{"id":5440,"date":"2021-10-23T16:19:49","date_gmt":"2021-10-23T13:19:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5440"},"modified":"2021-10-23T16:19:50","modified_gmt":"2021-10-23T13:19:50","slug":"agrotexnologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/agrotexnologiya\/","title":{"rendered":"AGROTEXNOLOGIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>AGROTEXNOLOGIYA \u2014 dehqonchilik texnologiyasi, qishloq xo\u2019jalik ekinlarini yetishtirish usullari tizimi. Agrotexnologiyaning nazariy asosi \u2014 Agronomiya. Agrotexnologiya quyidagi tadbirlarni o&#8217;z ichiga oladi: almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish, o&#8217;g&#8217;itlar solish; urug&#8217;likni ekishga tayyorlash, ekish, ekinlarni parvarishlash, begona o&#8217;tlar, kasalliklar va hasharotlarga qarshi kurash, hosilni yig&#8217;ib olish. Yerni haydash, tekislash, boronalash va ekishga tayyorlashning boshqa usullari, o&#8217;g&#8217;itlash, sug&#8217;orish, urug&#8217;ni ekishga tayyorlash (saralash, dorilash, ivitish va boshqalar), ekish va hosil yig&#8217;ib-terib olinguncha o&#8217;simlikni parvarish qilish ishlari Agrotexnologiya usullariga kiradi. Agrotexnologiyaga almashlab ekishni joriy qilish, o&#8217;simlik qoldiqlarini daladan yig&#8217;ishtirib olish, kuzgi shudgorlash, yaxob berish, sifatli urug&#8217;lik tanlash, ekish sxemalarini to&#8217;g&#8217;ri qo&#8217;llash, normal ko&#8217;chat qalinligiga erishish, o&#8217;g&#8217;itlardan to&#8217;g&#8217;ri foydalanish; ekinni qat&#8217;iy tartib bo&#8217;yicha sug&#8217;orish, o&#8217;simlikning ildizini zararlantirmaslik, ekinzorlarni begona o&#8217;tlardan toza tutish, zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni ekish va hokazolar ham kiradi. Bunga har bir mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishiga fan yutuqlari va ilg&#8217;or tajribaning yangi, yanada samarali usullarini joriy qilish yo&#8217;li bilan erishiladi. Agrotexnologiya jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari rivoji bilan uzviy bog&#8217;langan. Ibtidoiy jamoa va undan keyingi davrlarda Agrotexnologiya sodda qurollar hamda qo&#8217;l kuchiga asoslangan edi. Yerlar omoch, mola kabi qurollar yordamida ishlanardi. Agrotexnologiyaning takomillashgan usullari jahonda 18 asr oxiri \u2014 19-asr boshlarida shakllandi, natijada qishloq xo\u2019jalik o&#8217;simliklari mashinalardan foydalanish, tabiatshunoslik va Agronomiya fanlarining ko&#8217;rsatma va tavsiyalari asosida yetishtiriladigan bo&#8217;ldi. Ayniqsa, 19-asrda mashinasozlik sanoatining rivojlanishi murakkab qishloq xo\u2019jalik texnikasini dehqonchilikda qo&#8217;llash imkoniyatini tug&#8217;dirdi. 20-asrda esa qishloq xo\u2019jalik uchun traktor, kombayn, kultivator, o&#8217;g&#8217;itlagichlar va boshqa mexanizmlar ko&#8217;plab ishlab chiqariladigan bo&#8217;ldi, mineral o&#8217;g&#8217;itlardan foydalanish ko&#8217;paydi. Bularning hammasi va Agronomiya fanining rivojlanishi Agrotexnologiyaning takomillashuviga qulay sharoit tug&#8217;dirdi. Hozirgi zamon Axi ekologik sharoitlar, qishloq xo\u2019jalik texnikasining ishlash qoidalarini o&#8217;rganuvchi tabiiy hamda texnika fanlari yutuqlariga asoslanadi. Agrotexnologiyani to&#8217;g&#8217;ri qo&#8217;llashning zaruriy sharti uning kompleksligi va tuproq-iqlim sharoitlari, ekinning biologik xususiyati, navlari va ularning qaysi maqsadlarda ishlatilishiga e&#8217;tibor berishdir. O&#8217;simlik hayot omillarining muddatlari, almashtirib bo&#8217;lmasligi hamda teng ahamiyatdorligi va boshqa qonunlar Agrotexnologiya usullarini birgalikda qo&#8217;llashning ilmiy asosi hisoblanadi. Masalan, o&#8217;g&#8217;it solishda belgilangan muddat va miqdorni o&#8217;zgartirish (ayniqsa sug&#8217;oriladigan sharoitda) yoki vegetasiya davriga qarab o&#8217;simlikka beriladigan azotni fosfor bilan almashtirish mumkin emas. Ekinlardan yuqori hosil olish uchun ularni muayyan nisbatlarda barcha zaruriy hayot omillari (yorug&#8217;lik, issiqlik, havo, namlik, oziq moddalar) bilan ta&#8217;minlash zarur. Agrotexnologiya tadbirlari har bir mintaqa, zona, xo&#8217;jalikning tuproq-iqlim sharoitiga hamda ekinlarning turiga qarab ishlab chiqiladi va o&#8217;tkaziladi. Masalan, tuprog&#8217;i sho&#8217;rlangan hududlarda sho&#8217;r yuvish asosiy ahamiyatga ega. Shu sababli bunday joylarda ekinlar uchun zararli bo&#8217;lgan, ekinning ildiz qismi joylashadigan tuproq qatlamidagi erigan tuzlarni yo&#8217;qotadigan Agrotexnologiya usullariga asosiy e&#8217;tibor beriladi. Namgarchilik kam bo&#8217;ladigan rayonlarda, shuningdek yengil tuproqli yerlarda tuproqda nam to&#8217;plashga imkon beradigan Agrotexnologiya usullariga e&#8217;tibor qilinadi. Ekinlarni to&#8217;g&#8217;ri almashlab ekish, haydalma qatlamni chuqurlashtirish, mahalliy va mineral o&#8217;g&#8217;itlar solish yo&#8217;li bilan tuproqni o&#8217;simlik uchun zarur oziq moddalar bilan boyitish hamda uning fizik xususiyatlarini yaxshilash Agrotexnologiyaning asosiy maqsadidir. Agrotexnologiya ekinning va navning (nav Agrotexnologiya) o&#8217;ziga xosligi hamda ekinning xo&#8217;jalik ahamiyatiga ko&#8217;ra ham tabaqalashadi. Masalan, makkajo&#8217;xori, kungaboqar silos uchun yoki don uchun, zig&#8217;ir tola yoki urug&#8217;i uchun, piyoz barra yoki bosh piyoz olish uchun ekilganda o&#8217;ziga xos Agrotexnologiya qo&#8217;llaniladi. Agrotexnologiya tadbirlarini to&#8217;g&#8217;ri qo&#8217;llash qishloq xo\u2019jalik ekinlarining hosildorligini oshirish bilan birgalikda hosil sifatiga ham ijobiy ta&#8217;sir etadi. O&#8217;zbekistonda ilmiy muassasalar tarmog&#8217;i ekinlar Agrotexnologiyasini ishlab chiqadi. Ularning samaradorligi ilmiy tadqiqot institutlari va tajriba stansiyalarida sinovdan o&#8217;tganidan keyin xo&#8217;jaliklarda joriy etiladi. Abdurahim Ermatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AGROTEXNOLOGIYA \u2014 dehqonchilik texnologiyasi, qishloq xo\u2019jalik ekinlarini yetishtirish usullari tizimi. Agrotexnologiyaning nazariy asosi \u2014 Agronomiya. Agrotexnologiya quyidagi tadbirlarni o&#8217;z ichiga oladi: almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish, o&#8217;g&#8217;itlar solish; urug&#8217;likni ekishga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/agrotexnologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5440","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5440","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5440"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5440\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5441,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5440\/revisions\/5441"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5440"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5440"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5440"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}