{"id":55912,"date":"2023-03-30T14:36:20","date_gmt":"2023-03-30T11:36:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55912"},"modified":"2023-03-30T14:36:21","modified_gmt":"2023-03-30T11:36:21","slug":"ustrushona","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ustrushona\/","title":{"rendered":"USTRUSHONA"},"content":{"rendered":"\n<p>USTRUSHONA (tojikcha Istaravshan), \u2014 Tojikiston Respublikasi Sug&#8217;d viloyati O&#8217;ratepa tumanidagi shahar (2002 yilgacha O&#8217;ratepa shahri), tuman markazi. Turkiston tizmasining shimoliy etagida, 1000 metr balandlikda joylashgan. Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi \u2014 Xovos (45 kilometr). Iyul oyining o&#8217;rtacha temperaturasi 25\u00b0, yanvarniki -2\u00b0. Yillik yog&#8217;in 368 mm. Ustrushonadan viloyat markazi Xo&#8217;jand shahrigacha 73 kilometr. Shahar markazidan Dushanba\u2014Xo&#8217;jand avtomagistrali (Shaxriston va Aizob dovonlari orqali) o&#8217;tadi. Aholisi 50,4 ming kishi (2001), asosan, tojiklar, shuningdek, o&#8217;zbek, rus, tatar, ukrain, qirg&#8217;iz, turkman, nemis, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. U. Tojikistonning qadimgi shaharlaridan biridir. Arxeologik ma&#8217;lumotlardan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, shaharning bunyod etilishi miloddan avvalgi 6-asrga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Ustrushona ilk o&#8217;rta asrlarda (5-9 asrlar) O&#8217;rta Osiyodagi Ustrushona tarixiy-geofafik viloyati tarkibiga kirgan. Ushbu viloyat Sirdaryoning so&#8217;l qirg&#8217;og&#8217;i bilan Sangzordaryo oralig&#8217;idagi hududni o&#8217;z ichiga olgan (hozirgi Tojikistonning shimoliy g&#8217;arbiy qismi va O&#8217;zbekistonning Jizzax, Sirdaryo viloyatlari). Ustrushonaning siyosiy tarixi tarixiy manbalarda kam yoritilgan. Miloddan avvalgi 6-asrning 30-yillarida qadimgi Ustrushona hududi Kir II tomonidan bosib olingan. Kir II o&#8217;z davlatining shimoliy Sharqiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida Sirdaryoning so&#8217;l qirg&#8217;og&#8217;i bo&#8217;ylab 7 ta chegara qal&#8217;asi qurdirgan. Keyinchalik, miloddan avvalgi 4-asrda Aleksandr bu qal&#8217;alarni qiyinchilik bilan zabt etgan, ayniqsa, Kiropol qattiq qarshilik ko&#8217;rsatgan. Milodiy 5-asr oxiri \u2014 7-asrda Ustrushona hududi eftaliylar va G&#8217;arbiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. Bu davrda u.ni mahalliy shohlar \u2014 Afshinlar idora qilgan. Arablar istilosi davrida Ustrushona mustaqilligini uzoq vaqt saqlab qolgan va faqat 822 yilga kelib uzil-kesil xalifalikka qo&#8217;shib olingan. 893 yilgacha Ustrushonani xalifalik vassallari bo&#8217;lgan afshinlar boshqarishni davom ettirganlar. 893 yildan Somoniylarga tobe bo&#8217;lgan. Ustrushona O&#8217;ratepa nomi bilan dastlab Boburning &#8220;Boburnoma&#8221; asarida (16-asr) tilga olingan. 18-asrda mustaqil hudud sifatida ma&#8217;lum edi. Keyinchalik, Buxoro amirligi va Qo&#8217;qon xonligi tasarrufida bo&#8217;lgan. 1886 yil shaharni podsho Rossiyasi qo&#8217;shinlari egallagan. Shahar qadimdan Buyuk ipak yo&#8217;lining chorrahasida joylashganligi bois hunarmandchilik va savdo markazi sifatida Shuhrat qozongan. Keyingi yillarda Ustrushonada jahon bozori tashkil etilgan. Ustrushonada sanoat korxonalari, meva va sabzavot konservalash, non, sut, g&#8217;isht zavodlari, trikotaj fabrikasi mavjud. Shuningdek, shaharda savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Umumiy ta&#8217;lim, musiqa maktablari, pedagogika va hunar-texnika bilim yurtlari, kutubxona, klub, xalq teatri, tarixiy o&#8217;lkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Mehmonxonalar, kasalxona, tug&#8217;ruqxona va poliklinikalar aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Ustrushona yog&#8217;och, metallga o&#8217;yib gul solish, sopolga gul solish va kashtachilikning qadimgi markazi. Shaharda me&#8217;moriy yodgorliklardan: Ko&#8217;kgumbaz (Abdullatif Sulton) masjidi va madrasasi (16-17-asrlar), Bobotag&#8217;o (15-asr oxiri), Abduqodir Jeloniy (Geloniy) (15-asr oxiri), sari mozor (16- asr), hamda Chorgumbaz (18-asr) maqbaralari va boshqalar; 19-20-asrlarda qurilgan sinchli naqshinkor binolar saqlangan. Ad.:Muxtorov A., Ocherk istorii uratyubinskogo vladeniya v 19v., Dushanbe, 1964;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>USTRUSHONA (tojikcha Istaravshan), \u2014 Tojikiston Respublikasi Sug&#8217;d viloyati O&#8217;ratepa tumanidagi shahar (2002 yilgacha O&#8217;ratepa shahri), tuman markazi. Turkiston tizmasining shimoliy etagida, 1000 metr balandlikda joylashgan. Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ustrushona\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-55912","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55912","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55912"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55912\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55913,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55912\/revisions\/55913"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55912"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55912"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55912"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}