{"id":55694,"date":"2023-03-25T12:47:13","date_gmt":"2023-03-25T09:47:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55694"},"modified":"2023-03-25T12:47:14","modified_gmt":"2023-03-25T09:47:14","slug":"jabborov-komiljon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jabborov-komiljon\/","title":{"rendered":"JABBOROV KOMILJON"},"content":{"rendered":"\n<p>JABBOROV KOMILJON (1914, Andijon \u2014 1975.4.9, Toshkent) \u2014 sozanda (gijjak, dutor, tanbur), bastakor. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1973). Sozandalikni R. Isaboyev, S. Siddiqovdan, bastakorlikni T. Jalilovdan o&#8217;rgangan. Andijon milliy musiqa to&#8217;garagida qatnashgan (1924-30). Hamza nomidagi Toshkent (1930-31), Andijon (1931\u2014 42) va Yangiyo&#8217;l (1942-47) teatrlarida, O&#8217;zbekiston radiosi o&#8217;zbek xalq cholg&#8217;u asboblari orkestri (1947-75) da sozanda. &#8220;Dugohi Husayniy&#8221;, &#8220;Iroq&#8221;, &#8220;Navo&#8221; va boshqa kuylarni g&#8217;ijjakda, &#8220;nolish&#8221;, &#8220;Nimcho&#8217;poniy&#8221;, &#8220;kurd&#8221; va boshqa asarlarni dutorda, &#8220;Samarqand ushshog&#8217;i&#8221;, &#8220;Gulyor&#8221; va &#8220;Shahnoz&#8221;dek ashula yo&#8217;llarini tanburda katta mahorat bilan ijro etgan. &#8220;Gulsara&#8221; (K. Yashin, 1936), &#8220;Layli va Majnun&#8221; (Xurshid, N. Salaxov bilan birgalikda, 1938) spektakllarini musiqalashtirishda qatnashgan hamda &#8220;G&#8217;ulja ustida nur&#8221; (S. Tilla, A. Ismatulla, 1950, P. Rahimov bilan hamkorlikda), &#8220;Nodira&#8221; (H. Razzoqov, 1962, S. Hayitboeyv bilan), &#8220;mening Jannatim&#8221; (S. Abdulla, 1971, D. Zokirov bilan) musiqali dramalarini yaratgan. 100 dan ortiq \u2014 &#8220;Diyorimsan&#8221;, &#8220;nazzora qil&#8221;, &#8220;mubtalo bo&#8217;ldim senga&#8221;, &#8220;Ey, pari&#8221;, &#8220;Senga&#8221;, &#8220;Toshkent piyolasi&#8221;, &#8220;shifokorlar&#8221;, &#8220;Obod o&#8217;lkam&#8221; kabi ashula, qo&#8217;shiq va qator cholg&#8217;u kuylar muallifi. Bularning so&#8217;nggi uchtasi ko&#8217;p yillar davomida o\u2019zteleradiosining turkum dasturlarining boshlangich sadolari edi. Umrining oxirida &#8220;Cho&#8217;lponoyning allasi&#8221;, &#8220;Chorgoh&#8221;, &#8220;Mash&#8217;al&#8221;, &#8220;Zebunniso&#8221; singari tele- postanovkalarning musiqasini yaratgan. Jabborov ijodiy uslubi tez yodda qoluvchi jozibali ohanglarga boyligi, an&#8217;anaviy peshrav, ashula va qo&#8217;shiq shakllarining erkin uyg&#8217;unlashishiga asoslangan. Ad.: G&#8217;ofurbekova X., Bastakor Komiljon Jabborov [musiqa ijodiyoti masalalari], T., 1997.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>JABBOROV KOMILJON (1914, Andijon \u2014 1975.4.9, Toshkent) \u2014 sozanda (gijjak, dutor, tanbur), bastakor. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1973). Sozandalikni R. Isaboyev, S. Siddiqovdan, bastakorlikni T. Jalilovdan o&#8217;rgangan. Andijon milliy musiqa to&#8217;garagida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/jabborov-komiljon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-55694","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55694","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55694"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55694\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55695,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55694\/revisions\/55695"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55694"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55694"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55694"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}