{"id":55899,"date":"2023-03-30T14:28:20","date_gmt":"2023-03-30T11:28:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55899"},"modified":"2023-03-30T14:28:21","modified_gmt":"2023-03-30T11:28:21","slug":"uchqorgon-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uchqorgon-tumani\/","title":{"rendered":"UCHQO&#8217;RG&#8217;ON TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>UCHQO&#8217;RG&#8217;ON TUMANI &#8211; Namangan viloyatidagi tuman. 1935 yil 28 iyulda tashkil etilgan. 1962-73 yillarda, 1988 yil sentabrdan 1989 yilgacha Norin tumani bilan qo&#8217;shilgan. 1940 yilgacha Farg&#8217;ona viloyati, 1941 yil 6 martdan Namangan viloyati, 1960 yildan 1967 yilgacha Andijon viloyati. 1968 yildan esa yana Namangan viloyati tarkibida. Uchqo&#8217;rg&#8217;on tumani viloyatning Sharqiy qismida joylashgan. Shimolva sharqdan Qirg&#8217;iziston Respublikasi, Janubdan VI- loyatning Norin tumani, g&#8217;arbdan Uychi tumani, Janubi sharqdan esa Andijon viloyatining Izboskan tumani bilan chegaradosh. Tumanda 1 shahar (Uchqo&#8217;rg&#8217;on), 8 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Baxt, Yangiobod, Yangiyer, yashiq, Qayqi, Qo&#8217;g&#8217;ay, Qo&#8217;g&#8217;ayo&#8217;lmas, Hamza) bor. Maydoni 0,29 ming km2. Aholisi 136,5 ming kishi (2004). Markazi \u2014 Uchqo&#8217;rg&#8217;on shahri. Tabiati. Tuman viloyatning shim. sharqidagi tekislikda joylashgan (balandligi 500 metr). Shimoliy g&#8217;arbidan Norin daryosi oqib o&#8217;tadi. Katta Farg&#8217;ona, Katta Andijon, Haqqulobod, Damariq, ingichka, chap sohil, Birlashgan kanallaridan ekinlarni sug&#8217;orishda foydalaniladi. Iklimi keskin kontinental. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 24-27\u00b0, eng baland temperatura 42\u00b0, yanvarda -22\u00b0, -24\u00b0 gacha sovuq bo&#8217;ladi. Yiliga 250 millimetr yog&#8217;in yog&#8217;adi. Tuprog&#8217;i, asosan, bo&#8217;z tuproq. Yovvoyi o&#8217;simliklardan tol, jiyda, shumtol, terak, shuvoq, yantoq, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, qiyoq, chitir, qo&#8217;ytikan o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabo&#8217;ri, kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni uchraydi. Qushlardan qaldirg&#8217;och, laylak, musicha, boyo&#8217;g&#8217;li, chumchuq, mayna, bulbul, qorayaloq, zag&#8217;izg&#8217;on, o&#8217;rdak, qizilishton, sassiqpopishak, bedana va boshqalar; sudraluvchilardan turli xil ilonlar, kaltakesaklar va echkemar bor. Suvlarida laqqa, sazan, ondatra mavjud. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qirg&#8217;iz, tatar, tojik, rus, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 471 kishi (2004). Shahar aholisi 33,3 ming kishi, qishloq aholisi 103,2 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Uchqo&#8217;rg&#8217;on tumani viloyatning iqtisodiy jihatdan rivojlangan tumanlaridan biridir. Tuman qududida qadimdan hunarmandchilik, kulolchilik, ip yigirish, to&#8217;qimachilik va boshqa sohalar ham mavjud bo&#8217;lgan. 20-asrning 10-yillaridan boshlab Uchqo&#8217;rg&#8217;on, Yakubinskiy, Beruzlik va Boydeda paxta tozalash zavodlari qurildi. 1914 yil Norin daryosi ustiga ko&#8217;prik qurilib, temir yo\u2019l Uchqo&#8217;rg&#8217;on shahrigacha uzaytirildi. Uchqo&#8217;rgon shahar yaqinida neft va toshko&#8217;mir konlari ishga tushirildi. Uchqo&#8217;rg&#8217;on va Ko&#8217;g&#8217;ay paxta tozalash zavodlari, &#8220;Uchqo&#8217;rg&#8217;on yog'&#8221;, Qo&#8217;g&#8217;ay ta&#8217;mirlash, &#8220;Uchqo&#8217;rg&#8217;on don mahsulotlari&#8221;. &#8220;Uchqo&#8217;rg&#8217;onnon&#8221;, pivo va salqin ichimliklar, &#8220;Uchqo&#8217;rg&#8217;onTekstil&#8221;, g&#8217;isht, asfalt zavodlari, bir necha yirik qurilish tashkilotlari, avtokorxona, qo&#8217;shma va kichik xususiy korxonalar ishlab turibdi. Qishloq xo\u2019jaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Sabzavotchilik, bog&#8217;dorchilik va chorvachilik ham rivojlangan. Tumanda 13 shirkat, 390 dan ziyod fermer va 26,7 ming dehqon xo&#8217;jaliklari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Umumiy ekin maydoni 21,9 ming gektar, shundan 11,7 ming gektar yerga paxta, 7,3 ming gektar yerga g&#8217;alla, 1,1 ming gektar yerga sabzavot, 382 gektar yerga kartoshka, 159 gektar yerga poliz va 670 gektar yerga beda ekiladi. Tumandagi jamoa va xususiy xo&#8217;jaliklarda 33,6 ming qoramol (shu jumladan, 12,3 ming sigir) boqiladi. Shuningdek, qo&#8217;y, parranda ham bor. Pillachilik rivojlangan. Uchqo&#8217;rg&#8217;on tumani Qo&#8217;qon\u2014Andijon\u2014Toshko&#8217;mir temir yo\u2019l yoqasida joylashgan. Uchqo&#8217;rg&#8217;on temir yo\u2019l stantsiyasi orqali Andijon\u2014Namangan\u2014 Toshkent, Qo&#8217;qon\u2014Andijon yo\u2019nalishlarida poyezdlar qatnaydi. Tumanda 219 kilometr uzunlikda umumiy foydalanish yo&#8217;llari, 192,1 kilometr ichki xo&#8217;jalik yo&#8217;llari bor. 2003\/2004 o&#8217;quv yilida tumanda 43 umumiy ta&#8217;lim maktabi, o&#8217;qish jarayoni chuqurlashtirilgan gimnaziya va lisey maktablarida 31,5 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. 5 kasbhunar kolleji (3,4 ming o&#8217;quvchi), sport internat-litseyi (343 o&#8217;quvchi), maxsus karsoqovlar internati (252 o&#8217;quvchi) faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tumanda madaniyat saroyi, 11 madaniyat uyi, musiqa maktabi, 41 kutubxona (505,2 nusxa asar), 20 badiiy havaskorlik ansambli bor. Uchqo&#8217;rg&#8217;on tumanida sport-sog&#8217;lomlashtirish markazi, &#8220;paxtakor&#8221; stadioni, 48 sport zali, 26 futbol maydoni, 200 voleybol, 47 basketbol, 33 minifutbol maydonlari mavjud. &#8220;Zaynobiddin&#8221; karate klubi, &#8220;Xumo&#8221; chim ustida xokkey, &#8220;Turon&#8221; milliy kurash sektsiyalari ishlab turibdi. Markaziy kasalxona (260 o&#8217;rin), 2 poliklinika, Qo&#8217;g&#8217;ay hududiy kasalxonasi (155 o&#8217;rin), Qayqi qishloq uchastka kasalxonasi (65 o&#8217;rin), Qo&#8217;g&#8217;ayo&#8217;lmas qishlog&#8217;ida hududii yuqumli kasalliklar kasalxonasi (60 o&#8217;rin), Hamza qishlog&#8217;ida sil kasalligiga qarshi kurashish dispanseri (40 o&#8217;rin), Yangiyer qishlog&#8217;idagi teritanosil kasalliklari kasalxonasi (30 o&#8217;rin), 10 qishloq vrachlik punkta, qishloq vrachlik ambulatoriyasi, Uchqo&#8217;rg&#8217;on don mahsulotlari korxonasiga qarashli shahar vrachlik punkta, 23 feldsherakusherlik punkti, 10 stomatologiya bo&#8217;limi, 3 vrachlik sog&#8217;lomlashtirish punkti, Uchqo&#8217;rg&#8217;on shahri va Qo&#8217;g&#8217;ay qishlog&#8217;idagi 2 tez tibbiy yordam ko&#8217;rsatish bo&#8217;limlari hamda ularning 5 shoxobchasida 374 vrach, 1870 o&#8217;rta tibbiy xodim xizmat qiladi. &#8220;Nihol&#8221; ona va bola sanatoriysi ishlab turibdi. 1997 yildan &#8220;yorqin hayot&#8221; tuman gazeta (adadi 5 ming), shuningdek, 1999 yildan &#8220;Uchqo&#8217;rg&#8217;on g&#8217;unchalari&#8221; gazeta nashr etiladi (adadi 3300).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>UCHQO&#8217;RG&#8217;ON TUMANI &#8211; Namangan viloyatidagi tuman. 1935 yil 28 iyulda tashkil etilgan. 1962-73 yillarda, 1988 yil sentabrdan 1989 yilgacha Norin tumani bilan qo&#8217;shilgan. 1940 yilgacha Farg&#8217;ona viloyati, 1941 yil 6 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uchqorgon-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-55899","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55899","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55899"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55899\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55901,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55899\/revisions\/55901"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55899"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55899"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55899"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}