{"id":55904,"date":"2023-03-30T14:29:40","date_gmt":"2023-03-30T11:29:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55904"},"modified":"2023-03-30T14:29:41","modified_gmt":"2023-03-30T11:29:41","slug":"uchkoprik-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uchkoprik-tumani\/","title":{"rendered":"UCHKO&#8217;PRIK TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>UCHKO&#8217;PRIK TUMANI &#8211; Farg&#8217;oia viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Bag&#8217;dod tumani bilan qo&#8217;shib yuborildi. 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzildi. Sharqsan Bag&#8217;dod, Buvayda, shimoli va g&#8217;arbdan Dang&#8217;ara, Qo&#8217;qon shahri, G&#8217;arb va Janubi g&#8217;arbdan O&#8217;zbekiston Janubi sharqdan Rishton tumanlari bilan chegaradosh. 0,28 ming km2. Aholisi 164 ming kishi (2004). Tumanda 9 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Kenagas, Mehnatobod, Navro&#8217;z, Poloxon, Sariqo&#8217;rg&#8217;on, Uchqo&#8217;rg&#8217;on, Chorbog&#8217;, Yangiqishloq, G&#8217;ozig&#8217;ijdon) bor. Markazi \u2014 Uchko&#8217;prik qishlog&#8217;i. Tabiati. Relefi, asosan, tekislik. Janub qismi Turkiston tizmasining shimol etaklaridagi adirlar, Markaziy qismi qadimdan dehqonchilik qilib kelinayotgan tekisliklardan iborat. Shimol va shimoli Sharqiy qismi Markaziy Farg&#8217;onaga tutashgan. Adirlar tuman hududida bir necha km masofaga cho&#8217;zilib boradi. Ular So&#8217;x daryosi yoyilmasining qad. konglomeratlaridan iborat. Iqlimi kontinental. Qurama, Chatqol va Farg&#8217;ona tizma tog&#8217;lari shim.dan keladigan sovuq shamollarni to&#8217;sib turadi. Shu sababli bu yerda qish iliq. O&#8217;rtacha yillik temperatura 13,5\u00b0. Iyulda 27\u2014 28\u00b0, eng yuqori temperatura 42\u00b0, yanvarda -2,2, eng past temperatura -23\u00b0. Vegetatsiya davri 235 \u2014 240 kun. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in 100\u2014N5 mm. Ekin maydonlari Sux daryosidan suv oladigan \u2014 Kartan kanali va katta Farg&#8217;ona kanalidan sug&#8217;oriladi. Umumiy uzunligi 104 kilometr bo&#8217;lgan 7 katta ariq \u2014 Kartan, Xon, Sobirjon, kalamush, G&#8217;ijdon, Oqqo&#8217;rg&#8217;on, Qo&#8217;qon ariqlari mavjud. 624 kilometr uzunlikdagi 105 kollektor bor. Achchiqko&#8217;l va shimol Bag&#8217;dod kollektorlari yer osti sizot suvlarini Sirdaryoga quyadi. Sizot va bulok, suvlaridan to&#8217;yinadigan Yangiqadam arig&#8217;i qo&#8217;shimcha suv beradi. So&#8217;x gidrouzeli \u2014 muhim gidrotexnika inshooti ishlab turibdi. Bundan tashqari, tumandagi aholi punkt- lari va chorvachilik fermalari 130 ga yaqin artezian quduqlaridan suv oladi. Adir va adir etaklariga yondashgan erlarda sug&#8217;oriladigan bo&#8217;z, och bo&#8217;z, Markaziy qismida sug&#8217;oriladigan o&#8217;tloqi, o&#8217;tloqi botqoq tuproqlar, shim. va shimoli Sharqiy qismida sho&#8217;rxok va qumoq tuproqlar tarqalgan. Adir va adir etagi tekisliklarida efemer va efemeroid o&#8217;simliklar, yulg&#8217;un, oqbosh, taroqbosh, bug&#8217;doyiq, qamish, qo&#8217;g&#8217;a, sho&#8217;ra, ajriq, kakra, qumli maydo nlar va qum tepalarida Qandim, cherkez, qum qiyog&#8217;i, yantoq kabi o&#8217;simliklar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bo&#8217;ri, quyon, qizilquyruq, qumsichqon, jayra, qo&#8217;shoyoq, kalamush, o&#8217;qilon, chipor ilon, kaltakesaklar; qarg&#8217;a, chumchuq, chug&#8217;urchiq, so&#8217;fito&#8217;rag&#8217;ay, qashqaldoq, bedana va b. bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qirg&#8217;iz, qoraqalpoq, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2ga 586 kishi. Xo&#8217;jaligi. Paxtachilik \u2014 tuman xo&#8217;jaligining yetakchi tarmog&#8217;i. Tumanda 380 ta shirkat, fermer xo&#8217;jaliklari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman sanoat korxonalari qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, asfaltbeton, meva va sabzavot konservalash, g&#8217;isht zavodlari, avtokorxona, MTP, 4 qo&#8217;shma, 350 kichik xususiy korxonalar, 4 yirik sanoat, shuningdek, qurilish korxonalari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qishloq xo\u2019jaligida foydalaniladigan yerlarga paxta, beda, sholi, don, sabzavot va poliz, emxashak ekinlari ekiladi. Bog&#8217;dorchilik va tokchilik rivojlangan. Subtropik mevalar (masalan, anjir) ham etishtiriladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida qoramol, qo&#8217;y va echki, parranda boqiladi. Tuman hududidan Andijon\u2014 Moskva, Bishkek\u2014Jalolobod poyezdlari o&#8217;tadi. 53 ta umumiy ta&#8217;lim maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, bolalar va o&#8217;smirlar sport maktabi, musiqa maktablari, Markaziy kutubxona va uning tarmoqlari ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, tug&#8217;ruqxona, 40 dan ortiq qishloq vrachlik punkt, 2 tez tibbiy yordam ko&#8217;rsatish stansiyasi mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>UCHKO&#8217;PRIK TUMANI &#8211; Farg&#8217;oia viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Bag&#8217;dod tumani bilan qo&#8217;shib yuborildi. 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzildi. Sharqsan Bag&#8217;dod, Buvayda, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uchkoprik-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-55904","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55904","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55904"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55904\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55906,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55904\/revisions\/55906"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55904"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55904"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55904"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}