{"id":55464,"date":"2023-03-17T15:13:38","date_gmt":"2023-03-17T12:13:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55464"},"modified":"2023-03-17T15:13:39","modified_gmt":"2023-03-17T12:13:39","slug":"frantsiya-rossiya-urushi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/frantsiya-rossiya-urushi-2\/","title":{"rendered":"FRANTSIYA-ROSSIYA URUSHI"},"content":{"rendered":"\n<p>FRANTSIYA-ROSSIYA URUSHI, Vatan urushi (1812 yil) \u2014 rus xalqining Napoleon I bosqiniga qarshi ozodlik urushi. 1806-07 yillardagi Frantsiya-Rossiya urushida rus qo&#8217;shinlari yengilgach, Tilzit sulh shartnomasiga ko&#8217;ra, Napoleon I Rossiyani Angliyaga qaratilgan mintaqaviy qurshov tizimida ishtirok etishga majbur qilgan. Rossiya Angliya bilan savdo qilishdan mahrum bo&#8217;lib qolgani bois uning iqtisodi vayron bo&#8217;lgan. 1810 yil dekabrda rus bojxonasining yangi tarifi e&#8217;lon qilinib, Rossiyaga keltiriladigan mollarga, jumladan, Frantsiyadan keltiriladigan ipak, duxoba, vino va boshqalarga boj solig&#8217;i oshirilgan. Bu Napoleon I ning Rossiyaga qarshi urushga tayyorgarlik ko&#8217;rishiga turtki bo&#8217;lgan. 1812 yil boshida Napoleon I Rossiyaga qarshi birgalashib urushish maqsadida Avstriya va Prussiya bilan ittifoq tuzgan. Napoleon I o&#8217;z ittifoqchilarining hududlarini Rossiya hisobiga kengaytirishga va&#8217;da bergan. Frantsuz imperatorining maqsadi, Rossiyani bo&#8217;lib tashlash, undan katta miqdorda o&#8217;lpon undirish, bu mamlakatni Frantsiyaning mustamlakasiga aylantirish bo&#8217;lgan. Rossiyaga qarshi yurish uchun 1372 to&#8217;pga ega bo&#8217;lgan 640 ming kishidan iborat &#8220;buyuk armiya&#8221; tuzilgan. Ularning deyarli yarmini chet elliklar (avstriyaliklar, nemislar, polyaklar, italyanlar, ispanlar, shveytsariyaliklar, portugallar va boshqalar) tashkil qilgan. Rus armiyasida 591 ming kishi bo&#8217;lib, ularda 1620 to&#8217;p bo&#8217;lgan. 1812 yil 12 iyunda Napoleon I armiyasi Neman daryosini kechib o&#8217;tgan. Frantsiya-Rossiya urushidagi harbiy harakatlarni 3 davrga bo&#8217;lish mumkin: 1 \u2014 urush boshlanishidan (iyun) Borodino jangigacha (sentabr); 2 \u2014 Borodino jangidan (sentabr) Napoleon I ning Maloyaroslavesdan chekinishigacha (dekabr); 3 \u2014 Napoleon I armiyasining halokati va uni Neman daryosidan o&#8217;tib, Rossiyadan qochishi (dekabr). 18 avgusda Napoleon I Smolenskiy shturm bilan egallab, Moskva tomon yo&#8217;l olgan. Aleksandr I 8 avgustda feldmarshal M.M.Kutuzovii bosh qo&#8217;mondon etib tayinlagan. 1842 yil 26 avgustda mashhur Borodino jangi yuz bergan. Borodino jangi Napoleon I armiyasi halokatining boshlanishi bo&#8217;ldi. M.I. Kutuzov armiyani saqlab qolish niyatida Moskvaga chekingan va Fili qishlog&#8217;ida harbiy kengashda (13 sentabr) Moskvani tashlab ketish haqida qaror qabul qilgan. Napoleon I Moskvaga kirgan kunidan boshlab (2 sentabr) shaharda yong&#8217;inlar boshlangan. Oziq-ovqat, yem-xashak yondirilgan yoki olib ketilgan. Napoleon I, 3 marotaba rus imperatoriga sulh tuzish haqida murojaat qilib, unga o&#8217;z vakillarini yuborgan. Ammo Aleksandr I sulh tuzmagan. Tarutino kishloga yakinidagi jangda ruslar golib kelganlar (17 sentabr). Moskvadagi yong&#8217;in natijasida frantsuz armiyasini boqishning iloji bo&#8217;lmagan. Bosqinchilarga qarshi rus xalqining ozodlik kurashi avjga chiqqan. Napoleon I armiyasi tang ahvolda qolgan. Rossiyadan qochayotgan frantsuz armiyasini rus qo&#8217;shinlari ta&#8217;qib qilgan. Noyabrda Rossiya o&#8217;lkalarida qahraton sovuq boshlangan. Noyabr o&#8217;rtasida Napoleon I Berezina daryosidan o&#8217;tganda uning &#8220;buyuk armiya&#8221;sidan asar ham qolmagan. Napoleon I qo&#8217;mondonlikni Myuratga topshirib, o&#8217;zi Parijga ravona bo&#8217;lgan. Bu urushda Napoleon I, 550 minglik qo&#8217;shindan mahrum bo&#8217;lgan. Rus imperiyasidagi talafot 200 ming kishini tashkil etgan. Bu urush Yevropada ozodlik kurashining avj olishiga turtki bo&#8217;lgan. Temur G&#8217;iyosov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FRANTSIYA-ROSSIYA URUSHI, Vatan urushi (1812 yil) \u2014 rus xalqining Napoleon I bosqiniga qarshi ozodlik urushi. 1806-07 yillardagi Frantsiya-Rossiya urushida rus qo&#8217;shinlari yengilgach, Tilzit sulh shartnomasiga ko&#8217;ra, Napoleon I Rossiyani Angliyaga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/frantsiya-rossiya-urushi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55464","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55464","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55464"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55464\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55472,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55464\/revisions\/55472"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55464"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55464"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55464"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}