{"id":55829,"date":"2023-03-29T13:44:30","date_gmt":"2023-03-29T10:44:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55829"},"modified":"2023-03-29T13:44:31","modified_gmt":"2023-03-29T10:44:31","slug":"gozallik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gozallik\/","title":{"rendered":"GO&#8217;ZALLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>GO&#8217;ZALLIK \u2014 estetika tushunchasi. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning, inson faoliyatining kishida mehr-muhabbat, quvonch, zavq, erkinlik tuyg&#8217;ulari hosil qilishga qodir bo&#8217;lgan xususiyatlarini ifodalaydi. Xunuklikning aksi. Islom ta&#8217;limotida Go&#8217;zallikning o&#8217;zi ham, timsoli ham Alloh jamolidandir. Inson go&#8217;zalligi uning yaxshilik qilishida, sabr-toqatida; bular inson go&#8217;zalligini belgilovchi mezon sifatida qaraladi. Go&#8217;zallik insonning Alloh karomatini tushunib etishi va unga ergashishi, ma&#8217;naviy- axloqiy poklanish sari intilishidir. O&#8217;rta Osiyo mutafakkirlari Go&#8217;zallikni islom aqidalari ruhida idrok etsalarda, Go&#8217;zallikning murakkab ma&#8217;naviy jarayon ekanligini ta&#8217;kidlashga harakat qilganlar. Forobiy ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, Go&#8217;zallik \u2014 insonning jismoniy, ma&#8217;naviy va axloqiy chiroyining ifodasidir. Alisher Navoiy barcha Go&#8217;zallik hayot va insonda, ayni vaqtda, barcha xunuklik va nopoklik ham insonda deb bildi, shuning uchun u inson tarbiyasiga katta ahamiyat berdi. Go&#8217;zallik haqida juda ko&#8217;p nazariyalar, qarashlar, ta&#8217;limotlar mavjud. Ularda Go&#8217;zallikning qaysidir bir tomoni, belgisi, ahamiyati qayd etiladi. Sokrat fikricha, inson uchun foydali va kerakli narsalar go&#8217;zaldir. Platon tasavvuricha, inson Go&#8217;zallikni allaqanday estetik-ruhiy kayfiyat chog&#8217;idagina idrok eta oladi. Uning ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, Go&#8217;zallik narsa va predmetlarga xos bo&#8217;lmay, insonning voqelikka ma&#8217;naviy-estetik munosabati nati- jasida tug&#8217;iladigan g&#8217;oya, tushunchadir. Aristotel, Didro fikriga ko&#8217;ra, narsa va hodisalardagi uyg&#8217;unlik, mutanosiblik Go&#8217;zallikni tashkil etadi. Inson narsa va hodisalarning go&#8217;zal yoki xunukligini belgilashda me&#8217;yor vazifasini o&#8217;taydi. Insoniy me&#8217;yor Go&#8217;zallikning asosidir. Kant Go&#8217;zallik asosiga kishining narsa va hodisalardan beg&#8217;araz zavq olishini qo&#8217;yadi. Ma&#8217;rifatparvarlar Go&#8217;zallik deb, insonning hayotda uyg&#8217;un ijtimoiy aloqalar o&#8217;rnatishga bo&#8217;lgan intilishini tushunganlar. Gegel fikriga ko&#8217;ra, tabiatdagi Go&#8217;zallikdan san&#8217;at go&#8217;zalligi mukammalroq, chunki unda timsol va g&#8217;oya o&#8217;zining mutlaq uyg&#8217;unligini topadi. Chernishevskiy ta&#8217;kidlashicha, hayot \u2014 Go&#8217;zallikdir, inson hayoti, ehtiyoji va maqsadiga mos tushuvchi narsalar go&#8217;zaldir. 19-20-asr jahon estetikasidagi turli falsafiy yo&#8217;nalishlar vakillari ilgari surgan g&#8217;oyaga ko&#8217;ra, Go&#8217;zallik inson ruhiyati, qalbi va ma&#8217;naviyati bilan bog&#8217;liq tushunchadir. Go&#8217;zallik manbai \u2014 shaxs qalbidadir. Go&#8217;zallik \u2014 inson va hodisalarni umuminsoniy va milliy qadriyat sifatida belgilovchi ijtimoiy, ijobiy va ijodiy tushunchadir. Go&#8217;zallikni idrok etish shaxsning jamiyat- da tutgan o&#8217;rni, ongi, didi, dunyoqarashi va boshqa omillarga bog&#8217;liq. O&#8217;zbek tilidagi &#8220;chiroyli&#8221; so&#8217;zi estetik baho sifatida alohida buyum, narsa va shaxsni, ko&#8217;pincha tashqi belgilar va shakllarning mutanosibligi, uyg\u2019unligini nazarda tutsa, Go&#8217;zallik so&#8217;zi inson ongidagi tushunchani, tasavvurni, idealni ifodalaydi. Tarixiy taraqqiyot natijasida xar bir xalq o&#8217;zining Go&#8217;zallik ideali va tushunchasiga ega bo&#8217;ladi. Bu tushunchalardagi mushtarak insoniyma&#8217;naviy jihatlar umumbashariy Go&#8217;zallik haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Go&#8217;zallik tabiat, jamiyat va insonga xos mushtarak xususiyatlarni qamrab olgan holda muayyan sharoit va hodisalar bilan bog&#8217;liq tarixiy, ijtimoiy, milliy va o&#8217;ziga xos jihatlarga ega bo&#8217;ladi. Tabiatdagi Go&#8217;zallik ko&#8217;proq mutanosiblik, uygunlik, rang-baranglik singari zohiriy belgilar, sifatlar me&#8217;yori bilan baholanadi; ijtimoiy hayotdagi Go&#8217;zallik jamiyatning inson uchun yaratgan erkin va demokratik tamoyillari darajasi bilan o&#8217;lchanadi; adabiyot va san&#8217;atdagi Go&#8217;zallik ijodkorning original obrazlar, g&#8217;oyalar kashfiyoti, badiiy mahorati bilan belgilanadi. Barcha narsa va hodisalarning go&#8217;zalligini ifodalovchi asosiy omil \u2014 uning kishiga zavq bag&#8217;ishlashi. San&#8217;at asarlari g.ni yorqin va umumlashtirib aks ettirgani uchun ular xar bir shaxsda zavq uyg&#8217;otadi, Go&#8217;zallik tuyg&#8217;usini tarbiyalaydi. Ad.: Mahmudov T., Go&#8217;zallik va xayot, T., 1977; Umarov E., Estetika, T., 1992; Abdullaev M., Yo&#8217;ldoshev A., Estetika tarixi, Farg&#8217;ona, 1996; Mahmudov T., Mustaqillik va ma&#8217;naviyat, T., 2001. Tilab Mahmudov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>GO&#8217;ZALLIK \u2014 estetika tushunchasi. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning, inson faoliyatining kishida mehr-muhabbat, quvonch, zavq, erkinlik tuyg&#8217;ulari hosil qilishga qodir bo&#8217;lgan xususiyatlarini ifodalaydi. Xunuklikning aksi. Islom ta&#8217;limotida Go&#8217;zallikning o&#8217;zi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gozallik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[210],"tags":[],"class_list":["post-55829","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55829","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55829"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55829\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55832,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55829\/revisions\/55832"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55829"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55829"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55829"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}