{"id":55542,"date":"2023-03-23T13:52:21","date_gmt":"2023-03-23T10:52:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55542"},"modified":"2023-03-23T13:52:22","modified_gmt":"2023-03-23T10:52:22","slug":"tasmasimon-chuvalchanglar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tasmasimon-chuvalchanglar\/","title":{"rendered":"TASMASIMON CHUVALCHANGLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>TASMASIMON CHUVALCHANGLAR, tsestodlar (Cestoda) \u2014 yassi chuvalchanglar sinfi. Hayvonlar va odam ichagida, ba&#8217;zan boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gavdasi tasmasimon (nomi shundan), uzunligi millimetrning bir necha ulushidan 30 metrgacha, bosh (skoleks), bo&#8217;yin va strobiladan iborat. Boshida yopishuv organlari (so&#8217;rg&#8217;ichlar, ilmoqlar, xartumlar va boshqalar) joylashgan. Bo&#8217;yin qismi o&#8217;suvchi yosh bo&#8217;g&#8217;im (proglotid)lardan iborat. Strobilasi, odatda, bir nechtadan o&#8217;nlab, hatto yuzlab bo&#8217;g&#8217;imlarga bo&#8217;lingan. Jinsiy organlari germafrodit, har bir bo&#8217;g&#8217;imida bitta yoki bir juftdan bo&#8217;ladi. Tanasi botib kirgan kipriksiz epiteliy bilan qoplangan. Ichagi bo&#8217;lmaydi, tanasining yuzasi orqali ichakdagi suyuq oziqni so&#8217;rib oladi. Juda serpusht, ayrim turlari bir yilda 600 mln.gacha tuxum qo&#8217;yadi. Xo&#8217;jayin almashtirib rivojlanadi. Tuxumlari ichida tashqi muxitda 6 ilmoqli onkosfera lichinkalar rivojlanadi. Tuxumlar oraliq xo&#8217;jayin ichagiga tushganida lichinkasi kon orkali turli organlarga borib, pufak (finna)ga aylanadi. Asosiy xo&#8217;jayin finnali organ (go&#8217;sht, jigar va boshqalar)ni yeb, parazitni yuqtiradi. Asosiy xo&#8217;jayin ichagida finnadan chiqqan lichinka ichak devoriga yopishgach, yangi bo&#8217;g&#8217;imlar chiqarib o&#8217;sadi. Ayrim Tasmasimon chuvalchanglar 2 oraliq xo&#8217;jayinda rivojlanadi. 9-10 turkum, 3000 ga yaqin turi bor. Tibbiy nuqtai nazardan qoramol tasmasimon chuvalchangi, exinokokk, zanjirsimon tasmali chuvalchanglar, qo&#8217;y miya qurti, serbar Tasmasimon chuvalchanglar, ligula va boshqalar katta ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TASMASIMON CHUVALCHANGLAR, tsestodlar (Cestoda) \u2014 yassi chuvalchanglar sinfi. Hayvonlar va odam ichagida, ba&#8217;zan boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gavdasi tasmasimon (nomi shundan), uzunligi millimetrning bir necha ulushidan 30 metrgacha, bosh (skoleks), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tasmasimon-chuvalchanglar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-55542","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55542","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55542"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55542\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55543,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55542\/revisions\/55543"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55542"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55542"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55542"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}