{"id":55305,"date":"2023-03-07T10:14:35","date_gmt":"2023-03-07T07:14:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55305"},"modified":"2023-03-07T10:14:36","modified_gmt":"2023-03-07T07:14:36","slug":"flora-dunyolari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/flora-dunyolari\/","title":{"rendered":"FLORA DUNYOLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>FLORA DUNYOLARI, yer yuzi flora dunyolari \u2014 yer yuzining muayyan hududlarida tarixan tarkib topgan, kelib chiqishi bilan o&#8217;zaro o&#8217;xshash floraparning eng yirik birlashmalari. Flora dunyolarini bir-biridan farqlashda paleogeofafik omillar (asosan, bo&#8217;r davridan boshlab) hamda tuproq va iqlim sharoitlari muhim ahamiyatga ega. har bir Flora dunyolari tarixan uzoq geologik davr mobaynida muayyan hududda kelib chiqqan va tarqalgan endemik o&#8217;simlik oilalari va turkumlari kompleksiga ega. Flora dunyolari kichikroq floristik birliklar (flora oblastlari, provintsiya, okrug, rayon va boshqalar)ga bo&#8217;linadi. Golarktika Flora dunyolari (yoki Golarktika oblasti) shimoliy yarim sharning tropikdan boshqa hamma qismini \u2014 janubda yashil burun orollari, Sahroi Kabir va Arabiston yarim orolining shimoliy qismlari, Fors ko&#8217;rfazi sohillari, Hindukush va Himolay tog&#8217;larining Janub yon bag&#8217;irlari, Xitoyning janub chekkasi, shimoliy Amerikada Meksika tog&#8217;larining shimoliy qismlari va Meksika ko&#8217;rfazi sohillarigacha bo&#8217;lgan juda katta hududni egallagan. Golarktika, o&#8217;z navbatida, Arktika, Boreal, O&#8217;rta Yevropa, O&#8217;rta dengiz bo&#8217;yi, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Kaliforniya (Sonora), Appalachi Flora dunyolariga bo&#8217;linadi. O&#8217;rta dengiz bo&#8217;yi va Sharqiy Osiyo oblastlarida endemik turlar ko&#8217;p. Paleotropik Flora dunyolari (yoki Paleotropik oblast) Golarktika Flora dunyolaridan Janubda (Sharqiy yarim sharda) to Janubiy Afrika subtropiklarigacha (Hind va tinch okeanlardagi orollar bn) bo&#8217;lgan hududni egallaydi. O&#8217;simlik dunyosi boy. Endemik o&#8217;simliklar kam. Sahroi Kabir, Sudan, Zambiya, Gvineya, Kongo, Kalaxari, Kap, Madagaskar, Hindiston, Hindixitoy, Malayya, Papua, Gavayya, Polineziya oblastlarini o&#8217;z ichiga oladi. Neotropik flora dunyosi (yoki Neotropik oblast) Amerika qit&#8217;asida Janubiy Kaliforniya va Bagama orollaridan boshlab, to 41\u00b0 j.k.gacha bo&#8217;lgan qismini egallagan. Florasida kosmopolit o&#8217;simlik oilalari ko&#8217;p. Sernam va issiq ekvatorial zona o&#8217;rmonlari turlarga boy. Karib, Orinoko, Amazonka, Braziliya, LaPlata, And flora oblastlariga bo&#8217;linadi. Janubiy flora dunyosi Avstraliya materigi va Tasmaniya orol, Yangi Zelandiya, Janubiy Amerikaning Janub chekkasi, Antarktida yoni orollari va Antarktidani o&#8217;z ichiga oladi. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya va MagellanAntarktika flora oblastlariga bo&#8217;linadi. Avstraliya florasi o&#8217;ziga xos o&#8217;simlik turlariga ega (evkaliptlar va boshqalar). Shuning uchun ba&#8217;zi botaniklar uni alohida Flora dunyolari hisoblashadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FLORA DUNYOLARI, yer yuzi flora dunyolari \u2014 yer yuzining muayyan hududlarida tarixan tarkib topgan, kelib chiqishi bilan o&#8217;zaro o&#8217;xshash floraparning eng yirik birlashmalari. Flora dunyolarini bir-biridan farqlashda paleogeofafik omillar (asosan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/flora-dunyolari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55305","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55305","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55305"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55305\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55306,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55305\/revisions\/55306"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55305"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55305"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55305"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}