{"id":5473,"date":"2021-10-23T17:51:02","date_gmt":"2021-10-23T14:51:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5473"},"modified":"2021-10-23T17:51:04","modified_gmt":"2021-10-23T14:51:04","slug":"adabiyot-muzeyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adabiyot-muzeyi\/","title":{"rendered":"ADABIYOT MUZEYI"},"content":{"rendered":"\n<p>ADABIYOT MUZEYI, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (Toshkent shahri) \u2014 madaniy-ma&#8217;rifiy va ilmiy muassasa. 1940 yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan Respublika ko&#8217;rgazmasi tariqasida tashkil topgan. 1944 \u2014 68 yillarda O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot instituti bo&#8217;limi, 1968 \u2014 78 yillarda O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi adabiyot muzeyi, 1978 \u2014 91 yillarda O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi H. S. Sulaymonov nomidagi qo&#8217;lyozmalar institutining muzey bo&#8217;limi. 1991 yildan O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot muzeyi. Muzey ekspozistiyasi 40 xonaga joylashgan, 8 bo&#8217;limdan iborat. Jamlanmasida qariyb 34 ming ko&#8217;rgazma bor (1997). Muzeyda o&#8217;zbek adabiyotiga oid asarlar, qo&#8217;lyozma va toshbosma kitoblar, xalq hofizlarining ovoz yozuvlari, naqqoshlik san&#8217;atiga doir ko&#8217;rgazmalar (yog&#8217;ochdan ishlangan panjara, A. Fayzullaev, 1968), 10-asrga oid sopol buyumlar mavjud. Muzey ko&#8217;rgazmalari Temuriylar davri ekspozitsiyasi bilan, o&#8217;zbek adabiyoti tarixi ekspozitsiyalari esa Alisher Navoiy ijodidan boshlangan: &#8220;Xamsa&#8221;ning qo&#8217;lyozma, foto va ko&#8217;chirilgan nusxalari, dostonlarga ishlangan miniatyuralar, rasm va bezaklar, shoir hayotiga oid portretlar, haykallar, xarita, kitob, har xil sovg&#8217;a va albomlar, lagan, ko&#8217;zachalar bor. Buxorolik 14 qiz tomonidan Navoiy, Farhod va Shirin, Layli va Majnun rasmlari zar bilan tiqilgan gilam (1968) muzeyga alohida ko&#8217;rk bag&#8217;ishlaydi. Jomiy xonasiga shoir asarlarining turli davrda ko\u2019chirilgan nusxalari qo&#8217;yilgan. Muzeyning boshqa xonadagi ko&#8217;rgazmalari orasida Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy, Xusrav Dehlaviylarning bir qancha qo&#8217;lyozmalari bor. Bobur hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi ko&#8217;rgazmalar ichida &#8220;Bobur haykali&#8221; (haykaltarosh A. Grishchenko, 1968) va ipak bilan tikilgan &#8220;Bobur portreta&#8221; (chevar F. Saydaliyeva, 1974) alohida o&#8217;rin tutadi. Muzeyda Zebunniso, turdi, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna va boshqalar she&#8217;rlaridan namunalar, qo&#8217;lyozmalar va asarlariga ishlangan tasvirlar, namoyonlar bor. Muzeyning hozirgi zamon adabiyotiga bag&#8217;ishlangan xonalariga &#8220;20-asr o&#8217;zbek adabiyoti&#8221;, &#8220;Istiqlol davri o&#8217;zbek adabiyoti&#8221; ekspozitsiyalari joylashtirilgan. 200 dan ortiq o&#8217;zbek shoir va yozuvchilari ijodiy yo&#8217;lini yorituvchi ko&#8217;rgazmalar qo&#8217;yilgan. <\/p>\n\n\n\n<p>ADABIYOT MUZEYI, Farg&#8217;ona viloyat G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi adabiyot muzeyi \u2014 madaniy-ma&#8217;rifiy va ilmiy muassasa (Qo&#8217;qon shahri). 1960 yilda asos solingan. 1966 yilda G\u2019afur G&#8217;ulom nomi berilgan. Muzey ekspozitsiyasi 7 bo&#8217;limdan iborat. Ko&#8217;rgazmalarida Qo&#8217;qon xonligining 18-19-asrdagi tarixiy, ijtimoiy-madaniy hayotiga, G&#8217;oziy, Maxmur, Hoziq, Uvaysiy, Nodira, Mahzuna, Ma&#8217;dan, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Hamza va boshqalar hayoti, ijodiga oid materiallar (shaxsiy buyumlar, asarlarning qo&#8217;lyozmalari, toshbosma nusxalari, hozirgi nashrlari, suratlar, arxiv hujjatlari va boshqalar); Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, G\u2019afur G&#8217;ulom, Husayn Shams, Usmon Nosir, Amin Umariy va boshqalar ijodini aks ettiruvchi materiallar bor. Muzeyda Navoiy asarlarining Qo&#8217;qonda ko&#8217;chirilgan nusxalari, Nizomiy, Umar Hayyom, Sa&#8217;diy, Hofiz, Bedil kabi mumtozlar asarlarining nodir qo&#8217;lyozmalari, fors, ozar shoirlarining she&#8217;rlaridan tuzilgan bayon va majmualar, tazkiralar, Sankt-Peterburg, Boku, Istanbul, Orenburg, Qozon, Ufa, Boqchasaroy va boshqa joylarda chop etilgan gazeta va jurnallar mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ADABIYOT MUZEYI, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (Toshkent shahri) \u2014 madaniy-ma&#8217;rifiy va ilmiy muassasa. 1940 yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan Respublika ko&#8217;rgazmasi tariqasida tashkil topgan. 1944 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adabiyot-muzeyi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5473","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5473","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5473"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5473\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5474,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5473\/revisions\/5474"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5473"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5473"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5473"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}