{"id":55566,"date":"2023-03-24T15:09:12","date_gmt":"2023-03-24T12:09:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55566"},"modified":"2023-03-24T15:09:14","modified_gmt":"2023-03-24T12:09:14","slug":"foto-sanati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/foto-sanati\/","title":{"rendered":"FOTO SAN&#8217;ATI"},"content":{"rendered":"\n<p>FOTO SAN&#8217;ATI \u2014 badiiy ijod turi; asarlari fotografiya (surat) vositalari asosida yaratiladigan tasviriy san&#8217;at turi. Badiiy madaniyatda Foto san&#8217;atining alohida o&#8217;rin tutishi fan (fizika, kimyo, optika) va texnikaning ma&#8217;lum yutuqlari zaminida yuzaga kelishi mumkin bo&#8217;lgan texnikaviy san&#8217;at tarixida dastlabkisi bo&#8217;lganligi bilan belgilanadi. 20-asr o&#8217;rtalarida texnikaviy san&#8217;at turlari guruhi kinematografiya (kino san&#8217;ati), televideniye, radio san&#8217;ati, dizayn va boshqalar bilan boyigan. Foto san&#8217;ati ijodning keng soxasiga aylandi hamda uning tarkibida hujjatli Foto san&#8217;ati, badiiy fotografiya va amaliy Foto san&#8217;ati (plakat, kitob bezagi, reklama va boshqalar uchun) mustaqil ko&#8217;rinishlar sifatida shakllandi. Bu yangi texnika vositasi \u2014 tasvirni muhrlash yuzaga kelgan kundanoq tasviriy san&#8217;at namoyandalari unga murojaat qildi. Fotografiya ixtirochisi LuiJak Dagger asli rassom bo&#8217;lib, uning dastlabki suratlari rangtasvirning an&#8217;anaviy portret, manzara va natyurmort janrlari yo&#8217;lida yaratildi. Ilk davr fotografiyasi ochiqdanochiq rangtasvir asarlariga taqlid qildi; 19-asr tasviriy san&#8217;atidagi fotografiyada o&#8217;zining ikkinchi nusxasiga ega edi. Badiiy fotografiya nomini olgan bu yo&#8217;nalish asoschilari Foto san&#8217;ati yuksak tasviriy madaniyatga erishishi, nafis san&#8217;atlar bilan uzviy bog&#8217;lanishi uchun qariyb 3 asr davomida tanikli ijodkorlarning katta mehnati singgan. Foto san&#8217;ati tarixida E. Maybrij (AQSh) tomonidan turli ko&#8217;rish nuqtalaridan bir necha kamerada suratga olingan suratlar muhim voqea bo&#8217;ldi. Bu yangilik tufayli 20-asr 1-choragida Foto san&#8217;atida Real borliqni yangicha talqin qilishga qiziqish ortdi. 2-jahon urushi davridagi reportajlar Foto san&#8217;atining yangi taraqqiyot bosqichi bo&#8217;ldi. Urush fotoyilnomalarini yaratishda turli mamlakatlar fotoreportyorlari katta xissalarini qo&#8217;shdilar. 1950 \u2014 80 yillar hujjatli Foto san&#8217;ati jahonning eng yirik agentliklari tomonidan jo&#8217;natilgan reportyorlarning sayohatda yaratgan janrli fotografiyalari rivoji bilan xarakterlanadi. O&#8217;zbekiston hududiga 19-asrning 2-yarmida Yevropadan kelgan ko&#8217;plab sayyohtijjorlar va boshqa kasb egalari yurtimizni bebaho madaniy merosi, ayniqsa, ularni hayratga solgan mirobchilik (irrigasiya) san&#8217;ati, qishloq xo\u2019jalik, nafis hunarmandchilik san&#8217;ati va odamlarning yashash tarzi madaniyatini aks ettirgan va bu tasvirlarni tarkatishgan. Dastlabki o&#8217;zbek fotoustalaridan biri xivalik Xudoybergan Devonov 1907-08 yillar Peterburgga borib bu kasbni chuqur o&#8217;rganish bilan birga o&#8217;sha davrning eng ilg&#8217;or fototexnikasini olib kelgan va juda ko&#8217;plab o&#8217;ta yuksak tarixiy, badiiy mahorat namunalari bo&#8217;lgan fotosuratlar yaratgan. O&#8217;zbekistonda chinakam Foto san&#8217;atining asochilaridan biri M.Z. Pensonair. U 20-asrning 20-yillaridan to 50-yilgacha O&#8217;zbekistonning fotoyilnomasini yaratishga hissa qo&#8217;shdi. Uning &#8220;O&#8217;zbek madonnasi&#8221;, &#8220;o&#8217;g&#8217;il savod chiqardi&#8221; va boshqa suratlari mashhurdir. 1940-yillarda O&#8217;zbekiston Foto san&#8217;ati ijodiy uslublari ko&#8217;paydi, janriy shakllar ortdi, fotograflar turli sohalar bo&#8217;yicha ixtisoslasha bordi (masalan, E. Yudiskiy \u2014 me&#8217;morlik, K. Romeev \u2014 teatr, A. Palexov \u2014 portret, R. Albekov \u2014 bolalar hayoti, R. Shamsiddinov, S. Beznosov \u2014 maishiy janr, S. Mahkamov \u2014 madaniyat bo&#8217;yicha ixtisoslashdi). O&#8217;zbekiston jurnalistlar uyushmasi fotosektsiyasi, yirik korxonalarda tashkil topgan fotoklublar respublika Foto san&#8217;ati rivojida muhim rol o&#8217;ynadi. Milliy istiqlol tufayli o&#8217;zbek fotografiyasi tamomila yangicha rivojlanish yo&#8217;liga ega bo&#8217;ldi. Jahon fotosan&#8217;atining o&#8217;ta muhim o&#8217;rni, ahamiyatini nazarda tutgan holda 2002 y.da O&#8217;zbekiston Ba tarkibida &#8220;Toshkent foto uyi&#8221; tashkil etildi. R. Shagaev. &#8220;Kelin&#8221; (2000). F. Qurbonboev, R. Shagaev, N. Muhammadjonov, K. Minaychenko, M. va D. Penson, T. Zelma, V. Vyatkin, Tursun Ali, Sh. Usmon, V. An, V. Sokolov, R. Yarullin kabi fotoustalar O&#8217;zbekiston Foto san&#8217;atida samarali faoliyat ko&#8217;rsatmoqdalar. 1, 2-xalqaro Toshkent foto biennalesi &#8220;Mo&#8221;tabar qariyalarimiz&#8221;, &#8220;Mahalla \u2014 men yashayotgan olam&#8221;, &#8220;suv \u2014 bu hayot demakdir&#8221; (2003 yil BMT bilan hamkorlikda), shuningdek, 2003-2004 yillarda &#8220;O&#8217;zbekiston: sevgi izhori&#8221; ochiq respublika havaskor fotorassomlari uchun an&#8217;anaviy tarzda xalqchil fototanlovi o&#8217;tkazildi. O&#8217;zbekiston fotoustalari nufuzli xalqaro fototanlovlarda yuksak o&#8217;rinlarga sazovor bo&#8217;la boshladi (masalan, 1999 yil YUNESKO fototanlovi); Bryussel, Gaaga, Antverpen kabi shaharlarda &#8220;O&#8217;zbek mahallasi: odamlar, urfodatlar, an&#8217;analar&#8221; fotoko&#8217;rgazmasi Yevropa bo&#8217;ylab namoyish etildi. 2003 yilda O&#8217;zbekiston Butunjahon badiiy fotografiya federasiyasi (Bosh qarorgohi Lyuksemburgda)ga haqiqiy a&#8217;zo qilib qabul qilindi. Tursunali Qo&#8217;ziyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FOTO SAN&#8217;ATI \u2014 badiiy ijod turi; asarlari fotografiya (surat) vositalari asosida yaratiladigan tasviriy san&#8217;at turi. Badiiy madaniyatda Foto san&#8217;atining alohida o&#8217;rin tutishi fan (fizika, kimyo, optika) va texnikaning ma&#8217;lum yutuqlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/foto-sanati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55566","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55566","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55566"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55566\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55567,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55566\/revisions\/55567"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55566"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55566"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55566"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}