{"id":5475,"date":"2021-10-23T17:59:15","date_gmt":"2021-10-23T14:59:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5475"},"modified":"2021-10-23T17:59:17","modified_gmt":"2021-10-23T14:59:17","slug":"adabiyot-nazariyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adabiyot-nazariyasi\/","title":{"rendered":"ADABIYOT NAZARIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>ADABIYOT NAZARIYASI &#8211; adabiyotshunoslik fanining bir bo&#8217;limi. Badiiy adabiyot, uning jamiyat hayotida tutgan o&#8217;rni va ahamiyati, yaratilish qonuniyatlari, taraqqiyot yo&#8217;llarini, badiiy asarning tasviriy hamda ifoda vositalari, tarkibiy qismlari, adabiy turlar va janrlarini o&#8217;rganadi. Adabiyot nazariyasi badiiy so&#8217;z san&#8217;atining ijodiy tajribalariga asoslanib, o&#8217;zining barcha nazariy xulosalarini yaxlit bir davr yoki davrlarning badiiy so&#8217;z mahsuli hamda ayrim badiiy asarlarining tahlilidan, tarixiy-adabiy jarayonni o&#8217;rganishdan keltirib chiqaradi. Badiiy adabiyotni bevosita yaratuvchilarning adabiy ijod haqida aytgan fikrlari ham Adabiyot nazariyasi tomonidan e&#8217;tiborga olinadi, ammo bu borada Adabiyot nazariyasi badiiy ijod tajribalarida tasdiqlangan ijodiy haqiqatlarga murojaat qilib boradi. Adabiyot nazariyasi adabiyotning boshqa ijtimoiy ong shakllaridan farqli jihatlarini ham belgilab beradi. San&#8217;at turi sifatida adabiyotning o\u2019ziga xosligi uning so&#8217;z vositasida obraz yaratishida ko&#8217;zga tashlanadi. Shuning uchun ham Adabiyot nazariyasida badiiy, obrazli tasvir va ifoda masalalari ham o&#8217;rganiladi. Badiiy adabiyotda mazmun bilan shakl birligi va mutanosibligi Adabiyot nazariyasining bosh masalasidan biri hisoblanadi. Mazmunsiz shakl bo&#8217;lmaganidek, shaklsiz mazmun ham bo&#8217;lmaydi. Har qanday shakl mazmunlashganidek, har qanday mazmun shakllashgandagina to&#8217;la voqe bo&#8217;ladi. Mazmun \u2014 badiiy asarning hamma qismlarini belgilovchi, uyushtiruvchi asos. Badiiy adabiyotda mazmun \u2014 jonli hayot, uning xilma-xil qirralari, murakkabligi, boyligi va go&#8217;zalligidir. Har qanday g&#8217;oya badiiy asarning mazmunini tashkil eta olmaydi, u faqat badiiy xususiyatga egaligi, inson, jamiyat uchun ahamiyatliligi bilan barchani qiziqtira olgan g&#8217;oyalargina badiiy asar mazmunini tashkil etadi. Badiiy shakl ham mazmunga nisbatan farqsiz hodisa emas. Chunki har qanday g&#8217;oya hayotning o&#8217;zida aniq hayotiy hodisa shaklida namoyon bo&#8217;ladi, bu hodisaning shaklini mazmundan ajratib bo&#8217;lmaydi. Binobarin, har qanday badiiy g&#8217;oya o&#8217;ziga mutanosib badiiy shakldagina o&#8217;z mohiyatini to&#8217;la namoyon etadi. Alisher Navoiy &#8220;Xamsa&#8221;da o&#8217;z zamonida shoirlik da&#8217;vo qilib yurgan ko&#8217;plab kishilarning shakl bobidagi no&#8217;noqligini qoralaydi. Chunki, faqat shakli mazmuniga to&#8217;la mos bo&#8217;lgan asargina haqiqiy badiiy asar bo&#8217;la oladi. Shuning uchun ham Adabiyot nazariyasi badiiy asarning tarkibiy qismlari (syujet, konflikt, kompozisiya va boshqalar), adabiy turlar va janrlar haqidagi masalalarni keng yoritadi. Insoniyat tarixida bo&#8217;lgan ijodiy uslublar, adabiy oqimlar, maktablar Adabiyot nazariyasida o&#8217;zining aniq ta&#8217;rifu tavsifini topali. O&#8217;tmish adabiyot bilan hozirgi zamon adabiyoti o&#8217;rtasidagi doimiy vorislik (an&#8217;ana va yangilanish) masalalari ham Adabiyot nazariyasiga aloqadordir. Turli xalqlar adabiyotlari o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro ta&#8217;sir va bir-birlarini boyitishdan iborat ijobiy tarixiy jarayonning qonuniyatlarini aniqlash ham Adabiyot nazariyasining doimiy o&#8217;rganuvchi sohalaridan birini tashkil etadi. Dunyo xalqlari she&#8217;riyatiga xos tizimlar, ularning tuzilishi va shakllari Adabiyot nazariyasining bevosita tadqiqot manbaidir. Badiiy adabiyotning o&#8217;tmishi, hozirgi ahvoli va istiqboldagi rivojlanish tamoyillarini belgilab berish Adabiyot nazariyasining eng muhim vazifasi sanaladi. Sharqda Adabiyot nazariyasining yuqorida qayd etilgan barcha muammolarini yaxlit o&#8217;rganuvchi maxsus fan sohasi bo&#8217;lmagan. Bu masalalar 3 yo&#8217;nalishdagi mustaqil sohalar doirasida olib borilgan. Bular: aruz ilmi, qofiya ilmi va balog&#8217;a ilmi, ya&#8217;ni badiiy so&#8217;z san&#8217;atlari haqidagi sohalardan iborat. Shu bois Sharq mumtoz adabiyotshunosligi tarixiga nazar tashlansa, yuqorida ko&#8217;rsatilgan 3 yo&#8217;nalishdagi ilmiy manbalar alohida alohida bayon etilganligi ma&#8217;lum bo&#8217;ladi. Masalan, Muhammad bin Umar ar-Roduyoniyning &#8220;Tarjimon ul-balog&#8217;a&#8221;, Rashididdin Vatvotning &#8220;Hadoiq us-sehr fidaqoi qush she&#8217;r&#8221;, Alisher Navoiyning &#8220;Mezon ul-avzon&#8221;, Boburning &#8220;Muxtasar&#8221;, Husayn Voiz Koshifiyning &#8220;Badoe ulafkor Fi sanoe-ul-ash&#8217;or&#8221;, Atoullo Husayniyning &#8220;Badoye us-sanoye'&#8221;, Vohid Tabriziyning &#8220;Jam&#8217;i muxtasar&#8221; kabi asarlarida aruz, qofiya va badiiy san&#8217;atlar haqida alohida-aloxdda fikr yuritilgan. Sharq adabiy-nazariy ta&#8217;limoti asosan she&#8217;riyat materialiga asoslangan bo&#8217;lib, ularda badiiy nasr, dramaga oid nazariy kuzatishlar uchramaydi. Chunki Sharq mumtoz adabiyotida badiiy nasr va drama janrlari mavjud emas edi. Sharq adabiy-nazariy qarashlari rivojiga Abu Nasr Forobiy &#8220;Kalom Fish-she&#8217;r va al-qavofi&#8221; (&#8220;She&#8217;r va qofiyalar haqida so&#8217;z&#8221;), &#8220;Kitob fil-lug&#8217;ot&#8221; (&#8220;Til haqida kitob&#8221;), &#8220;She&#8217;r san&#8217;ati&#8221;, Ibn Sino &#8220;Uyun-al-hikma&#8221; kabi asarlari bilan katta hissa qo&#8217;shdilar. O&#8217;zbek adabiyotshunosligida Adabiyot nazariyasiga oid haqiqiy yaxlit ilmiy asar 20-asrning 20-yillarida Fitrat tomonidan yaratildi. Uning &#8220;Adabiyot qoidalari&#8221; kitobida badiiy adabiyotning o&#8217;ziga xosligi, ijtimoiy tabiati, adabiy tur va janrlar, syujet, kompozisiya, badiiy nutq va mahorat masalalari haqida ilk bor yaxlit ma&#8217;lumotlar berilgan. Abdurahmon Sa&#8217;diyning &#8220;Adabiyot nazariyasi&#8221; asari Adabiyot nazariyasiga oid ilk asarlardan hisoblanadi. Shulardan keyin Adabiyot nazariyasiga oid ikkinchi asar 1939 yilda I. Sulton tomonidan yaratildi. Keyinchalik O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot instituti tomonidan ikki jildli &#8220;Adabiyot nazariyasi&#8221; (1-jild 1978, 2-jild 1979), 1980 yilda I. Sultonning &#8220;Adabiyot nazariyasi&#8221; darsliklari chop ettirildi. Adabiyot nazariyasi rivojiga H. Yoqubov, M. Yunusov, M. Qo&#8217;shjonov kabi olimlar ham katta hissa qo&#8217;shdilar. G&#8217;arb adabiyotshunosligida Aristotelning &#8220;Poetika&#8221; asari Adabiyot nazariyasiga oid asosiy manba sifatida qo&#8217;llanilib kelindi. 17-18-asrdan boshlab Bualo, Didro, Lessing, Gerder, Gyote, Shiller kabi olimu adiblar tomonidan Adabiyot nazariyasiga oid nazariy asarlar yaratila boshlandi. 18-asr oxiri \u2014 19-asr boshlarida nemis faylasuflari Kant, Fixte, Shelling, Gegel va boshqa badiiy adabiyot qonuniyatlarini yaxlit o&#8217;rganuvchi Adabiyot nazariyasi yaratishni boshlab berdilar. Rossiyada M. V. Lomonosov, A. N. Radishchev, V. G. Belinskiy, N. G. Chernishevskiy, A. N. Dobrolyubov, A. I. Gersen va boshqa adabiy-nazariy qarashlar rivojiga muayyan hissa qo&#8217;shdilar. Bahodir Sarimsoqov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ADABIYOT NAZARIYASI &#8211; adabiyotshunoslik fanining bir bo&#8217;limi. Badiiy adabiyot, uning jamiyat hayotida tutgan o&#8217;rni va ahamiyati, yaratilish qonuniyatlari, taraqqiyot yo&#8217;llarini, badiiy asarning tasviriy hamda ifoda vositalari, tarkibiy qismlari, adabiy turlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adabiyot-nazariyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5475","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5475","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5475"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5475\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5476,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5475\/revisions\/5476"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5475"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5475"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5475"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}