy samolyotiga o&#8217;rnatiddi. Keyingi Aviatsiya Dvigateli barcha mamlakatlarda ichki yonuv dvigateli asosida loyihalana boshladi. Keyinchalik asosiy Aviatsiya Dvigateli sifatida yengil dvigatel deb hisoblangan, benzin bilan ishlaydigan Aviatsiya Dvigateli ishlatildi. 20 asr 40-yillaridan keyin gaz turbinasi va reaktiv dvigatelga o&#8217;tildi. Aviatsiya Dvigateli havo vintining aylanishidan tortish kuchi hosil kiluvchi vintli, tortish kuchi reaktiv soplodan katta tezlik bilan chiqayotgan ish gazlaridan hosil bo&#8217;ladigan reaktiv, asosiy tortish kuchi havo vinti bilan va qo&#8217;shimcha (8-12%) yonish mahsulotlari oqimi hisobiga hosil qilinadigan turbovintli xillarga bo&#8217;linadi. Vintli Aviatsiya Dvigateli o&#8217;z navbatida porshenli va turbovintli dvigatelga bo&#8217;linadi. Uchish paytida turbovintli dvigatelga kirayotgan havo bosim bilan diffuzor (kirish qurilmasi) da, keyin kompressor 2 da siqiladi, siqilgan havo kompressordan yonish kamerasi 3 ga o&#8217;tadi. Bu yerga nasos forsunka orqali yonilg&#8217;i purkaydi. Yonishdan hosil bo&#8217;lgan gazlar turbina soplosi 5 ga yo&#8217;nalib, unda atmosfera bosimidan sal oshiqroq holatgacha kengayadi va tezligi oshadi. Soplodan chiqqan gazlar turbina 4 parraklariga urilib, unga havo vinti 6 ta kompressorni harakatlantirish uchun yetarli energiya beradi. Havo vinti optimal aylanishlar sonida aylanishi uchun dvigatel va havo vinti o&#8217;qlari orasiga reduktor o&#8217;rnatiladi. Porshenli Aviatsiya Dvigateli eng yaxshi takomillashgan samolyotga 750 kilometr soat gacha tezlik bera oladi. Porshenli Aviatsiya Dvigateli tezligi katta bo&#8217;lmagan, ya&#8217;ni 200-500 kilometr soat tezlikda uchadigan samolyotlarga, turbovintli Aviatsiya Dvigateli esa 500-800 kilometr soat tezlikda uchadigan samolyot va vertolyotlarga o&#8217;rnatiladi. 2-jahon urushi oxirlarida paydo bo&#8217;lgan birinchi turboreaktiv dvigatellar samolyot tezligini 960 kilometr soat gacha oshirishga imkon berdi. Turboreaktiv Aviatsiya Dvigatelida yonish kamerasiga forsunka orqali suyuq yonilg&#8217;i purkaladi, kompressor bilan esa havo beriladi. Yonilg&#8217;i yonganda kamerada bosim ortadi, qizigan gaz oqimlari soplo orqali o&#8217;tib, gaz turbinasi parraklariga intiladi va turbinani aylanishga majbur qiladi. 60-yillarning ikkinchi yarmidan tik uchadigan va qo&#8217;nadigan samolyotlar uchun ancha yengil turboreaktiv Aviatsiya Dvigateli yaratiddi. Turboreaktiv va turbovintli Aviatsiya Dvigateli asosida ikki konturli turboreaktiv Aviatsiya Dvigateli ishlab chiqildi. Bunday dvigatel tovush tezligidan sekin uchadigan samolyotlarda qo&#8217;llanilib, undagi yonilg&#8217;i sarfi turboreaktiv va turbovintli Aviatsiya Dvigatelinikiga nisbatan kam. Tovush tezligidan sekin va tez uchadigan samolyotlarning sxemalari turlicha bo&#8217;ladi. Tovush tezligidan tez uchadigan samolyotlardagi turboreaktiv Aviatsiya Dvigatelida havo va gazning temperaturasi ancha yuqori bo&#8217;ladi. Unda uchuvchini dvigatelni boshqarishdan ozod qiladigan Avtomat tizim bor. Uchish balandligidan qat&#8217;i nazar yonilg&#8217;i bosimi, gazlarning kirish oldidagi temperaturasi va boshqa parametrlar risoladagidek tutib turiladi. 90-yillarda Aviatsiya Dvigatelining tubdan yangi xillari yaratilgani yo&#8217;q, ba&#8217;zi tuzilmaviy o&#8217;zgarishlar qilindi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AVIATSIYA DVIGATELI \u2013 uchish apparatlari (samolyot, vertolyot va boshqalar) ni harakatlantiruvchi issiqlik dvigateli. Birinchi Aviatsiya Dvigateli bug&#8217; dvigateli edi; u 1885 yilda A. F. Mojayskiy samolyotiga o&#8217;rnatiddi. Keyingi Aviatsiya Dvigateli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aviatsiya-dvigateli\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4939","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4939","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4939"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4939\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4940,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4939\/revisions\/4940"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4939"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4939"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4939"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}