{"id":55443,"date":"2023-03-17T14:51:51","date_gmt":"2023-03-17T11:51:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55443"},"modified":"2023-03-17T14:51:52","modified_gmt":"2023-03-17T11:51:52","slug":"frazeologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/frazeologiya\/","title":{"rendered":"FRAZEOLOGIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>FRAZEOLOGIYA (Yunoncha phrasis \u2014 ifoda, ibora va &#8230;logiya) \u2014 1) tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini (Frazeologizm) uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi bo&#8217;limi; 2) muayyan tildagi frazeologizmlar majmui. Tilshunoslik bo&#8217;limi sifatidagi Frazeologiya ning asosiy diqqat-e&#8217;tibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini o&#8217;rganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qo&#8217;llanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Frazeologiyaning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan (ya&#8217;ni avvaldan tayyor bo&#8217;lmagan) so&#8217;z birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgilarini aniqlashdir. Idiomafrazeologizmlar, frazeologik birikmalar va barqaror jumlalar (maqol va matallar, gapga teng boshqa frazeologizmlar) o&#8217;rtasidagi muayyan tafovutlarga qarab ko&#8217;plab tadqiqotchilar Frazeologiyani 2 xil: tor va keng ma&#8217;noda tushunadilar. Uni keng ma&#8217;noda tushunilganda, Frazeologiya doirasiga maqol va matallar, folklorga xos barqaror jumlalar, ba&#8217;zi muloqot shakllari (salomlashish, xayrlashish jumlalari) ham kiritiladi. Lekin bu masala, ya&#8217;ni Frazeologiyani keng ma&#8217;noda tushunish masalasi hanuz munozarali bo&#8217;lib qolmoqda. Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniklash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini o&#8217;rganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qo&#8217;llanuvchi so&#8217;zlar va ularga xos ma&#8217;nolarning o&#8217;ziga xos xususiyatlarini aniqlash; frazeologizmlarning so&#8217;z turkumlari bilan o&#8217;zaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniqlash; frazeologik birliklar tarkibida so&#8217;zlarning yangi ma&#8217;nolari hosil bo&#8217;lishini o&#8217;rganish va boshqalar. Frazeologiya frazeologik birliklarni ajratish printsiplarini, ularni o&#8217;rganish, tasniflash va lug&#8217;atlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. Frazeologiyada ishlab chiqilgan o&#8217;ziga xos, xilma-xil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktursemantik, grammatik, vazifaviyuslubiy asoslarga ko\u2019ra tasnif etiladi. Struktursemantik tasnif printsipi asosiy hisoblanadi. Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmog&#8217;i sifatida 20-asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo bo&#8217;lgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A. A. Potebnya, I. I. Sreznevskiy, A. A. Shaxmatov asarlarida asos solingan bo&#8217;lsa, barqaror (turg&#8217;un) so&#8217;z birikmalarini alohida tilshunoslik bo&#8217;limi \u2014 Frazeologiyada o&#8217;rganish masalasi 20\u2014 40-yillardagi o&#8217;quvmetodik adabiyotlarda \u2014 E.D.Polivanov, S. Abakumov, L. A. Bulaxovskiy asarlarida ko&#8217;tarib chiqilgan. G&#8217;arbiy Yevropa va Amerika tilshunosligida Frazeologiya tilshunoslikning alohida bo&#8217;limi sifatida ajratilmaydi. O&#8217;zbek tilshunosligida frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar o&#8217;tgan asrning 50-yillaridan boshlangan. Shu kungacha frazeologizmlar turli jihatlardan o&#8217;rganilgan (Sh. Rahmatullaev, B. Yo&#8217;ldoshev, A. Mamatov va boshqalar), Frazeologiya bo&#8217;yicha bir necha lug&#8217;atlar tuzilgan (Sh. Rahmatullaev, M. Sodiqova), yozuvchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Oydin, Said Ahmad asarlarining frazeologik tarkibi tadqiq etilgan. 70-80-yillarda Samdu qoshida frazeologik tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi va maxsus to&#8217;plamlar chiqaruvchi markaz faoliyat kursatgan. Ad.: Babkin A. M., Russkaya frazeologiya, razvitie i istochniki. L., 1970; Vinogradov V. V., Osnovnie ponyatiya russkoy frazeologii kak lingvisticheskoy dissiplini, v ego knige: Izbrannie Trudi, t. 3. Leksikologiya i leksikografiya, M., 1977; Bibliograficheskiy ukazatel literaturi po voprosam frazeologii, VIP. 3-4, Samarkand, 1974-76; Rahmatullaev Sh ., O&#8217;zbek frazeologiyasining ba&#8217;zi masalalari, T., 1966; Rahmatullaev Sh ., O&#8217;zbektilining izohli frazeologik lugati, T., 1978. O&#8217;roq Lafasov, Nosirjon Oxunov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FRAZEOLOGIYA (Yunoncha phrasis \u2014 ifoda, ibora va &#8230;logiya) \u2014 1) tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini (Frazeologizm) uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi bo&#8217;limi; 2) muayyan tildagi frazeologizmlar majmui. Tilshunoslik bo&#8217;limi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/frazeologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55443","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55443","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55443"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55443\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55451,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55443\/revisions\/55451"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55443"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55443"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55443"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}