{"id":55707,"date":"2023-03-25T14:29:12","date_gmt":"2023-03-25T11:29:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55707"},"modified":"2023-03-25T14:29:13","modified_gmt":"2023-03-25T11:29:13","slug":"joxori","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/joxori\/","title":{"rendered":"JO&#8217;XORI"},"content":{"rendered":"\n<p>JO&#8217;XORI (Sorghum Pers.) \u2014 g&#8217;alladoshlar (g&#8217;allagullilar) oilasiga mansub bir va ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar turkumi, don va yem-xashak ekini. Jo\u2019xorining 50 ga yaqin yovvoyi va madaniy turi bor. Donli Jo\u2019xori (S. cernuum; oq jo&#8217;xori, Qo&#8217;qon jo&#8217;xori, gaolyan va boshqalar), shirin Jo\u2019xori (S. saccharatum), durra (S. durra), supurgi Jo\u2019xori (S. technicum), o&#8217;tsimon Jo\u2019xori (Sudan o&#8217;ti \u2014 S. Sudanense, o&#8217;tsimon Jo\u2019xori \u2014 S. almum) kabi bir yillik turlari ko&#8217;proq ekiladi. Vatani \u2014 Markaziy Afrika. Miloddan avvalgi 4-3-ming yillikdan beri ekib kelinadi. Eron, Hindiston, Xitoy, AQShda va Afrika, Okeaniya, Avstraliya, O&#8217;rta Osiyo, Ukraina Janubda ekiladi. Jahon bo&#8217;yicha Jo\u2019xori ekin maydonlari 43,6 million gektardan ortiq, yalpi hosili 68,2 million tonna, hosildorligi 14,4 tsentner\/gektar. O&#8217;zbekistonda ekin maydoni 9 ming gektar (1999). Jo\u2019xorining ildiz tarmog&#8217;i popuk ildiz bo&#8217;lib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlar esa 2,5 metr chuqo&#8217;rlikka kirib boradi. Poyasi somon poya, bo&#8217;yi 0,5\u20147 metrgacha, o&#8217;rtacha 2-3 metr, poyaning ichi g&#8217;ovak parenxima to&#8217;qimalari bilan to&#8217;lgan. Poyasi tuplanadi (1-8). Bargi keng, 10-25 ta bo&#8217;ladi. To&#8217;pguli ro&#8217;vak, uzunligi 15-60 santimetr, yon shoxlari uchlarida 2 ta boshoqcha chiqaradi, bittasida meva hosil bo&#8217;ladi. Jo\u2019xori chetdan changlanadi. Doni qobikli va qobiqsiz, dumaloq, tuxumsimon; rangi oq yoki sariq. 1000 ta doni vazni 20-70 gramm. Donining tinim davri yo&#8217;q, hosil yig&#8217;ilgandan so&#8217;ng ekish mumkin. Jo\u2019xori muhim don ekini, doni oziq- ovqatga ishlatiladi. Donidan yorma, un, spirt, kraxmal tayyorlanadi, unidan non yopiladi, mol va parrandalarga to&#8217;yimli em sifatida beriladi. Ko&#8217;k massasi siloslanadi. Doni to&#8217;yimli, tarkibida 65-75% kraxmal, 10-15% oqsil (lizin), 3,5% gacha yog&#8217; bor. 100 kilogramm Jo\u2019xori doni 119 ozuka birligiga teng. 100 kilogramm ko&#8217;k massasida \u2014 23,5, silosida \u2014 22, pichanida \u2014 49,2 ozuqa birligi bor. Poya shirasida 10-15% qand bo&#8217;lib, shinni ishlab chiqariladi. Supurgibop Jo\u2019xoridan supurgilar va cho&#8217;tkalar tayyorlanadi. Jo\u2019xori takroriy ekin sifatida ham ekiladi. Jo\u2019xori bir yillik o&#8217;simlik. Qurg&#8217;oqchilikka va issiqlikka chidamli. Tuproq va havo qurg&#8217;oqchiligiga bardosh beradi. Maysasi \u2014G da nobud bo&#8217;ladi. 30-40\u00b0 haroratga chidaydi. Yorug&#8217;sevar, qisqa kun o&#8217;simligi. Tuproqqa talabchan emas, ammo g&#8217;ovak tuproklarda yaxshi o&#8217;sadi. Sho&#8217;rga chidamli, o&#8217;suv davrining boshlanishida sekin o&#8217;sadi. Ekilgan urug&#8217;lar 10-15 kunda maysalaydi, 25-30 kundan keyin to\u2019planadi, 40 \u2014 50 kunda nay o&#8217;rash davriga kiradi, ro&#8217;vak chiqarish davri 55-65 kunga boradi, ro&#8217;vak chiqarishdan 5-6 kundan keyin gullash boshlanadi. O&#8217;suv davri 75-100 kun. Jo\u2019xori g&#8217;o&#8217;za, no&#8217;xat, boshqa dukkakli ekinlardan bo&#8217;shagan erlarga ekiladi. Chimqirqar plug bilan 28\u2014 30 santimetr chuqurlikda shudgor qilinadi. Yer qurigan bo&#8217;lsa shudgordan oldin sug&#8217;oriladi. Shudgorlashdan oldin gektariga 10-15 tonna go&#8217;ng, 50-60 kilogramm fosfor, 40-50 kilogramm kaliy solinadi. Bahorda (aprel\u2014may) harorat 13-15\u00b0 bo&#8217;lganda keng qatorlab ekiladi (qator orasi 60, 70 santimetr). Urug&#8217;lik ekish normasi 5-10 kg\/ga, ekish chuqurligi 3-5 santimetr, ko&#8217;chat qalinligi har gektarda 70-100 ming tupga boradi. Qator oralariga 2-3 ishlov beriladi. Sug&#8217;oriladigan maydonlarda 25-30 ts\/ga don, 300-400 ts\/ga ko&#8217;k massa beradi (intensiv texnologiya usullari qo&#8217;llanilganda 100-115 ts\/ga don, 1000-1200 ts\/ga ko&#8217;kpoya). Navlari. O&#8217;zbekistonda Jo\u2019xorining 3 turi (donli Jo\u2019xori, shirin Jo\u2019xori va supurgi Jo\u2019xori guruxlari) ko&#8217;proq Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari, Farg&#8217;ona va Mirzacho&#8217;lning sug&#8217;oriladigan sho&#8217;r yerlarida o&#8217;stiriladi. Sug&#8217;oriladigan maydonlarda kattabosh, Chillaki, O&#8217;zbekiston 5, Sangzor, O&#8217;zbekiston 18, karlik (pastak) va boshqa navlari ekiladi. Jo\u2019xori zararkunandalari: bitlar, simqurtlar, tunlamlar, poya parvona-si, karadrina; kasalliklari : chang qorakuya, poya va ildiz chirishi, bakteriozlar. Halima Otaboyeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>JO&#8217;XORI (Sorghum Pers.) \u2014 g&#8217;alladoshlar (g&#8217;allagullilar) oilasiga mansub bir va ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar turkumi, don va yem-xashak ekini. Jo\u2019xorining 50 ga yaqin yovvoyi va madaniy turi bor. Donli Jo\u2019xori (S. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/joxori\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-55707","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55707","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55707"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55707\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55708,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55707\/revisions\/55708"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55707"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55707"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55707"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}