{"id":5450,"date":"2021-10-23T16:42:34","date_gmt":"2021-10-23T13:42:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5450"},"modified":"2021-10-23T16:42:36","modified_gmt":"2021-10-23T13:42:36","slug":"agroelektronika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/agroelektronika\/","title":{"rendered":"AGROELEKTRONIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>AGROELEKTRONIKA &#8211; agroaxborotlarni to&#8217;plash va qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishini boshqarishga oid elektronika bilimlari va vositalari majmui. Asosiy vazifalari: qishloq xo\u2019jalik boshqaruvi va hisob-kitob ishlarini kompyuter zanjirlari orqali tahlil etish; tuproqning mexaniq fizik-kimyoviy parametrlarini tezkor usullarda aniqlash va ulardan amalda foydalanish; issiqxonalar, omborlar, chorvachilik ishlari va dehqonchilik mahsuloti ishlab chiqarish texnologiyasini mikroelektron asboblar yordamida boshqarish; maxsus Agroelektronika qurilmalarini loyihalash va yaratish, ulardan Agronomiya ishlarida kengroq foydalanish; avtomatlashgan maxsus ilmiy-texnik agroaxborot markazlarini tashkil etish va ularga xizmat ko&#8217;rsatish; qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarining sifat ko&#8217;rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilishning tezkor usullarini yaratish; qishloq xo\u2019jalik ekologiyasiga oid ishlarni o&#8217;rganishning elektron usullarini yaratish va boshqalar. Asosiy maqsadi \u2014 qishloq xo\u2019jalikni elektronlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish. Agroelektronika mikroelektronikaning yutuqlari asosida rivojlanib, dehqonchilik ishlarini kengaytirish va hosildorlikni boshqarishda qo&#8217;llanilmoqda. Turli mikroelektron datchiklar, elektron boshqaruv tizimlari, kompyuterlar va maxsus elektron qurilmalar Agroelektronikaning texnikaviy asosini tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarda Agroelektronika qurilmalari qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishida keng qo&#8217;llaniladi. Hozirgi vaqtda Agroelektronika asbobsozligiga to&#8217;la asos yaratilgan, turli mikroelektron o&#8217;lchov asboblari, uzoqdan turib boshqarishning yirik elektron tizimlari, qishloq xo\u2019jaligiga oid ilmiy-texnika axborotlarini to&#8217;plash, saqlash va ishlov berishga doir kompyuterlashtirilgan murakkab tizimlar yaratilgan bo&#8217;lib, hosildorlikni oshirishda, sug&#8217;orish tizimlarini takomillashtirishda va boshqa iqtisodiy masalalarni hal etishda ijobiy rol o&#8217;ynamoqda. Biroq O&#8217;zbekistonda ommaviy tarzda qo&#8217;llanilganicha yo&#8217;q. Bionika qurilmalarining yaratilishi natijasida Agroelektronika istiqbolda yanada rivojlanadi va hosildorlikni oldindan boshqarish va oshirish texnologiyasi yaratiladi. Bionikaga asoslangan Agroelektronika kelajak fanidir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AGROELEKTRONIKA &#8211; agroaxborotlarni to&#8217;plash va qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishini boshqarishga oid elektronika bilimlari va vositalari majmui. Asosiy vazifalari: qishloq xo\u2019jalik boshqaruvi va hisob-kitob ishlarini kompyuter zanjirlari orqali tahlil etish; tuproqning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/agroelektronika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5450","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5450","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5450"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5450\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5451,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5450\/revisions\/5451"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5450"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5450"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5450"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}