{"id":5488,"date":"2021-10-23T18:55:52","date_gmt":"2021-10-23T15:55:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5488"},"modified":"2021-10-23T18:55:54","modified_gmt":"2021-10-23T15:55:54","slug":"adabiy-til","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adabiy-til\/","title":{"rendered":"ADABIY TIL"},"content":{"rendered":"\n<p>ADABIY TIL \u2014 muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me&#8217;yorlashtirilgan, mazkur tilda so&#8217;zlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. &#8220;Qayta ishlangan&#8221; tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda, turli xalqlarda Adabiy til o&#8217;zgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham Adabiy til turli davrda turlicha bo&#8217;lgan (masalan, qadimgi turkiy adabiy til, hozirgi o&#8217;zbek adabiy tili). Ba&#8217;zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini o&#8217;tagan. Masalan, fors va turkiylar uchun mumtoz Arab tili, yaponlar uchun mumtoz Xitoy tili; ba&#8217;zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqalar. Adabiy til bo&#8217;lgan. Adabiy tilning ikki \u2014 og&#8217;zaki ham yozma ko&#8217;rinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq og&#8217;zaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashtiradi va barcha sheva vakillari uchun tushunarli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy tilsiz boy madaniyatga ega xalq bo&#8217;lishi mumkin emas. Shu ma&#8217;noda Adabiy til jamiyatning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda ba&#8217;zan uni turli ko&#8217;rinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma Adabiy til va og&#8217;zaki Adabiy til hamda badiiy adabiyot tili bilan Adabiy tilni ayni bir deb bo&#8217;lmaydi. Adabiy til o&#8217;z mezonlarini egallagan shu tilda so&#8217;zlashuvchilar barchasi uchun birdek. U ham yozma, ham og&#8217;zaki shakllarda amalda qo&#8217;llanadi. Badiiy asar (yozuvchi) tili ham Adabiy til me&#8217;yorlariga bo&#8217;ysunsada, ko&#8217;plab xususiylik hamda umum e&#8217;tirof etmagan jihatlarni o&#8217;zida mujassamlashtiradi. Turli xalqlarda hamma davrlarda ham Adabiy til bilan badiiy asar tili bir taxlitda bo&#8217;lmagan. Adabiy til bilan milliy til o&#8217;rtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi bo&#8217;lgan xalq millat bo&#8217;lib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til Adabiy til vazifasini o&#8217;taydi, lekin har qanday Adabiy til darhol milliy tilga aylana olmaydi. Adabiy til bilan shevalar o&#8217;rtasidagi munosabat alohida muammoni tashkil etadi. Shevalar tarixan qanchalik barqaror bo&#8217;lsa, Adabiy til uchun shevalarning vakillarini lingvistik nuqtai nazardan umumlashtirish shunchalik murakkablashadi. Hozirgi kunda ko&#8217;pgina mamlakatlar (masalan, Italiya, Indoneziya va boshqalar) da shevalar Adabiy til bilan teng suratda qo&#8217;llanmoqda. Adabiy til tushunchasi odatda til uslublari tushunchasi bilan bog&#8217;lanadi. Ammo bu bog&#8217;lanish bir tomonlama. Chunki til uslubiyatlarining o&#8217;zi Adabiy til ko&#8217;rinishlari hisoblanadi. Ular tarixan shakllangan, muayyan belgilar majmuidan iborat bo&#8217;ladi. Mazkur belgilarning bir qismi boshqa uslublarda takrorlanishi mumkin. Lekin, bu takroriy belgilarning ma&#8217;lum shaklda birikishi va vazifasining o&#8217;ziga xosligi bir uslubning ikkinchi uslubdan farqini belgilaydi. O&#8217;zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi (1989) o&#8217;zbek Adabiy til rivojini ta&#8217;minlovchi muhim voqea bo&#8217;ldi. O&#8217;zbek Adabiy tili turli xalqlar Adabiy tili rivojlanish tajribasi asosida yanada takomillashib bormoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ADABIY TIL \u2014 muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me&#8217;yorlashtirilgan, mazkur tilda so&#8217;zlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. &#8220;Qayta ishlangan&#8221; tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda, turli xalqlarda Adabiy til &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adabiy-til\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5488","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5488","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5488"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5488\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5489,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5488\/revisions\/5489"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5488"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5488"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5488"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}