{"id":5316,"date":"2021-10-23T07:00:07","date_gmt":"2021-10-23T04:00:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5316"},"modified":"2021-10-23T07:24:05","modified_gmt":"2021-10-23T04:24:05","slug":"agglyutinatsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/agglyutinatsiya\/","title":{"rendered":"AGGLYUTINATSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>AGGLYUTINATSIYA (lotincha agglutinatio -yopishish) \u2014 tibbiyotda zarrachalar, bakteriyalar, qizil va oq qon tanachalari (eritrositlar va leykositlar) va boshqa hujayralarning agglyutininlar (qon zardobi) ta&#8217;sirida bir-biriga yopishib, g&#8217;uj-g&#8217;uj bo&#8217;lib cho&#8217;kib tushishi. Ular organizmning har xil kasalliklarida va immunitet hosil qilganda to&#8217;planadi. Masalan, tajriba hayvonlarini ich terlamaga qarshi emlab, unda olingan zardob (immun zardob) ich terlama mikroblari bor muhitga ta&#8217;sir ettirilsa, mikroblar harakat qilishdan to&#8217;xtaydi va g&#8217;uj-g&#8217;uj bo&#8217;lib cho&#8217;kib tushadi. Qon gruppasini aniqlash, ba&#8217;zi yuqumli kasalliklarni tekshirish uchun qilinadigan serologik reaktsiyalar Agglyutinatsiyaga asoslangan.<\/p>\n\n\n\n<p>AGGLYUTINATSIYA (tilshunoslikda) \u2014 tillarda so&#8217;z o&#8217;zagi, negizga grammatik va derivatsiyaviy ma&#8217;noga ega affikslarni qo&#8217;shish yo&#8217;li bilan yangi so&#8217;z yoki grammatik shakl hosil bo&#8217;lishi. Affikslar bir ma&#8217;noli, ya&#8217;ni ularning har biri bitta grammatik ma&#8217;noni ifodalaydi va mazkur ma&#8217;noni anglatish uchun ayni shu affiks xizmat qiladi. Affikslar birin-ketin ulanib keladi va o&#8217;zak bilan ham, boshqa affiks bilan ham qorishib ketmaydi, ular chegarasi aniq bo&#8217;ladi. Unli tovushlar asosning tovush tarkibiga bog&#8217;liq holda fonetik o&#8217;zgarishga uchrashi mumkin, bundan tashqari undosh tovushlar ham morfemalar qo&#8217;shilganda o&#8217;zgarishga uchraydi, lekin bu o&#8217;zgarish muayyan til uchun xos bo&#8217;lgan sof fonetik qoidaga bo&#8217;yso&#8217;ngan bo&#8217;ladi. Bu holatni turkiy tillar, finugor tillarida kuzatish mumkin. Agglyutinatsiya morfologik tavsifga ko&#8217;ra agglyutinativ timarda yaqqol namoyon bo&#8217;ladi. Masalan, o&#8217;zbek tilidagi &#8220;yozuvchilarga&#8221; so&#8217;zida yoz \u2014 o&#8217;zak (yozmoq ma&#8217;nosiga ega), -uv so&#8217;z yasovchi qo&#8217;shimcha (harakat nomi ma&#8217;nosiga ega), -chi \u2014 so&#8217;z yasovchi qo&#8217;shimcha (shaxs oti ma&#8217;nosiga ega), -lar \u2014 ko&#8217;plik qo&#8217;shimchasiga \u2014 kelishik qo&#8217;shimchasi; keyingi ikki qo&#8217;shimcha so&#8217;z o&#8217;zgartiruvchi qo&#8217;shimchalar hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AGGLYUTINATSIYA (lotincha agglutinatio -yopishish) \u2014 tibbiyotda zarrachalar, bakteriyalar, qizil va oq qon tanachalari (eritrositlar va leykositlar) va boshqa hujayralarning agglyutininlar (qon zardobi) ta&#8217;sirida bir-biriga yopishib, g&#8217;uj-g&#8217;uj bo&#8217;lib cho&#8217;kib tushishi. Ular &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/agglyutinatsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5316","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5316","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5316"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5316\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5318,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5316\/revisions\/5318"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5316"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5316"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5316"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}