{"id":55409,"date":"2023-03-17T14:46:00","date_gmt":"2023-03-17T11:46:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55409"},"modified":"2023-03-17T14:46:02","modified_gmt":"2023-03-17T11:46:02","slug":"fonetika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fonetika\/","title":{"rendered":"FONETIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>FONETIKA (Yunoncha phonetikos \u2014 tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) \u2014 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil bo&#8217;lish usullarini va akustik xususiyatlarini; bo&#8217;g&#8217;in, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar Fonetika doirasiga tovush birliklarining yozuvdagi ifodalari (grafika) va ma&#8217;noli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham qo&#8217;shib, uning o&#8217;rganish ob&#8217;ektini yanada kengaytiradilar (rus olimi L. V. Shcherba). O&#8217;zbek tilshunosligida Fonetika doirasida, asosan, nutq tovushlari [ularning artikulyatsion, akustik, perseptiv (psixofonetik) va funktsional tomonlari| va ohang (bo&#8217;g&#8217;in, sintagma, urg&#8217;u va boshqalar) o&#8217;rganiladi. Nutqning tovush tomoni segment (lotincha segmentum \u2014 qirqim, parcha, bo&#8217;lak) va ustsegment (supersegment) birliklarga bo&#8217;linadi. Segment birliklar ketmaket joylashadi (bir vaqtning o&#8217;zida 2 ta tovushni talaffuz qilib bo&#8217;lmaydi). Shuning uchun ularni silsilali yoki ketmaket birliklar deyish mumkin. U stsegment birliklarga urg&#8217;u va ohang (intonasiya) kiradi. Bu birliklar segment birliklar ustiga qo&#8217;yiladi va ularga turlicha tus beradi. Har qanday nutq tovushi, avvalo, nutq a&#8217;zolarining harakati tufayli talaffuz etiladi, ya&#8217;ni fiziologik xususiyatga ega. Ikkinchidan, u havoning ma&#8217;lum elastik jismni tebratishidan hosil bo&#8217;ladi; demak, uning akustik (fizik) jihati bor. Uchinchidan, muayyan so&#8217;z va morfemaning ma&#8217;no tomoni bilan tovush qobig&#8217;i birgalikda inson ongida shakllanadi, zero inson ma&#8217;lum tovushlar majmuini eshitish bilan qabul qilar ekan, ushbu majmu zaminidagi ma&#8217;noni idrok etadi, bu perseptiv (psixofonetik) xususiyat sanaladi. Va nihoyat, eng muhimi, nutq ma&#8217;lum vazifani bajaradi, binobarin, funktsional qimmatga ega. Nutq tovushlari yuqoridagi xususiyatlariga ko&#8217;ra turli nuqtai nazardan o&#8217;rganilishi mumkin. Fonetika tilning tovush tizimini qaysi jihatdan o&#8217;rganishi (maqsadi) nuqtai nazaridan quyidagi turlarga bo&#8217;linadi: umumiy Fonetika; tarixiy (diaxron) Fonetika; tasviriy (sinxron) Fonetika; qiyosiy Fonetika; eksperimental Fonetika. Yuqoridagilar bilan birga xususiy Fonetika ham ajratiladiki, unda barcha fonetik xususiyatlar aniq bir til misolida o&#8217;rganiladi. Umumiy Fonetika barcha tillar uchun umumiy bo&#8217;lgan fonetik xususiyatlarni (nutq tovushlarining hosil bo&#8217;lishi, ularning universal tasnifi, tovushlarning birikish qonuniyatlari, yondosh tovushlardan birining ikkinchisiga ta&#8217;siri va boshqalarni) o&#8217;rganadi. Umumiy Fonetika xususiy Fonetika materiallariga asoslanadi. Tarixiy Fonetika tilning fonetik tizimini tarixiy taraqqiyotida, rivojlanish jarayonida o&#8217;rganadi. Tasviriy Fonetika esa muayyan til fonetik tizimining hoz. holatini o&#8217;rganadi. Qiyosiy Fonetika ikki til fonetikasini, qarindosh tillar tovush tizimini bir-biriga qiyoslabo&#8217;rganadi. Eksperimental Fonetika nutqtovushlarini, fonetik hodisalarni ma&#8217;lum texnik vositalar yordamida o&#8217;rganadi. Nutq tovushlarining hosil bo&#8217;lish mexanizmini o&#8217;rganish 17-asrda boshlangan bo&#8217;lib, bu hol karsoqovlarni o&#8217;qitish ehtiyojidan kelib chiqqan (ispaniyalik X. P. Bonet, angliyalik J. Uilkins, niderlandiyalik I. Amman asarlari). Tilning tovush tomonini har jihatdan lintvistik nuqtai nazardan o&#8217;rganish birinchi marta nemis olimi E. Ziversning &#8220;tovush fiziologiyasi asoslari&#8221; (1876, 2-nashri &#8220;fonetika asoslari&#8221; deb nomlanadi, 1881) asarida kuzatiladi. Rossiyada umumiy Fonetikaning rivojiga I. A. Boduen de Kurtene va uning shogirdlari V.A. Bogorodiskiy va L. V. Shcherbalar o&#8217;z asarlari bilan muhim hissa qo&#8217;shdilar. Fonetika tilning boshqa sohalari b-n bog&#8217;liq, chunki tovush, urg&#8217;u va ohangsiz bo&#8217;g&#8217;in, so&#8217;z, so&#8217;z birikmasi va ran bo&#8217;lmaydi. Shu tufayli Fonetika leksika, morfologiya, sintaksis va stilistika bilan bog&#8217;liq til bosqichi deb qaraladi. O&#8217;zbek tili Fonetikasi ham chuqur o&#8217;rganilmoqda. O&#8217;zbek tilining tasviriy F.sini tadqiq qilishda V. V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov, F. Abdullaev, A. G&#8217;ulomovlar; o&#8217;zbek tili Fonetikasini 60-yillar oxiridan eksperimental o&#8217;rganishda A. Mahmudov va S. Otamirzaevalar; o&#8217;zbek tilining tarixiy Fonetikasini o&#8217;rganishda F. Abdullaev, G&#8217;. Abdurahmonov, A. Rustamov, Q. Mahmudov, H. Ne&#8217;matov, E. Umarovlarning xizmatlari katta. Fonetika fonologiya bilan uzviy bog&#8217;liq. 2) ma&#8217;lum tilga xos tovushlarning akustik va artikulyatsion (fiziologik) xususiyatlari, muayyan tilning fonetik tuzilishi. Mas, o&#8217;zbek tili fonetikasi. Ad.: Matusevich M. I., Vvedenie v obtshuyu fonetiku, M., 1959; Reshetov V. V., Uzbekskiy yazik, ch. 1. Vvedenie. Fonetika, T., 1959; xozirgi o&#8217;zbek adabiy tili, 1J., T., 1966;Baskakov N. A., Sodiqov A. S, Abduazizov A. A., Umumiy tilshunoslik, T., 1979; hozirgi o&#8217;zbek adabiy tili, 1qism, T., 1980; Sravnitelnoistoricheskaya grammatika tyurkskix Yazikov. Fonetika, M., 1984; Ne&#8217;matov H., O&#8217;zbek tilining tarixiy fonetikasi, T., 1994; Reformatskiy A.A., Vvedenie v yazikovedenie, M., 1998. Abduhamid Nurmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FONETIKA (Yunoncha phonetikos \u2014 tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) \u2014 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil bo&#8217;lish usullarini va akustik xususiyatlarini; bo&#8217;g&#8217;in, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi. Shu &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fonetika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55409","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55409","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55409"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55409\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55421,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55409\/revisions\/55421"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55409"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55409"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55409"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}