{"id":5495,"date":"2021-10-23T19:35:43","date_gmt":"2021-10-23T16:35:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5495"},"modified":"2021-10-23T19:35:44","modified_gmt":"2021-10-23T16:35:44","slug":"adabiy-madaniy-meros","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adabiy-madaniy-meros\/","title":{"rendered":"ADABIY-MADANIY MEROS"},"content":{"rendered":"\n<p>ADABIY-MADANIY MEROS &#8211; o&#8217;tmish moddiy-madaniy boyliklari. Ajdodlardan avlodlarga qolgan xalq og&#8217;zaki ijodi, yozma adabiyoti, san&#8217;ati, me&#8217;morlik va hokazo namunalari. Adabiy-madaniy meros uni yaratgan xalq tarixi bilan izchil va mustahkam bog&#8217;langan bo&#8217;ladi; shu xalqning qadimgi davrlardan boshlab hozirgacha yaratgan va saqlanib kelgan adabiy-ma&#8217;naviy yodnomalari, moddiy-madaniy obidalarini o&#8217;z ichiga oladi. O&#8217;zbek xalqining boy adabiy-madaniy merosi yozma tarix boshlangandan keyin Axomaniylar (miloddan avvalgi 558 \u2014 330), Salavkiylar (miloddan avvalgi 312-64), O&#8217;rxun-Yenisey tosh bitiklari, turkiy (uyg&#8217;ur) qo&#8217;lyozma yodgorliklar, Turk xoqonligi (552-745), Arab xalifaligi (632\u2014 1258) va keyingi davrlar, xususan Amir Temur va Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar, uch xonlik, Rossiya istilosi, sho&#8217;rolar tuzumi davrlarida va, nihoyat, mustaqillik yillarida bunyod etilgan og&#8217;zaki, yozma va moddiy yodnoma hamda yodgorliklardan iborat. Bular o&#8217;zbek xalqining urf-odatlari, rasm-rusmlari, bayramlari, xalq ijodi namunalari, adabiyot va fan sohasida yaratilgan manbalar, tasviriy va amaliy san&#8217;at hamda musiqa asarlari, qadimgi bitiklar va arxeologik topilmalar, rang-barang me&#8217;moriy obidalarni qamrab oladi. Adabiy-madaniy merosni saqlash va urganish ham tarixiy, ham ma&#8217;rifiy qimmatga ega. Bular o&#8217;zbek xalqining milliy iftixori hisoblanadi. Sho&#8217;rolar tuzumi davrida, xususan qatag&#8217;on yillarida Adabiy-madaniy merosga nisbatan butunlay noto&#8217;g&#8217;ri, mafkuraviy munosabatda bo&#8217;lindi. O&#8217;tmishda yashab ijod etgan bir qancha shoirlar ijodini o&#8217;rganish man etildi, Arab yozuvida bitilgan qo&#8217;lyozmalar yo&#8217;q qilindi. Adabiy-madaniy merosning zukko bilimdonlari quvg&#8217;in ostiga olindi; Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho&#8217;lpon va boshqa adib, shoir, olim va ziyolilar qatl etildi, o&#8217;nlab masjid va madrasalar buzib tashlandi, xalq marosimlari va bayramlarini o&#8217;tkazish taqiqlandi. Bu borada turg&#8217;unlik yillari qatag&#8217;on davrining o&#8217;ziga xos davomi bo&#8217;ldi. 12 jildli O&#8217;zbekiston milliy ensiklopediyasini nashr etishga kirishilganligi adabiy-madaniy merosni ilmiy o&#8217;rganish yo&#8217;lidagi muhim tadbir bo&#8217;ldi. Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband singari Islom dinini targ&#8217;ib qilish yo&#8217;lidagi xizmatlari bilan dunyoga tanilgan buyuk vatandoshlarimiz dafn etilgan joylar obodonlashtirilib, ziyoratgohga aylantirildi. Ularning hayoti va ilmiy merosini o&#8217;rganishga bag&#8217;ishlangan kitoblar chop etildi. Amir temir hayoti va faoliyati, Temuriylar davri madaniyatiga oid kitoblar nashr etildi. O&#8217;rta asrning noyob madaniy yodgorligi &#8220;Usmon Qur&#8217;oni&#8221; o&#8217;z egalariga \u2014 O&#8217;zbekiston Diniy boshqarmasiga qaytarildi. &#8220;Alpomish&#8221; dostoni yaratilganligining 1000 yillik yubileyi o&#8217;tkazildi. Xalq me&#8217;morligining noyob namunalari bo&#8217;lgan bir qator me&#8217;moriy yodgorliklar ta&#8217;mirlandi. Ahmad Yassaviy, Rabg&#8217;uziy, Husayniy, Huvaydo, Behbudiy va boshqalar ijodi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda, asarlari nashrga tayyorlanmoqda, Qur&#8217;on va hadis ham birinchi marta o&#8217;zbek tiliga tarjima qilinib ommalashtirildi, qatag&#8217;on qilingan shoir va adiblarning asarlari ko&#8217;plab nusxalarda chop etildi, unutilishga mahkum etilgan qator hunarmandchilik sohalari qayta tiklandi va xalq bayramlari tantanali nishonlanmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ADABIY-MADANIY MEROS &#8211; o&#8217;tmish moddiy-madaniy boyliklari. Ajdodlardan avlodlarga qolgan xalq og&#8217;zaki ijodi, yozma adabiyoti, san&#8217;ati, me&#8217;morlik va hokazo namunalari. Adabiy-madaniy meros uni yaratgan xalq tarixi bilan izchil va mustahkam bog&#8217;langan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adabiy-madaniy-meros\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5495","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5495","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5495"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5495\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5496,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5495\/revisions\/5496"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5495"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5495"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5495"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}