{"id":55344,"date":"2023-03-09T10:13:14","date_gmt":"2023-03-09T07:13:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55344"},"modified":"2023-03-09T10:13:15","modified_gmt":"2023-03-09T07:13:15","slug":"foziltepa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/foziltepa\/","title":{"rendered":"FOZILTEPA"},"content":{"rendered":"\n<p>FOZILTEPA, Qang&#8217;li qo&#8217;rg&#8217;on \u2014 ilk o&#8217;rta asrlarga oid arxeologik yodgorlik (5-asr oxiri \u2014 12-asr). Toshkentning Janubi g&#8217;arbida, Izzasoy vodiysida joylashgan. U qozoqqang&#8217;lilarning kuzatuv joyi bo&#8217;lgan, degan taxminlar bor. Aslida ilk o&#8217;rta asrlardagi badavlat dehqon qasrko&#8217;shki xarobasi. Ya.G&#8217;.G&#8217;ulomov rahbarligidagi Toshkent arxeologiya otryadi tomonidan tekshirilgan (1967\u2014 68). Foziltepaning saqlanib qolgan balandligi 20 metrga yaqin, uning shimoli sharqida qishloq bo&#8217;lib, uning izlari 250 metrgacha masofada qayd etilgan. Tepalik maydoni 41&#215;35 metr. Foziltepada o&#8217;tkazilgan stratigrafik tadqiqotlar ilk o&#8217;rta asrlarda hayot 2 bosqichda davom etganligini kursatdi: 1) xo&#8217;jalik chiqindilari to&#8217;plangan qatlam va paxsa devor qurilgan davri (5-asr oxiri \u2014 7-asr boshi); 2) paxsa supa ustiga qurilgan mustahkam bino (qasrkushk) mavjud bo&#8217;lgan davr (7-asrning 2-yarmi \u2014 8-asr). Foziltepada yashagan ilk odamlar so&#8217;nggi Qovunchi madaniyatiga mansub bo&#8217;lganlari, shubhasiz. Foziltepa etagida olib borilgan qazishmalar natijasida tepalik atrofida paydo bo&#8217;lgan qishloqning yoshi aniqlangan. Tadqiqotlarga ko&#8217;ra, qishloq nisbatan tekis erda (har 2 yerdagi materik qatlam orasidagi farq 0,3 metrdan oshmaydi) vujudga kelgan. Qishloq ancha katta hududni qamrab olgan, 6-asrning 2-yarmida uning xarobalarining bir qismida qasr yoki Ark binosi bunyod etilgan. Foziltepadan sirlanmagan sopol idishlar: xumlar, xumchalar, dastali ko&#8217;zalar, kichik ko&#8217;zachalar (6-7-asr) topilgan. Ad.: Drevniy Tashkent, T., 1973.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FOZILTEPA, Qang&#8217;li qo&#8217;rg&#8217;on \u2014 ilk o&#8217;rta asrlarga oid arxeologik yodgorlik (5-asr oxiri \u2014 12-asr). Toshkentning Janubi g&#8217;arbida, Izzasoy vodiysida joylashgan. U qozoqqang&#8217;lilarning kuzatuv joyi bo&#8217;lgan, degan taxminlar bor. Aslida ilk &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/foziltepa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55344","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55344","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55344"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55344\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55345,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55344\/revisions\/55345"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55344"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55344"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55344"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}