{"id":5477,"date":"2021-10-23T18:18:36","date_gmt":"2021-10-23T15:18:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5477"},"modified":"2021-10-23T18:18:37","modified_gmt":"2021-10-23T15:18:37","slug":"adabiyotshunoslik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adabiyotshunoslik\/","title":{"rendered":"ADABIYOTSHUNOSLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>ADABIYOTSHUNOSLIK &#8211; badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o&#8217;ziga xos xususiyatlari, paydo bo&#8217;lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funktsiyasi, ijodiy jarayon qonuniyatlarini o&#8217;rganadigan fan. U bir-biri bilan uzviy bog&#8217;liq bo&#8217;lgan 3 bo&#8217;limni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni o&#8217;z ichiga oladi. Adabiyotshunoslikning ildizi maqol, qo&#8217;shiq, doston singari xalq og&#8217;zaki ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalarga borib boglanadi. Masalan, Mahmud Koshg&#8217;ariyning &#8220;Devonu lug&#8217;otit turk&#8221; asaridan joy olgan matallarga, badiiy so&#8217;z unsurlariga ilmiy tekstologik munosabat, o&#8217;sha davr adabiy janrlari haqidagi fikrlar Adabiyotshunoslikning olis tarixidagi ko&#8217;rinishidir. Adabiyotshunoslik ilmiga oid teran qarashlar Forobiyning &#8220;She&#8217;r san&#8217;ati&#8230;&#8221;kitobida mufassal bayon qilingan (10 asr). Unda she&#8217;riy asarning yaralish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so&#8217;z qadri xususida fikr yuritiladi. 11-asrda yashagan adabiyotshunos olim Abdulqodir Jurjoniyning &#8220;Asror ul balog&#8217;a Fi-ilmi bayon&#8221; (&#8220;Bayon ilmida balog&#8217;at sirlari&#8221;) asarida so&#8217;z san&#8217;atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urg&#8217;u berilsa, 13-asrda yashagan qomusiy olim Kays Roziyning &#8220;Kitob ul mo\u2019jam Fi-maoyiri ash&#8217;or il-Ajam&#8221; (&#8220;Ajam she&#8217;riyati me&#8217;yorlari qomusi&#8221;) kitobida nazariy masalalar \u2014 aruz tizimi, poyetik san&#8217;atlar, she&#8217;riy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning &#8220;Qobusnoma&#8221;sidan (11-asr) esa, she&#8217;r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta&#8217;sirchan bo&#8217;lishi lozimligi haqidagi mulohazalar o&#8217;rin olgan. Adabiyot tarixi yo&#8217;nalishida muayyan xalq (xalqlar, mintaqa, jahon) badiiy adabiyotining tarixiy taraqqiyoti hamda yozuvchi-shoirlarning hayot va ijod yo&#8217;li chuqur o&#8217;rganiladi. Jumladan, o&#8217;zbek milliy adabiyoti bosib o&#8217;tgan uzoq tarixiy yo&#8217;l, zamon, siyosat va adabiy jarayon munosabatlarining o&#8217;ziga xosliklari, u yoxud bu ijodkorning ushbu jarayonga ko&#8217;rsatgan ta&#8217;siri yuzasidan ko&#8217;plab tadqiqotlar yaratilgan. Adabiyotshunoslik tarixida 12-asrda yashagan shoir va adabiyotshunos Nizomiy Aruziy ibn Umar Samarqandiy, 15-asrda adabiyotshunos olim Atoulloh Husayniy, Zamaxshariy, Xondamir, Vosifiy asarlari muhim ahamiyatga egadir. O&#8217;zbek Adabiyotshunoslikning takomili Navoiy ijodiy faoliyati bilan chambarchas bog&#8217;liq. O&#8217;zbek tilidagi tazkira janriga asos solgan &#8220;Majolis unnafois&#8221; (&#8220;Go&#8217;zal majlislar&#8221;) ilk o&#8217;zbek adabiy qomusi hisoblanadi. Ushbu asarda Navoiy deyarli yarim asr mobaynida o&#8217;ziga zamondosh bo&#8217;lgan 469 shoir, olim, bastakor, hattot, she&#8217;riyat homiylari haqida ma&#8217;lumot beradi, badiiy mahorat, san&#8217;atkorning ijtimoiy burchi, poyetik janr masalalarini yoritadi. Navoiyning &#8220;Holoti Pahlavon Muhammad&#8221;, &#8220;Holoti Sayyid Hasan Ardasher&#8221;, Jomiyga bag&#8217;ishlangan &#8220;Xamsat ulmutahayyirin&#8221; (&#8220;Besh hayrat&#8221;) singari asarlari adabiy portretning dastlabki namunalaridir. Uning &#8220;Mezon ul-avzon&#8221; (&#8220;Vaznlar o&#8217;lchovi&#8221;) asarlarida aruzning nazariy, amaliy masalalari tadqiq etilgan. Husayn Boyqaro esa, o&#8217;z navbatida, Navoiyning betakror mahorati, u yaratgan adabiy muhit, davr adabiy jarayoni haqida ma&#8217;lumot beruvchi risola yaratgan. Zahiriddin Muhammad Bobur &#8220;Muxtasar&#8221; kitobi bilan Navoiydan so&#8217;ng aruz ilmi tadqiqini yangi bosqichga ko&#8217;tardi. Bu kitobda aruzning 20 dan ortiq bahri, 530 dan ortiq vazni haqida ma&#8217;lumot beriladi. O&#8217;zbek adabiyotshunosligining keyingi davrlardagi yo&#8217;nalishini, asosan, tazkiralar belgilaydi. Jumladan, 19-asr boshlarida Fazliy rahbarligida she&#8217;riy shaklda yaratilgan &#8220;Majmuai shoiron&#8221; (&#8220;Shoirlar guruhi&#8221;) tazkirasi Qo&#8217;qon xoni saroyiga to&#8217;plangan ijodkorlar haqida nisbatan to&#8217;liq ma&#8217;lumot beradi. Ahmad Tabibiyning she&#8217;riy shakldagi &#8220;Majmuat ash-shuaroi Feruzshohiy&#8221; (&#8220;Shoh Feruz shoirlari guruhi&#8221;) hamda &#8220;Muhammasoti Majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy&#8221; (&#8220;Shoh Feruz shoirlari guruhining muxammaslari&#8221;) tazkiralarida ijodkorlarning asarlari janrlarga bo&#8217;lib o&#8217;rganiladi (20-asr boshi). Birinchisida g&#8217;azallar, ikkinchisida muxammas va musaddaslar tahlil etiladi. Matbuot va noshirlik ishlarining rivoji 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida o&#8217;zbek tanqidchiligi, adabiyotshunosligi uchun yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Ayniqsa, adabiy tanqidda uyg&#8217;onish ro&#8217;y berdi \u2014 harakatdagi adabiy jarayonni, yozuvchi ijodini, adabiy muammolarni davrning ma&#8217;naviy va estetik talablari, ommaning ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib o&#8217;rganish, adabiyot taraqqiyotidagi, ijodkor mahoratidagi yangiliklarni kashf etish, kamchiliklarni baholi qudrat ko&#8217;rsatish boshlandi. Hoji Muin, Mirmuhsin Shermuhamedov, Behbudiy, Abdulhamid Cho&#8217;lpon, Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy, Vadud Mahmudlarning maqolalarida so&#8217;z san&#8217;ati oldida turgan muhim ijtimoiy vazifalarga urg&#8217;u berildi, adabiyot rivojini millat, Vatan, istiqlol, mustaqil yurt uchun kurashuvchi yangi insonni tarbiyalash masalalari bilan bog&#8217;lashga harakat qilindi. Cho&#8217;lponning &#8220;Adabiyot nadur?&#8221; (1914) maqolasida o&#8217;rtaga tashlangan &#8220;Adabiyot yashasa \u2014 millat yashar&#8221; degan g&#8217;oya milliy uyg&#8217;onish uchun ham da&#8217;vat bo&#8217;ldi. 20-yillar o&#8217;rtalarigacha Adabiyotshunoslik, asosan, adabiy tanqid doirasida faoliyat ko&#8217;rsatdi. Shu paytlardan e&#8217;tiboran sho&#8217;ro hukumati uni o&#8217;z yo&#8217;rig&#8217;iga sola boshladi. Ijod mahsulini baholashda mafko&#8217;ra, o&#8217;tkinchi siyosat bosh mezonga aylandi. Adabiyot va Adabiyotshunoslikdan bir yoqlama (markscha) dunyoqarash bilan qurollanish, voqelik va uning badiiy in&#8217;ikosi bo&#8217;lmish san&#8217;atga faqat sinfiy kurash, sho&#8217;rolar mafkurasi nuqtai nazaridan turib yondashish talab qilindi. Bularga qo&#8217;shimcha, mumtoz adabiy merosdan voz kechish tamoyili hukm surdi. Yassaviy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Hofiz, Rumiy, Huvaydo singari shoirlar yaratgan ma&#8217;naviy mulk o&#8217;quvchiga keraksiz, hatto, ziyonli deb e&#8217;lon qilindi. Abdurauf Fitrat, Otajon Hoshim kabi adabiyotshunoslar bunday qarashlarga qarshi chiqib, madaniy merosni himoya qilishga urindilar. Shu yillari, muayyan kamchiliklardan holi bo&#8217;lmasada, dastlabki nazariy qo&#8217;llanma \u2014 adabiyotshunos Abdurahmon Sa&#8217;diyning &#8220;Amaliy, ham nazariyada &#8211; biyot darslari&#8221; (1924) yaratildi. Fitratning &#8220;Adabiyot qoidalari&#8221; (1926) darsligida esa o&#8217;z davri Sharq va G&#8217;arb adabiyoti nazariyasi muammolari yoritildi. Shu muallifning &#8220;O&#8217;zbek adabiyoti namunalari&#8221; kitobida O&#8217;rxun-Yenisey bitiklari, &#8220;Alpomish&#8221;, &#8220;Kitobi dadam Qo&#8217;rqut&#8221;, &#8220;Devonu lug&#8217;otit turk&#8221;dan parchalar berildi, Yassaviy, Boqirg&#8217;oniy, Lutfiy, Atoiy, Navoiy, Bobur asarlaridan misollar keltirildi. 20-yillar oxiri \u2014 30-yillar boshlarida sho&#8217;ro adabiy siyosatida partiyaviy tazyiq ostida sinfiy dushman axtarish ruhi kuchaydi, ijod erkinligi bo&#8217;g&#8217;ildi, vulgar sotsiologizm ko&#8217;rinishlari avj oldi. Abdulla Qodiriyning &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221;, &#8220;Mehrobdan chayon&#8221; romanlari zararli asar deb, muallifning o&#8217;zi esa burjua adibi deb qoralandi. 30-yillar o&#8217;rtasidan markaz Yozuvchilar uyushmasi qurultoyining qarori bilan rasmiy kuchga kirgan sotsialistik realizm metodi haqidagi aqidaning keng joriy etilishi oqibatida o&#8217;zbek Adabiyotshunoslikga partiyaviylik, sinfiylik, g&#8217;oyaviylik, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik degan tushunchalar chuqur singib bordi. Mumtoz adabiyotga munosabatda uni saroy adabiyoti, diniy-klerikal adabiyot, reaktsion yoxud progressiv deya bir xalq adabiyotini ikkiga ajratib talqin etish, ijodkorlar va ularning merosini sinfiy qarshilantirish tamoyili urfga kirdi. O&#8217;ziga xos yondashuv va tahlilni talab etadigan Yassaviy, Boqirg&#8217;oniy, Boyqaro, Mashrab, Huvaydo, Amiriy, Feruz (Muhammad Rahimxon) kabi shoirlar merosi batamom qoralandi, ular ijodini o&#8217;rganish deyarli man qilindi. Sho&#8217;ro mafkurasining zug&#8217;umi, tanqid va Adabiyotshunoslikning jiddiy xatolari tufayli Abdulla Qodiriy, Cho&#8217;lpon, Fitrat, So&#8217;fizoda, Elbek, Botu, Usmon Nosir singari shoir va yozuvchilar, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud kabi adabiyotshunoslar jisman yoxud ma&#8217;nan mahv etildilar. O&#8217;sha yillardagi nisbatan ijobiy faktlar sifatida So&#8217;fizoda, Oybek, G&#8217;afur G&#8217;ulom, Hamid Olimjon haqida adabiy portretlar yozilganini, izzat Sultonning &#8220;Adabiyot nazariyasi&#8221; darsligi va boshqa monografiyalar nashr etilganini qayd etish mumkin. Biroq 40-yillar oxiri \u2014 50 yillar boshlarida Adabiyotshunoslik fani kosmopolitizmga qarshi kurash, yagona oqim, konfliktsizlik nazariyasi deb nomlangan xato yo&#8217;llarni bosib o&#8217;tishiga ham to&#8217;gri keddi. Ayni shu yillari Oybek, Maqsud Shayxzoda va boshqa mualliflarning tarixiy yo&#8217;nalishdagi, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Said Ahmad singari adiblarning zamonaviy mavzudagi asarlari, o&#8217;sha &#8220;nazariyalar&#8221; dan kelib chiqib, nohaq qoralandi. 50-yillar o&#8217;rtalaridan avval qatli om qilingan ayrim yozuvchi-shoirlar hayoti va ijodini qayta o&#8217;rganishga harakatlar bo&#8217;ldi. Matyoqub Ho&#8217;shjonov, Ozod Sharafiddinov, Ibrohim G&#8217;afurov, Umarali Normatov, Salohiddin Mamajonov, Sobir Mirvaliev singari adabiyotshunos olimlarning adabiy jarayon, alohida ijodkor va asar haqidagi kitob va maqolalari adabiyotning nisbatan erkin nafas olishiga zamin yaratdi. 60-70-yillarda o&#8217;zbek adabiyoti tarixi yuzasidan qator asarlar yaratildi. Jumladan, ilk adabiy yodgorliklardan tortib 20-asr boshlarigacha bo&#8217;lgan davrlar merosini qamrab oluvchi 5 jildli &#8220;O&#8217;zbek adabiyoti tarixi&#8221; kitobi nashr qilindi. Unda o&#8217;ta mafkuraviy talqin, adabiyot ilmidan chekinish, bir yoqlamalik qusurlari mavjud esada, ming yillik adabiyotimizning tarixiy taraqqiyoti, yetakchi tamoyillari, so&#8217;z san&#8217;atkorlarining hayoti va ijodi, asarlaridagi o&#8217;ziga xosliklar, mahorat belgilari to&#8217;g&#8217;risida zamona yutuqpari darajasida muxtasar ma&#8217;lumot berildi. Dunyodagi eng qadim madaniyat o&#8217;choqlaridan biri bo&#8217;lmish yurtimizda yaratilgan jamiki adabiy-estetik boyliklarga xolis nuqtai nazar bilan qarash va baho berish imkoniyati paydo bo&#8217;ldi. Natijada, adabiyotshunos olimlar so&#8217;z san&#8217;atimiz tarixida e&#8217;tiborga loyiq neki asar bo&#8217;lsa, barchasini chuqur o&#8217;rganishdek mas&#8217;uliyatli yumushga kirishdilar. &#8220;Avesto&#8221;dek teran va murakkab diniy-ma&#8217;rifiy yodgorlik, xalq og&#8217;zaki ijodining gultoji bo&#8217;lmish &#8220;Alpomish&#8221; dostoni va boshqa o&#8217;nlab epik asarlar atroflicha tadqiq etildi. Tasavvuf ta&#8217;limotining badiiy ijodga ko&#8217;rsatgan ta&#8217;siri xususida Najmiddin Komilov (&#8220;Tasavvuf&#8221;, 1\u2014 2-kitoblar), Ibrohim Haqqulov (&#8220;Tasavvuf va she&#8217;riyat&#8221;) va boshqa mutaxassislarning kitoblari chop etildi. Navoiyning 20 jildli &#8220;Mukammal asarlar to&#8217;plami&#8221; nashr qilinishi barobarida, mutafakkir ijodini tamomila yangi mezonlar asosida o&#8217;rganish boshlandi va o&#8217;nlab risolalar yaratildi. 20-asr boshlarida yozilgan, ma&#8217;rifatparvarlik ruhi bilan sug&#8217;orilgan badiiyat namunalari tadqiq etildi, nohaq qurbon bo&#8217;lgan Abdulla Qodiriy (U. Normatov, &#8220;Qodiriy bog&#8217;i&#8221;; mualliflar jamoasi &#8220;Abdulla Qodiriyning badiiy olami&#8221;), Cho&#8217;lpon (O. Sharafiddinov, &#8220;Cho&#8217;lpon&#8221;, &#8220;Cho&#8217;lponni anglash&#8221;, D. Quronov, &#8220;Cho&#8217;lpon, hayoti va ijodiy merosi&#8221;), Fitrat, M. Behbudiy, A. Avloniy, Hamza, Usmon Nosir hayoti va ijodiga doir yirik asarlar dunyoga keldi. Adabiyotshunoslikning nazariy muammolarini o&#8217;z ichiga qamragan 3 jildli &#8220;Adabiy turlar va janrlar&#8221; kitobi, A. Hojiahmedovning &#8220;She&#8217;riy san&#8217;atlar va mumtoz qofiya&#8221;, &#8220;O&#8217;zbek aruzi lug&#8217;ati&#8221; risolalari chop etildi. S. Mirvaliyev yaratgan &#8220;O&#8217;zbek adiblari&#8221; to&#8217;plami esa 20-asr o&#8217;zbek adabiyotining yirik vakillari hayoti va ijodi xususida eng zarur ma&#8217;lumotlarni beradi. Adabiyotshunoslik nafaqat o&#8217;zbek, balki jahon estetik ilmi yutuqlarini ham ijodiy o&#8217;zlashtirish, bu borada o&#8217;z so&#8217;zini aytish yo&#8217;lida izlanmoqda. Najmiddin Komilovning &#8220;Tafakkur karvonlari&#8221;, Ibrohim G&#8217;afurovning &#8220;Dil erkinligi&#8221; singari kitoblari keyingi davr o&#8217;zbek Adabiyotshunoslikning jiddiy yutuqlari hisoblanadi. Bugungi kunda adabiyotshunosligimiz saflarini Shuhrat Rizayev, Dilmurod Quronov, Bahodir Karimov, Ulug&#8217;bek Abduvahob singari yosh, iste&#8217;dodli olimlar to&#8217;ldirmoqda. Baxtiyor Nazarov, Rahmon Ko&#8217;chqorov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ADABIYOTSHUNOSLIK &#8211; badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o&#8217;ziga xos xususiyatlari, paydo bo&#8217;lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funktsiyasi, ijodiy jarayon qonuniyatlarini o&#8217;rganadigan fan. U bir-biri bilan uzviy bog&#8217;liq bo&#8217;lgan 3 bo&#8217;limni: adabiyot &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adabiyotshunoslik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5477","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5477","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5477"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5477\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5478,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5477\/revisions\/5478"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5477"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5477"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5477"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}