{"id":55636,"date":"2023-03-25T11:11:46","date_gmt":"2023-03-25T08:11:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55636"},"modified":"2023-03-25T11:11:47","modified_gmt":"2023-03-25T08:11:47","slug":"fosfor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fosfor\/","title":{"rendered":"FOSFOR"},"content":{"rendered":"\n<p>FOSFOR (Yunoncha Phosphoros \u2014 yorug\u2019lik tashuvchi, phos \u2014 yoruglik va phoro \u2014 tashiyman, lotincha Phosphorus), P \u2014 Mendeleev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 15, atom molekulasi 30,97376. Fosforning 1 ta izotopi \u2014 31R bor. 6 ta sun&#8217;iy radioaktiv izotopi: 2SP, 29R. 30R, 32R, 33R, 34R olingan. Uning 32R (T1\/2= 14,22 kun) izotopi nishonli atom sifatida keng qo&#8217;llanadi. Fosforni 12-asrda Arab alkimyogari A. Bexil (Bashir) siydikdan ajratib olgan. Gamburglik Alkimyogar X.Brand siydikni bug&#8217;latishdan hosil bo&#8217;lgan qoldiqni ko&#8217;mir ishtirokida quruq xaydash bilan oq Fosfor olgan (1669). Fosforni ilk bor Lavuaze kimyoviy element deb atagan. K. Sheele 1771 yilda Fosforni suyak kulidan olgan. Fosfor Yer po&#8217;stining massa jihatdan 8102% ini tashkil qiladi. Fosfor faol element, tabiatda fosforitlar va apatitlar tarkibida uchraydi. Fosforning 3 ta allotropik shakl o&#8217;zgarishi: oq, qizil va qora Fosfor ma&#8217;lum. Oq Fosfor R4 tarkibli tetraedr shakldagi molekulalar hosil qiladi. Uning suyuqlanish temperaturasi 44\u00b0, zichligi 1,83 g\/sm3, qaynash temperaturasi 281\u00b0; u suvda, spirtda oz, uglerod (1U)sulfid, benzol, efir, skipidar va suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Oq Fosfor kimyoviy reaktsiyalarga yaxshi kirishadi. 50\u00b0 da havoda o&#8217;zo&#8217;zidan alangalanadi. Qizdirilganda hatto platina bilan ham birikadi. Juda zaharli, 0,1 grami odamni o&#8217;ldiradi. Oq Fosfor suvda saqlanadi. U berk idishda 260\u00b0 gacha qizdirilganda qizil Fosforga aylanadi. Qizil Fosfor (qora Fosfor ham) yuqori polimer modda. Suyuqlanish temperaturasi 590\u00b0, zichligi 2,3 g\/sm3, qizil Fosfor qizdirilganda suyuqlanmasdan bug&#8217;lanib ketadi, uglerod (1U)sulfidda erimaydi: havoda 260\u00b0 da alangalanadi, zaharli emas. Qora Fosforning tuzilishi va ko&#8217;rinishi grafitga o&#8217;xshaydi. U.F.ning eng barqaror shaklidir. Zichligi 2,7 g\/sm3, 490\u00b0 da alangalanadi. Uglerod (1U)sulfidda erimaydi; elektr tokini o&#8217;tkazadi (oq Fosfor va qizil Fosfor elektr tokini o&#8217;tkazmaydi). Qora Fosfor oq Fosforga yuqori bosim ta&#8217;sir ettirish yoki uni 270\u00b0 da uzoq qizdirish natijasida hosil bo&#8217;ladi. Fosfor faol metallmaslar jumlasiga kiradi. Uning oksidlanish darajalari +5, +3, +1,0 va -3 ga teng. Yuqori trada (1000\u00b0 dan yuqorida) Fosfor bug&#8217;lari, asosan, R2 molekulalaridan iborat. Quyi temperaturada Fosfor bug&#8217;lari tetraedr shaklidagi R4 molekulalaridan tuzilgan. Fosforning -3 oksidlanish darajadagi birikmasi RN3 \u2014 juda zaxarli gaz. Fosforning +3 ga muvofiq oksidi R4O6 tarkibli dimer molekulalardan, +5 ga muvofiq oksidi R4O|0 molekulalardan tuzilgan. Fosforning bu oksidlariga muvofiq keladigan kislotalari N,RO3 \u2014 ortofosfit kislota, NRO2 \u2014 metafosfit kislota, N3RO4 \u2014 ortofosfat kislota, nro3 \u2014 meta &#8211; fosfat kislota, N4R2O7 \u2014 pirofosfat kislota. Ortofosfat kislota kuchi o&#8217;rtacha kislotalar jumlasiga kiradi, u 3 asosli. Apatitlar ortofosfat kislotaning kaltsiyli tuzidir. Apatit va fosforitlar Fosfor olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Ularni elektr pechda 1400-1600\u00b0 da koks bilan qaytarib erkin Fosfor hosil qilinadi. Kaltsiy oksidni shlakka o&#8217;tkazish uchun SiO2 qo&#8217;shiladi. Hosil bo&#8217;lgan Fosfor bug&#8217;lari suvda oq Fosfor shaklida kondensatlanadi. Fosfor harbiy maqsadlarda, gugurt sanoatida, metallurgiyada, fosforli bronzalar hosil qilishda qo&#8217;llanadi. Ishlab chiqariladigan Fosforning asosiy qismi termik fosfat kislota va fosforli o&#8217;g&#8217;itlar tayyorlash uchun ketadi. Texnik Fosforning deyarli yarmi sintetik yuvuvchi vositalar tayyorlash uchun sarflanadi. Fosfor (U) oksid R4O|0 qurituvchi vosita sifatida, metilmetakrilat smolalar olishda qo\u2019llanadi. Fosfor sulfidlari flotasion vositalar, antikorrozion qo&#8217;shimchalar, fosfororganik birikmalar sintezida ishlatiladi. Fosfor tirik organizm hujayralari hayotida muhim rol o&#8217;ynaydi. Fosfor mono, Diva trifosfat guruhlar \u2014N2RO3 , N3R2 O7 va N4R3 oyu tarzida fermentlarning faol guruhlari tarkibiga kiradi. Biologik sistemalarda (xujayralar mitoxondriyalarida) adenozintrifosfat kislota (ATF) mavjud bo&#8217;lib, u organizmga energiya zaxirasini berib turadi, chunki ATF gidrolizga uchraganda adenozindifosfat kislota (ADF) va fosfatlar hosil bo&#8217;lib, bu jarayon energiya ajralib chiqishi bilan sodir bo&#8217;ladi. Organizm hujayralarida elektronlar ozuqa moddalardan havo kmslorodiga ko&#8217;chadi. Bu jarayon vaqtida ADF va fosfatlardan ATF hosil bo&#8217;ladi. Suyakda Fosfor gidroksid apatit zsa(RO4)2Sa(on), va karbonat apatit zsa(RO4)2saso3n2o shaklida mavjud. O&#8217;simliklar Fosforni tuprokdan fosfatlar holida o&#8217;zlashtiradi. O&#8217;simlik va hayvon organizmlarida Fosfor turli organik modsalar hosil qiladi. Ad.: Parpiev N.A., Rahimov H.R., Muftaxov A.G., Anorganik kimyo, T., 2003; Kasimova S.S, Biogennie elementi, T., 1990. Stalina Qosimova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>FOSFOR (Yunoncha Phosphoros \u2014 yorug\u2019lik tashuvchi, phos \u2014 yoruglik va phoro \u2014 tashiyman, lotincha Phosphorus), P \u2014 Mendeleev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 15, atom molekulasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/fosfor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[200],"tags":[],"class_list":["post-55636","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-f-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55636","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55636"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55636\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55637,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55636\/revisions\/55637"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55636"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55636"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55636"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}