{"id":55770,"date":"2023-03-27T12:54:35","date_gmt":"2023-03-27T09:54:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55770"},"modified":"2023-03-27T12:54:38","modified_gmt":"2023-03-27T09:54:38","slug":"gambiya-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gambiya-3\/","title":{"rendered":"GAMBIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>GAMBIYA (Gambia), Gambiya Respublikasi (Republic of Gambia) \u2014 G&#8217;arbiy Afrikadagi davlat. G&#8217;arbda Atlantika okeani bilan tutash. Maydoni 11,3 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1,24 million kishi (1997). Poytaxti \u2014 Banjul shahri. Ma&#8217;muriy Jihatdan 6 viloyatga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. Gambiya \u2014respublika. Britaniya Hamdo&#8217;stligi tarkibiga kiradi. Amaldagi Konstitutsiyasi 1996 yil 8 avgustdagi referendumda ma&#8217;qullangan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 prezident. U yalpi yashirin ovoz berish yo&#8217;li bilan saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ \u2014 49 deputatdan iborat milliy Majlis (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Gambiya qit&#8217;a ichkarisiga Gambiya daryosi sohili bo&#8217;ylab 350 kilometr kirib boradi. Xududi tekislikdan iborat. Yer osti boyliklari kam, faqat ilmenit koni topilgan. Iqlimi ekvatorial-musson iqlim; yozi (iyun\u2014oktabr) seryog&#8217;in, qishi (noyab.\u2014 may) quruq. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 27\u00b0, Fevralda 23\u00b0. Mamlakat ichkarisida yillik yog&#8217;in 750\u2014 1000 millimetr, sohillarda 1300-1500 millimetr. O&#8217;simliklari, asosan, akatsiya va Baobablar o&#8217;sadigan tipik savannalardan iborat. Gambiya maydonining 29,2% i o&#8217;rmon, shundan 34 ming gektar yer qo&#8217;riqxonalar bilan band. Maymun, gippopotam, timsoh, parranda va hasharotlar ko&#8217;p. Milliy bog&#8217;i \u2014 River-Gambiya. Aholisi. Asosiy aholisi bantu tillarida gaplashadigan fulbe, volof, Diola, manjak; mande tillari guruhiga mansub malinke, solinke va boshqalar. Rasmiy til \u2014 ingliz tili. Aholining 85% musulmon, qolgani an&#8217;anaviy mahalliy dinlarga e&#8217;tiqod qiladi; xristianlar (4%) ham bor. Shahar aholisi 21,5%. Eng katta shahri \u2014 Banjul. Tarixi. Gambiyaning qadimgi va o&#8217;rta asrlardagi tarixi kam o&#8217;rganilgan. 13-16-asrlarda Gambiya hududi Afrikaning yirik davlati Mali, keyinchalik Songai tarkibida bo&#8217;lgan. Qabila-urug&#8217;chilik bosqichidagi aholi asosan qishloq xo\u2019jalik va hunarmandchilik bilan shug&#8217;ullangan. 15-asr o&#8217;rtalaridan Gambiya hududiga portugallar, keyinchalik inglizlar kirib kela boshladi. 18-asrning 60-yillarida Angliya Gambiyaning bir qismini egalladi va uni mustamlakasiga aylantirdi. 19-asrning 2-yarmida Gambiyaning ko&#8217;p qismi ingliz mustamlakachilari qo&#8217;liga o&#8217;tdi va bu hududda ingliz protektorati o&#8217;rnatildi. Aholi mustamlakachilarga qarshi shiddatli kurash olib bordi. 19-asrning 90-yillarida yirik xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlari bo&#8217;ldi. Fodi Kabba rahbarligidagi qo&#8217;zg&#8217;olon 1901 yilga kelibgina bostirildi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatda ozodlik harakati boshlanib ketdi. 1920 yilda Gambiya vakillari Britaniya G&#8217;arbiy Afrikasi Milliy Kongressini tuzishda ishtirok etdi. Bu Kongress Afrika xalqdarining siyosiy huquqdarini kengaytirish uchun kurash olib bordi. 2-jahon urushidan keyin, 1963 yil 4 oktabrda Gambiyaga ichki o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish huquqi berildi. 1965 yil 18 Fevralda mustaqil deb e&#8217;lon qilindi. 1970 yil 24 apreldan Gambiya\u2014respublika. 1965 yildan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 18 Fevral\u2014 Mustaqillik kuni (1965). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmasi. Vatanparvarlik yo&#8217;nalishi va bunyodkorlik yo&#8217;lidagi ittifoq partiyasi, 1996 yilda tuzilgan; Gambiya xalq partiyasi, 1986 yilda asos solingan; Xalq taraqqiyparvar partiyasi, 1959 yilda tuzilgan; Birlashgan demokratik partiya, 1996 yilda tuzilgan; Milliy Konvent partiyasi, 1975 yilda asos solingan. Gambiya mehnat Kongressi kasaba uyushmasi, 1935 yilda tuzilgan, Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi va Afrika kasaba uyushma birligi tashkiloti a&#8217;zosi. Xo&#8217;jaligi. Gambiya \u2014 agrar mamlakat. Mustamlakachilarning uzoq hukmronligi natijasida yer yong&#8217;oq etishtirishga ixtisoslashgan xo&#8217;jalik vujudga kelgan. Mustaqillikka erishilgandan keyin turli kooperativlar tuzish rag&#8217;batlantirildi, yer yong&#8217;oq tozalash zavodlari davlat ixtiyoriga olindi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo\u2019jaligining ulushi 23%, sanoatning ulushi 14% ni tashkil etdi. Qishloq xo&#8217;jaligi \u2014 xo&#8217;jalikning asosiy tarmog&#8217;i. Mayda dehqon xo&#8217;jaliklari ko&#8217;pchilikni tashkil etadi. Dehqonchilikda ibtidoiy qishloq xo\u2019jalik qurollari ishlatiladi. Haydaladigan yerlar Gambiya hududining 1\/5 ini egallaydi. Qishloq xo\u2019jaligida yer yong&#8217;oq (1 yilda 100 ming tonnadan ortiq), sholi, shuningdek tariq, maniok, makkajo&#8217;xori, oq jo&#8217;xori, dukkaklilar, banan va tsitrus o&#8217;simliklari o&#8217;stiriladi. Moyli palma mevalari teriladi. Sabzavotchilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Qoramol, qo&#8217;y, echki, cho&#8217;chqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Har yili 30 ming tonna baliq tutiladi. O&#8217;rmonlarda tropik daraxtlar yog&#8217;ochi tayyorlanadi. Sanoati qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichkina korxonalardan iborat. Banjul, Kau-ur va Kuntaurda yer yong&#8217;oq tozalash, yer yong&#8217;oqdan moy olish zavodlari, objuvoz, taxta tilish zavodlari, ichki kiyimlar va parfyumeriya buyumlari fabrikalari, kemasozlik ustaxonalari, poyabzal va to&#8217;qimachilik fabrikalari, alkogolli va alkogolsiz ichimlik zavodlari bor. Hunarmandchilik taraqqiy etgan. Yiliga 67 million. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy transport arteriyasi \u2014 Gambiya daryosi, uning quyilish joyidan 350 kilometr masofagacha kema qatnaydi. Temir yo\u2019l yo&#8217;q. Avtomobil yo&#8217;llarining uzunligi 2,4 ming kilometrdan ortiq. Asosiy dengiz va daryo porti \u2014 Banjul. Yundum shahrida xalqaro aeroport bor. Gambiya chetga yer yong&#8217;oq va undan olingan mahsulotlar chiqaradi. Chetdan to&#8217;qimachilik mahsulotlari, mashina va asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik va tamaki keltiriladi. Tashqi savdodagi mijozlari: Frantsiya, Buyuk Britaniya, AQSh va boshqalar. Pul birligi \u2014 dalasi. Maorifi, matbuoti va radioeshittirishi. Gambiyada majburiy ta&#8217;lim joriy etilmagan; 6 yillik boshlang&#8217;ich maktabda o&#8217;qish pulsiz, 6-7 yillik o&#8217;rta maktabda o&#8217;qish pulli. Darslar asosan ingliz tilida olib boriladi. Hunar-texnika va pedagogika o&#8217;quv yurtlari ham bor. Gambiyada oliy o&#8217;quv yurti yo&#8217;q. O&#8217;rta maktabni tugatganlarning bir qismi oliy ma&#8217;lumot olish uchun chet elga yuboriladi. Gambiyada &#8220;Gambian tayme&#8221; (&#8220;Gambiya vaqti&#8221;, haftasiga 2 marta chiqadigan gazeta, 1981 yildan), &#8220;Gambiya Nyus&#8221; (&#8220;Gambiya yangiliklari&#8221;, haftalik hukumat gazeta, 1943 yildan), &#8220;Gambiya onuord&#8221; (&#8220;Gambiya taraqqiyot yo&#8217;lida&#8221;, haftalik gazeta, 1968 yildan), &#8220;Neyshn&#8221; (&#8220;Xalq&#8221;, haftasiga 2 marta chiqadigan gazeta, 1964 yildan), &#8220;Uorker&#8221; (&#8220;ishchi&#8221;, haftasiga 3 marta chiqadigan gazeta) gazetalari, &#8220;Gambiya autluk&#8221; (&#8220;Gambiya istiqboli&#8221;, 1922 yildan oyiga 3 marta chiqadi) byulleteni, &#8220;Gambiya megezin&#8221; (&#8220;Gambiya jurnali&#8221;, har chorakda chiqadi) jurnal nashr etiladi. Gambiya daryosi sohilida Gambiya axborot agentligi mavjud. Gambiya radiosi va teleko&#8217;rsatuvi hukumat xizmati bo&#8217;lib, 1962 yilda tashkil etilgan. Xalq san&#8217;ati. Chipta, bo&#8217;yra, savat to&#8217;qish, ularni rangli qamish naqshlar bilan bezash, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, qayiq va uy-ro&#8217;zg&#8217;or buyumlari yasash keng tarqalgan. Haykaltaroshlik va maska (niqob) ishlash (o&#8217;lgan kishining yuzidan gipsga tushirilgan tasvir) bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Fil suyagi, metalldan zeb-ziynat buyumlari yasaydilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>GAMBIYA (Gambia), Gambiya Respublikasi (Republic of Gambia) \u2014 G&#8217;arbiy Afrikadagi davlat. G&#8217;arbda Atlantika okeani bilan tutash. Maydoni 11,3 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1,24 million kishi (1997). Poytaxti \u2014 Banjul shahri. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gambiya-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-55770","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55770","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55770"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55770\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55771,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55770\/revisions\/55771"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55770"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55770"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55770"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}