{"id":5054,"date":"2021-10-21T15:59:38","date_gmt":"2021-10-21T12:59:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5054"},"modified":"2021-10-21T15:59:39","modified_gmt":"2021-10-21T12:59:39","slug":"avstriya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/avstriya\/","title":{"rendered":"AVSTRIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>AVSTRIYA, Avstriya Respublikasi (Osterreichische Republik)\u2014 Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning o&#8217;rta oqimi havzasida joylashgan. Mayd. 83 ming 858 kilometr kvadrat. Aholisi 8 million kishi (1996). Poytaxti \u2014 Vena shahri. Davlat tuzumi. Avstriya \u2014 Federativ respublika. Amaldagi Konstitusiya 1920 yilda qabul qilingan (1929 yilda o&#8217;zgarishlar kiritilgan). Davlat tuzilishi shakli jihatdan Avstriya \u2014 federatsiya (ittifoq davlat). Davlat boshlig&#8217;i\u2014federal prezident, uni axrli 6 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament: milliy kengash (quyi palata) va federal kengash (yuqori palata) amalga oshiradi. Milliy kengashni aholi 4 yil muddatga saylaydi. Federal kengash a&#8217;zolarini o&#8217;lkalar parlamentlari (landtaglar) o\u2019z vakolatlari muddatiga (4-6 yilga) saylaydilar. Ijroiya hokimiyatni federal prezident va u tayinlaydigan federal kantsler boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Har bir o&#8217;lkaning o&#8217;z konstitusiyasi va qonun chiqaruvchi organi bor. O&#8217;lkalarning huquqlari cheklangan. Tabiati. Avstriya \u2014 asosan tog&#8217;li mamlakat. Uning Janubiy qismi Sharqiy Alp tog\u2019lari \u2014 Yuqori Tauern (balandligi 3797 metr, Grosglokner cho&#8217;qqisi) va quyi Tauern; shimoli qismi \u2014 past baland tekisliklardan iborat bo&#8217;lib, chekka shimoliy-sharqda u O&#8217;rta Dunay pasttekisligiga tutashib ketadi. Foydali qazilmalari: neft, gaz, magnezit, qo&#8217;ng&#8217;ir kumir, temir va qo&#8217;rg&#8217;oshin-rux rudalari, grafit, osh tuzi; binokorlik materiallarining anchagina zaxiralari mavjud. Iqlimi-mo\u2019tadil. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 gradus -4\u00b0, iyulda 15\u00b0 dan 18\u00b0 gacha. Yiliga 500-900 millimetr, tog&#8217;larda 2000 millimetrgacha yog&#8217;in yog&#8217;adi. Asosiy daryosi \u2014 Dunay va uning irmoqlari (Inn, Traun, Ens, Drava va boshqalar). Daryolar anchagina gidroenergiya zaxiralariga ega. Ko&#8217;llar ko&#8217;p, ularning aksariyati muzliklardan paydo bo&#8217;lgan. Chimli-podzol va qo&#8217;ng&#8217;ir o&#8217;rmon tuproqlar, Janubiy-shaqkda ishqorsiz podzollashgan qora tuproqlar, tog&#8217;larda tog&#8217;-qo&#8217;ng&#8217;ir, tog&#8217;-o&#8217;tloq, tog&#8217;-podzollashgan tuproqlar. Avstriya maydonining 40% ga yaqini o&#8217;rmonzor (dub, buk, archa, pixta, yaproq bargli daraxtlar). 2000 metr balandlikda tog&#8217; o&#8217;tloqlari boshlanadi. Aholisi. Avstriya aholisining 99% \u2014 avstriyaliklar. slovenlar, xorvatlar, vengerlar, chexlar, nemislar, italyanlar ham yashaydi. Rasmiy tili \u2014 nemis tili. Aholisining o&#8217;rtacha zichligi \u2014 1 kilometr kvadratga 90 kishi. Aholining 52% shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Vena, Gras, Zalsburg. Tarixi. Hoz. Avstriya hududidagi dastlabki inson izlari paleolit zamonlariga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 1-asrdan boshlab bu yerda turli qabilalar, asosan keltlarning avlodlari yashagan. Milodning 6-asr oxirlarida Avstriya g&#8217;arbiga bavariyaliklarning german qabilasi, Markaziy va Sharqiy qismlariga slavyan qabilalari (asosan slovenlar) ko&#8217;chib kelib o&#8217;rnashdi. 8-asr oxirlarida Avstriya Frank davlati tarkibiga, bu davlat bo&#8217;lingandan keyin (843 yil.), Sharqiy Frank qirolligi (Germaniya) tarkibiga kirdi. 10-asrning 2-yarmida barpo etilgan Bavariya Sharqiy markasi Avstriya davlatiga asos soldi. 1156 yildan boshlab Avstriya &#8220;Muqaddas Rim imperiyasi&#8221; tarkibidagi gertsoglik. 12-asr oxiridan 14-asrgacha Avstriya gertsoglari Shtiriya, Karintiya, Kraynya, Tirolni qo&#8217;shib oldilar. Ayniqsa 1282 yilda Gabsburglar sulolasi qaror topgach, Avstriya gertsoglari Janubiy Germaniyaning eng qudratli hukmdorlariga aylandilar. 16-asrda Gabsburglar Chexiya, Sileziya, G&#8217;arbiy Vengriyani va Janubiy slavyan yerlarining bir qismini qo&#8217;lga kiritdilar. 18-asrda butun Vengriya, Transilvaniya, Xorvatiya, Janubiy Niderlandiya, qisman Italiya yerlari, Banat, Sloveniyaning bir qismi, shimoliy Bosniya, polyak, rumin va ukrain yerlarining bir qismi Avstriya hokimiyati ostiga o&#8217;tdi. Buyuk frantsuz inqilobi yillarida Avstriya inqilobiy Frantsiyaga qarshi yurish tashabbuskorlaridan biri, Napoleon urushlari davrida Frantsiyaga qarshi koalisiyalar qatnashchisi bo&#8217;ldi. 1804 yildan Avstriya \u2014 imperiya. Avstriya \u2014 Muqaddas ittifoq tashkilotchilaridan biri. 1848 yil martda Avstriya imperiyasi o&#8217;lkalarida burjua-demokratik inqilobi sodir bo&#8217;ldi. 1859 yilgi Avstriya-Italiya Frantsiya urushi va 1866 yilgi Avstriya-Prussiya urushidagi mag\u2019lubiyat uning Germaniya davlatiga ta&#8217;siri yo&#8217;qolishiga olib keldi. 1867 yilda Avstriya imperiyasi dualistik (qo&#8217;sh) monarxiya \u2014 Avstriyavengriyaga aylandi. 1-jahon urushida u Germaniya ittifoqchisi bo&#8217;lib qatnashdi. 1918 yil noyabrda burjua-demokratik inqilobining g&#8217;alabasi tufayli Avstriya-Vengriya bir necha mustaqil davlatga bo&#8217;linib ketdi, jumladan Avstriya ham respublika deb e&#8217;lon qilindi. 1919 yilgi San-Jermen sulh shartnomasida Avstriyaning chegaralari belgilab berildi. 1929-33 yillar jahon iqtisodiy inqirozi davrida Avstriyada reaktsiyaning xuruji kuchaydi. 1933 yilda parlament tarqatib yuborildi, matbuot va yig\u2019ilishlar erkinligi bekor qilindi. 1934 yilda qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;targan xalq (Vena, Lins va boshqa shaharlar) uch kun mobaynida fashist to&#8217;dalarga va hukumat qo&#8217;shinlariga qurolli qarshilik ko&#8217;rsatdi. 1938 yilda fashistlar Germaniyasi Avstriyani qo&#8217;shib oldi. 1945 yil bahorida Avstriya gitlerchilar zulmidan xalos etildi. 1945-55 yillarda Avstriya hududida sobiq, SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya qo&#8217;shinlari turdi. 1955 yilda mustaqil va demokratik Avstriyani qayta tiklash to&#8217;g&#8217;risida Davlat shartnomasi tuzildi. O&#8217;sha yili Avstriya parlamenta doimiy betaraflik to&#8217;g&#8217;risidagi qonunni qabul qildi. 1955 yildan Avstriya \u2013 BMT a&#8217;zosi. 1992 yilda Avstriya bilan O&#8217;zbekiston Rerspublikasi o&#8217;rtasida diplomatiya munosabatlari o&#8217;rnatildi. Milliy bayrami: 26 oktabr \u2014 betaraflik kuni (1955). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Avstriya sotsial-demokratik partiyasi, 1889 yilda tuzilgan; Avstriya xalq partiyasi, 1915 yilda tuzilgan; Avstriya ozodlik partiyasi, 1955 yilda tuzilgan; &#8220;Yashil muqobil&#8221; partiyasi, 1987 yilda tuzilgan; &#8220;Liberal forum&#8221; partiyasi, 1993 yilda tuzilgan. Avstriya kasaba uyushmalari birlashmasi, 1945 yilda tuzilgan; xalqaro Arkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi. Xo\u2019jaligi Avstriya \u2014 yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 36,3% sanoatda va 2,8% qishloq xo\u2019jalik va o\u2019rmon xo&#8217;jaligida hosil qilinadi. Avstriya iqtisodiyotida yirik chet el korporasiyalari muhim rol o&#8217;ynaydi. Og\u2019ir sanoatning bir qancha tarmoqlari mamlakat ixtiyoriga olingan. Chetga ko&#8217;p mahsulot chiqariladi. Sanoati. Avstriya energetikasi gidroresurslar va asosan chetdan keltiriladigan ko&#8217;mir negiziga qurilgan. Konchilik sanoati tarmoqlari orasida magnezit (Shtiriya, Karintiya), temir rudasi (Ayzeners), polimetall rudalar, neft va gaz qazib olish katta ahamiyatga ega. Sanoatning asosiy tarmoqlari \u2013 mashinasozlik va metallsozlik (konchilik, metallurgiya va xujalikning boshqa tarmoqlari, transport vositalari va shu kabilar uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarish). Metallurgiya, kimyo, neft kimyosi, yog&#8217;ochsozlik, qog&#8217;oz, yengil (to&#8217;qimachilik, poyabzal, tikuvchilik) va oziq-sanoat markazlari \u2014 Vena, Lins, Gras. Qishloq xo&#8217;jaligi. Qishloq xo\u2019jaligida intensiv chorvachilik yetakchi o&#8217;rinda turadi. Fermalar ko&#8217;p, ta&#8217;minot-sotish va matlubot kooperasiyasi shoxobchasi rivojlangan. Avstriya asosan tog&#8217;li o&#8217;lka bo&#8217;lishiga qaramay, uning 20% haydaladigan yerlar, 28,8% yaylov va pichanzorlardir. Koramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y, echki boqiladi. Asosiy ekinlari: g&#8217;alla\u2014bug&#8217;doy, arpa; texnika ekinlari \u2014 qand lavlagi. Xashaki ekinlar, meva, uzum yetishtiriladi. Asosiy qishloq xo\u2019jalik o&#8217;lkalari \u2014 quyi Avstriya, yuqori Avstriya, Burgenland va Shtiriya. Transporti. Temir yo\u2019llarning uzunligi \u2014 6,4 ming kilometr. Magistral gaz quvurlari \u2014 1,8 ming kilometr. Avtomobil va havo transporti ham rivojlangan. Dunayda kemalar qatnaydi. Asosiy porti va muhim xalqaro aeroporti \u2014 Vena Tashqi savdosi. Avstriya mashinalar, asbob-uskuna, yog&#8217;och materiallar, grafit, azotli o&#8217;g&#8217;itlar, metall buyumlar, elektr energiya va xalq iste&#8217;mol mollarini chetga chiqaradi. Xom ashyo, yoqilg&#8217;i, oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan oladi. G&#8217;arbiy Yevropa mamlakatlari orasida tashqi savdo muomalasining ko&#8217;p qismi Germaniyaga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Xorijiy sayyohlik ko&#8217;pgina daromad keltiradi. Pul birligi \u2014 Avstriya shillingi. Tibbiy xizmat. Avstriyada 77600 dan ziyod o&#8217;rinli kasalxonalar bor; barcha ixtisosliklardagi 28565 shifokor tibbiy yordam ko&#8217;rsatadi. Shifokorlarni Vena, Gras va Insbruk universitetlarining tibbiyot fakultetlari yetishtirib beradi. Xushmanzara Badenbay-Vin, Bad-ishl, Badshallerbax, Badgashtaynda turli kurortlar joylashgan. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;rifiy muassasalari. Avstriyada 1966 yildan umumiy 9 yillik ta&#8217;limni joriy etish boshlangan. Avstriya maktablari va boshqa turdagi o&#8217;rta o&#8217;quv yurtlarida 1 milliondan ortiq o&#8217;quvchi, oliy o&#8217;quv yurtlarida 205600 talaba o&#8217;qiydi, 14 ming o&#8217;qituvchi ishlaydi. Eng yirik oliy o&#8217;quv yurtlari: Vena, Gras, Zalsburg, Insbrukdagi universitetlar, Vena, Grasdagi texnika universitetlari. Avstriya Fanlar akademiyasi mavjud. Kutubxonalari: Venadagi Milliy kutubxona, Fanlar Akademiyasi va Vena universiteti kutubxonalari; muzeylari: tasviriy san&#8217;at akademiyasining bisoti, Avstriya galereyasi, badiiy-tarix muzeyi, Betxoven, Gaydn, Mosart, Shubert muzeylari va hokazo. Matbuoti, radioeshittirishi, teleko&#8217;rsatuvi. Avstriyada bir qancha kundalik gazeta va boshqa davriy axborot nashrlari chiqadi. Eng mashhur nashrlari: &#8220;Viner tsaytung&#8221; (&#8220;Vena gazetasi&#8221;, 1703 yildan), &#8220;Virtshaft&#8221; (&#8220;Iqtisodiyot&#8221;, 1945 yildan), &#8220;Kurir&#8221; (&#8220;Dastyor&#8221;, 1954 yildan); Asosiy jurnallari: &#8220;Esterrayxishe monatsxefte&#8221; (&#8220;Avstriya oynomasi&#8221;, 1945 yildan), &#8220;Zolidaritet&#8221; (&#8220;Birdamlik&#8221;). Axborot agentligi \u2014 Austriya Presse agentur \u2014 aktsiyadorlik jamiyati, 1946 yil tashkil etilgan. Radio va teleko&#8217;rsatuv &#8220;Esterrayxisher Rundfunk&#8221; (&#8220;Avstriya radiosi va televideniyesi&#8221;) davlat tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi. 399 radiostyansidan eshittirishlar olib boriladi. Teleko&#8217;rsatuv 1956 yildan buyon ishlaydi. Adabiyoti. Avstriya adabiyoti 9-11-asrlarda vujudga kela boshlagan. Unda lotin tilidagi liniy she&#8217;riyat ustun edi. Shoira Avstriya va va hajvchi shoir Genrix fon Melk nemis tilida yoza boshlashgan. 12-asr oxirida qahramonlikni madh etuvchi eposlar (&#8220;Nibelunglar to&#8217;g&#8217;risida qo&#8217;shiq&#8221;) yaratildi. Bu davrga kelib Vena minnezang deb atalgan saroy ritsarlik she&#8217;riyati markazita aylandi. V. fon der Fogalneyde eng atoqli minnezinger edi. Byurgerlik vujudga kelgan davrda Avstriya adabiyotida muxoliflik ruhidagi hajvchilik kuchaydi. 13\u2014 14-asrlardagi taniqli hajvchilar: &#8220;Pop amis&#8221; shvank (janr turi)lar to&#8217;plamining muallifi Shtrikker, shoirlardan Verner-Sadovnik va G. Teyxner. 14\u2014 16-asrlarda gumanistlar I. Fon Noymarkt, I. Fon Zaats, K.Tseltis faoliyati diqqatga sazovor. Gabsburglar monarxiyasi va katolik cherkovni madh etuvchi 17-asr adabiyoti va teatri xalqqa begona va tushunarsiz edi. Hajvchi Abraxama Santa Klara va Vena xalq dramasi namoyandalari (Y. Straniskiy va boshqalar)ning asarlari xalq orasida mashhur edi. Avstriya adabiyoti 18-asr oxiri va 19-asrda g&#8217;oyat gullab-yashnadi. Eng yaxshi asarlarda Yevropa ma&#8217;rifatparvarligi oliy g&#8217;oyalari aks ettirildi. Vena xalqdramasi va hajvchilik yo&#8217;li an&#8217;analarini F. Raymund, I. Nestroy, A. Blumauer davom ettirishdi. Ayni vaqtda klassisizm va romantizm rivojlanib bordi. K. Pixler, I. N. Fogl, N. Lenau ijodida romantik ohanglar va milliyvatanparvarlik g&#8217;oyalari ustunlik qildi. 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlari adabiyotida bir qancha naturachilik va sub&#8217;yektivchilik ruhidagi impressionizm, neoromantizm, simvolizm, ekspressionizm kabi oqimlar yuzaga keldi. Shu oqimlar ayrim namoyandalarining asarlarida ijtimoiy tanqidiy ohanglar yangradi. G. Fon Gofmanstal, A. Shnisler, A. Roda-Roda, R. M. Rilke, G. Trakl, F. Verfel, P. Altenberg, G. Bar, F. Kafka o&#8217;z davrining nuqsonlarini qoralaganlar. B. Fon Zutner va K. Kraus asarlarida militarizmga qarshi oshkora norozilik bildirilgan. 1-jahon urushi yillarida va undan keyin adabiyot maydoniga kelgan shoirlar: A. Vildgans, A. Petsoldtub xalqchillik g&#8217;oyalarini ko&#8217;tarib chiqishdi. K. E. Fransoz, S. Sveyg, R. Muzil, Y. Rot, G. Surmyulen, G. Brox, F. Brukner urushga qarshi ruxda asarlar yaratishdi. Avstriya Germaniya tomonidan qo&#8217;shib olingach (anshlyuz), ayrim taraqqiyparvar yozuvchilar (Y. Rot, R. Muzil, S. Sveyg va boshqalar) mamlakatdan bosh olib ketishga majbur bo&#8217;ldilar, ba&#8217;zilari (Yu. Zoyfer, A. Kyonig) fashizm zindonlarida halok bo&#8217;ldilar. Mamlakat fashizmdan ozod bo&#8217;lgach, Avstriya adabiyotining asl namoyandalari milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga hissa qo&#8217;shdilar. E. Prister. G. Lebert, F. T. Chokor, X. Guppert, X.fon Doderer, I. Baxman, M. Vid, F. Kain, A. Lernet-Xoleniya singari shoir va yozuvchilar shular jumlasidandir. Me&#8217;morligi. 11 asrdan 13-asr boshlarigacha Avstriya me&#8217;morligida romantik uslub hukmron bo&#8217;ldi (Gurke va Zekkaudagi bazilika, Venadagi avliyo Stefan soborining g&#8217;arbiy tarzi). 13\u2014 15-asrlarda gotika rasm bo&#8217;ldi (Xeyligenkreys va Svetldagi cherkovlarning xorlari, Venadagi Stefan sobori). Avstriyadagi Uyg\u2019onish davri (15-16-asr)da erkerli (oynavand), peshayvonli uylar, qasr toifasidagi saroylar qurildi. 17-18 asrlarda Vena, Zalsburg, Lintsda barokko uslubida shahar tashqarisidagi qarorgohlar, monastirlar, saroy va cherkovlar qurildi (Shenbrunn saroylari majmuasi, 1695, me&#8217;mor I. B. Fisher fon Erlax; Belveder, 1714\u2014 23, me&#8217;mor L. Xildebrandt). 19- asr 1-yarmi me&#8217;morligi uchun klassisizm, 19-asr 2-yarmi me&#8217;morligi uchun eklektika va modern xos bo&#8217;ldi. Zamonaviy inshootlar orasida Venadagi Shtadtxalle shahar zali (1955-58, me&#8217;mor R. Rayner) va boshqalar bor. Tasviriy san&#8217;ati. Avstriya hududida &#8220;Villendorf Venerasi&#8221; deb atalgan paleolitik haykal (qadimgi tosh davri), neolit kulolchiligi va bronza buyumlar (yangi tosh davri) topilgan; mahalliy haykaltaroshlik va rassomlik namunalari (miloddan avvalgi 1-asr\u2014 milodning 5-asri) saqlanib qolgan. Gurke va Zekkaudagi sobor devorlariga solingan rasmlar, shuningdek vitrajlar, releflar, miniatyuralarda romantik uslub ko&#8217;rinib turadi (11 \u201413-asrlar). 15-asrdan boshlab Avstriya san&#8217;atida Uyg&#8217;onish davrining insonparvarlik belgilari paydo bo&#8217;ldi (haykaltarosh ya. Kashauer, rassom M. Paxer). 17\u2014 18-asrlarda barokko uslubining rivojlanishi bilan Avstriya san&#8217;ati katta ahamiyat kasb etadi (B. Permozer, G. R. Donner, F. K. Messershmidtning manzara haykallari, F. A. Maulberch rang-tasviri, Vena chinnisi). Portret rang-tasvirida klassisizm ta&#8217;siri seziladi (I. B. Lampi, I. Grassi). 19-asrda romantizm (M. Shvind) va bidermayer (F. Valdmyuller, M. Daffinger) yoyildi. X. Makkart ijodiga dabdabali salon uslubi xosdir. 1898 yildan Vena Sesessioni jamiyati modernchi rassomlar (G. Klimt, A. Kubin) ni birlashtirdi. 20-asr boshlarida ekspressionizm (O. Kokoshka) yuzaga keldi. Hozirgi zamon san&#8217;atida abstraktsionizm (F. Votruba) va syurrealizm (E.Fuks, Y. Dobrovskiy va boshqalar) bilan bir qatorda realistik an&#8217;analar davom etmoqda. Musiqasi. O&#8217;rta asrlardan boshlab sayyoh musiqachilar, shpilmanlar, vagantlar (qochoq talabalar, ishqiy, hazil qo&#8217;shiq ijrochilari) xalq musiqa madaniyatining namoyandalari bo&#8217;lgan. 17-asrda xalq musiqa teatri (zingshpil), kamer musiqasi va simfoniya vujudga keldi. 18-asrning2-yarmida Vena klassik maktabi shakllandi (Y. Gaydn, V. A. Motsart va L. Betxoven). K. V. Glyuk uning eng yaqin o&#8217;tmishdoshi edi. 19 asrning 1-yarmida F. Shubert Avstriya musiqasida romantik oqimga asos soldi, bal musiqasi g&#8217;oyat mashhur bo&#8217;ldi (Y. Lanver, Shtrauslar oilasi), Vena operettasi qaror topdi [Y. Shtraus (o&#8217;g&#8217;il), F. Zuppe, K. Tseller]. I. Brams va A. Brukner ijodida simfonik musiqa yuksak darajaga ko&#8217;tarildi. 20-asr boshlarida atoqli simfoniyachi G. Maler ijod etdi. F. Shreker opera janrida ishladi. 19-asr oxirida yangi Vena maktabi yuzaga keldi (A. Shyonberg, A. Berg, A. Vebern). Hozirgi zamon Avstriya musiqasida yangi klassisizmdan tortib modernizmgacha bo&#8217;lgan turli oqimlar mavjud. Kompozitor Y. Marks romantik realizm deb atalgan o&#8217;z maktabini yaratdi, uning shogirdlari \u2014 A. Kaufman, F. Vildxans, ijrochilar orasida \u2014 dirijyorlar G. Karayan, K. Byom, yakkaxonlar orasida E. Shvarskopf, G. Tepper, I. Metternix va boshqalar. Musiqa jamoalari: Venada \u2014 Vena davlat operasi, Xalq operasi (&#8220;Folksoper&#8221;), Kamer teatri, uchta simfonik orkestr, Vena o&#8217;g&#8217;il bolalar xori, Grasda \u2014 opera; Zalsburgda 1841 yildan Mosarteum \u2014 xalqaro motsartshunoslik markazi ishlab turibdi. Mazkur uchchala shaharda musiqa va drama san&#8217;ati akademiyalari bor. Teatri. Avstriyada teatr 16-asrda vujudga kela boshladi (havaskor aktyorlarning sayyor truppalari). 17-18-asrlarda saroy va maktab teatrlari bo&#8217;lgan. 1712 yilda Venada dastlabki doimiy teatr, 1741 yilda Burgteatr, 1788 yilda &#8220;Yozefshtadtteatr&#8221;ga asos solindi. So&#8217;nggi teatr 20-asrning 20-30-yillarida san&#8217;atda ilgor rol o&#8217;ynadi (1924-38 yillarda unga M. Reynxardt rahbarlik qildi). 1945 yildan &#8220;Burgteatr&#8221; Avstriyaning yetakchi teatri bo&#8217;lib qoldi. Kinosi Avstriyaning birinchi badiiy filmi \u2014 &#8220;Bosqichdan bosqichga&#8221; (1908, rejissyor. X. Xanus). 1920-24 yillar Avstriya kinosining yuksalish davri bo&#8217;ldi (xususan, rejissyor. A. Kord filmlari). Avstriya kinematografiyasining yangi ravnaqi 1946 yildan boshlandi (&#8220;Olis yo&#8217;l&#8221; filmi, rejissyor E. Xesh). Vena shahridagi Opera teatri binosi. 50-60-yillarda musiqali biografik filmlar, revyu-filmlar (&#8220;Qahramonlik simfoniyasi&#8221;, &#8220;Dunay farzandlari&#8221;, &#8220;So&#8217;nggi harakat&#8221;) chiqarildi. Taniqli rejissyorlar V. Forst, A. Kvendler; aktyorlar P. Vesseli, M. Andergast, R. Shnayder, Maksimilian va Mariya Shellar Avstriya kino arboblaridir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AVSTRIYA, Avstriya Respublikasi (Osterreichische Republik)\u2014 Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning o&#8217;rta oqimi havzasida joylashgan. Mayd. 83 ming 858 kilometr kvadrat. Aholisi 8 million kishi (1996). Poytaxti \u2014 Vena shahri. Davlat tuzumi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/avstriya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5054","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5054","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5054"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5054\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5055,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5054\/revisions\/5055"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5054"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5054"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5054"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}