{"id":4972,"date":"2021-10-21T06:30:08","date_gmt":"2021-10-21T03:30:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=4972"},"modified":"2021-10-21T06:30:10","modified_gmt":"2021-10-21T03:30:10","slug":"avliyo-chalabiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/avliyo-chalabiy\/","title":{"rendered":"AVLIYO CHALABIY"},"content":{"rendered":"\n<p>AVLIYO CHALABIY, Avliyo Chalabiy Muhammad zalli ibn Darvish (1611 \u2014 1683) \u2014 turkiyalik mashhur sayyoh va olim. Istanbulda zargar oilasida dunyoga kelgan. U Arab, fors va yunon tillarini, tarix, geografiya va she&#8217;riyat ilmi (poetika)ni chuqur egallagan. Avliyo Chalabiy birmuncha vaqt Istanbuldagi Ayo So&#8217;fiya masjidida hofizlik (qorilik) qilgan. So&#8217;ngra Sulton saroyiga xizmatga olinadi, lekin ko&#8217;p o&#8217;tmay harbiy xizmatga jo&#8217;natiladi. U bir necha bor Turk armiyasining Azovga (1641) va Vengriyaga (1656) qilgan yurishlarida qatnashgan. Avliyo Chalabiy Kichik Osiyo, Kurdiston, Suriya, Falastin, Mesopotamiya, Misr va Habashistonning ko&#8217;p joylarini kezib chiqqan (1640); u Janubiy Rossiya (1665), Krim va Kavkaz, xususan, Ozarbayjon (1644-48), Ukraina (1656-58), Bolqon yarim oroli (1656, 1680) bo&#8217;ylab sayohat qilgan. Bu mamlakatlarning tarixi, iqtisodiy, siyosiy ahvoli va xalqining urf-odati haqidagi qimmatli ma&#8217;lumotlar olimning &#8220;Sayyohning tarixi&#8221; yoki &#8220;Sayohatnoma&#8221; asarida keltirilgan. Asarning qo&#8217;lyozmalari Turkiya, Frantsiya, Angliya va b. mamlakatlarning qo&#8217;lyozma asarlar fondlarida saqlanmoqda. &#8220;Sayohatnoma&#8221; 1897-1938 yillar orasida 10 jildda turk tilida nashr etilgan. Uning ayrim qismlari G&#8217;arbiy va Sharqiy Yevropa tillariga, Moldova va Ukrainaga oid qismlari rus tiliga tarjima qilinib, 1961, 1979, 1983 yillarda nashr etildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AVLIYO CHALABIY, Avliyo Chalabiy Muhammad zalli ibn Darvish (1611 \u2014 1683) \u2014 turkiyalik mashhur sayyoh va olim. Istanbulda zargar oilasida dunyoga kelgan. U Arab, fors va yunon tillarini, tarix, geografiya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/avliyo-chalabiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-4972","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4972","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4972"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4972\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4973,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4972\/revisions\/4973"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4972"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4972"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4972"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}