{"id":55920,"date":"2023-03-30T14:38:55","date_gmt":"2023-03-30T11:38:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=55920"},"modified":"2023-03-30T14:38:56","modified_gmt":"2023-03-30T11:38:56","slug":"uslub","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uslub\/","title":{"rendered":"USLUB"},"content":{"rendered":"\n<p>USLUB \u2014 tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bog&#8217;liq vazifalariga ko&#8217;ra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-birlaridan ma&#8217;lum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilma-xil ko&#8217;rinishlarining paydo bo&#8217;lishiga olib keladi. Nutq Uslubi tilning vazifasi bilan bevosita bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funktsional) Uslub deb yuritiladi. Vazifaviy Uslub deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, o&#8217;ziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan o&#8217;zaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi. Vazifaviy Uslub nutq ko&#8217;rinishlarining asosiy vazifalariga, ya&#8217;ni aloqa, xabar berish, ta&#8217;sir etish vositasi bo&#8217;lishiga ko&#8217;ra turli qismlarga bo&#8217;linadi. Adabiy tilning quyidagi vazifaviy Uslublari mavjud: 1) so&#8217;zlashuv Uslub; 2) rasmiy Uslub; 3) ilmiy Uslub; 4) publitsistik Uslub; 5) badiiy Uslub\/ Vazifaviy Uslubni nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. So&#8217;zlashuv Uslubi \u2014 kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o&#8217;ziga xos amal qilishidir. Vazifaviy Uslubning bu turi o&#8217;ziga xos ish ko&#8217;rsatish sharoiti, ya&#8217;ni fikr olishuvning bevositaligi, til vositalarini saylab ishlatilmasligi bn, shuningdek, ohang vositalari, mimika, imo-ishora kabilardan keng foydalanish, oddiy leksik va frazeologik birliklarning, ekspressivemosional vositalarning keng ishlatilishi bilan ajralib turadi. Masalan, farzand \u2014 jujuq, dunyodan o&#8217;tmoq \u2014 jon bermoq, imtihondan o&#8217;ta olmaslik \u2014 imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan so&#8217;zlashuv Uslubiga xos. So&#8217;zlashuv Uslubi fonetik, leksik, morfologik va sintaktik o&#8217;ziga xosliklarga ega. Rasmiy Uslub (rasmiy ish qog&#8217;ozlari Uslubi) \u2014 hozirgi o&#8217;zbek adabiy tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir ko&#8217;rinishidir. Qonunlar matnlari, Farmonlar, buyruq va ko&#8217;rsatmalar, shartnomalar, har xil rasmiy hujjatlar, tashkilotlar o&#8217;rtasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Bu Uslub boshqa u.dan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy Uslubda so&#8217;z va so&#8217;z shakllarini qo&#8217;llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish Uslubida kichraytirish-erkalash qo&#8217;shimchalarini olgan so&#8217;zlar, ko&#8217;tarinki-tantanavor yoki shevaga oid so&#8217;zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so&#8217;zlar, o&#8217;xshatish, mubolag&#8217;a kabi obrazli tafakkur ifo uchun xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qog&#8217;ozlari matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmuniy to&#8217;liklikdan iborat zaruriy sifatlari undagi o&#8217;ziga xos so&#8217;z qo&#8217;llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta&#8217;min etiladi. Bu Uslubdagi ran qurilishi, odatda, tasniflovchi, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga asoslanadi. Shuning uchun ham rasmiy ish qog&#8217;ozlari (hujjatlar) da nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo&#8217;lakli gaplar ko&#8217;p qo&#8217;llanadi. Pekin ran tarkibida odatdagi so&#8217;z tartibiga qat&#8217;iy rioya qilinadi. Rasmiy Uslubda so\u2019roq va undov gaplar deyarli qo&#8217;llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Matn birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Rasmiy ish qog&#8217;ozlari matnini tuzishda turg&#8217;unlashgan, qoliplashgan so&#8217;z birikmalaridan keng foydalaniladi. Masalan, buyruqda &#8220;&#8230; so&#8217;m maosh bilan &#8230; lavozimiga tayinlansin&#8221;, yoki xizmat yozishmalarida &#8220;Sizga &#8230;ni ma&#8217;lum qilamiz&#8221;. &#8220;&#8230;ga korxona kafolat beradi&#8221; kabi qoliplashgan tuzilmalar qo&#8217;llanishi mumkin. Ilmiy Uslub \u2014 fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan vazifaviy Uslubdir. Bu Uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta&#8217;riflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy Uslubning bu turi terminologik va mavhum leksikaning, murakkab sintaktik tuzilmalarning qo&#8217;llanishi, so&#8217;zlarning asosan aniq, to&#8217;g&#8217;ri ma&#8217;noda ishlatilishi, Maxsus iboralarga egaligi va shu kabilar bilan ajralib turadi. Ilmiy Uslubda yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy Uslub o&#8217;z ichida quyidagi mayda Uslubga bo&#8217;linadi: ilmiy ish Uslub, ilmiy-texnik Uslub, ilmiy-ommabop Uslub, ilmiypublisistik Uslub. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi terminlarga boyligi ilmiy u.ning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Publitsistik Uslub vazifaviy u.ning bir turi bo&#8217;lib, u ijtimoiy-siyosiy so&#8217;z va iboralarning qo&#8217;llanishi, janrlarning xilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va shu kabi belgilar bilan xarakterlanadi. Publitsistik Uslub ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, Majlislardagi nutqlar va shu kabilarda o&#8217;z ifodasini topadi. Ijtimoiy-siyosiy bilimlarni targ&#8217;ib qiluvchi va keng xalq ommasiga etkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga ko&#8217;proq ta&#8217;sir etadi. Publitsistik u.ning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy o&#8217;rinni egallaydi, ya&#8217;ni qisqa, lo&#8217;nda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publisistik Uslubda til vositalaridan foydalanishda muallifning individual Uslubi deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherk, feleton, badiiy publitsistik makrlada tez ko&#8217;zga tashlanadi. Badiiy Uslubda ham bu holat mavjud; rasmiy u.da esa bunday xususiyat yo&#8217;q. Publisistik Uslub ba&#8217;zi qo&#8217;llanma va ilmiy adabiyotlarda &#8220;ommabop Uslub&#8221;, &#8220;matbuot Uslubi&#8221; kabi terminlar bilan ham ataladi. Badiiy Uslub \u2014 tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa Uslubga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning ko&#8217;p ishlatilishi, so&#8217;zlarning obrazli, ko&#8217;chma-metaforik qo&#8217;llanishi va shu kabi belgilari bilan ajralib turadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo&#8217;lgan barcha lug&#8217;aviy birliklarning ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga \u2014 estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq Uslubining o&#8217;ziga xos xususiyati deb qarash kerak bo&#8217;ladi. Chunki ana shunday imkoniyat boshqa vazifaviy u.da chegaralangandir. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dag&#8217;al so&#8217;zlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo&#8217;lmagani holda ularni badiiy Uslubda o&#8217;rni bilan qo&#8217;llash mumkin. Vazifaviy Uslubning hech birida til o&#8217;zining tuzilish jihatlari, lug&#8217;at tarkibi, ya&#8217;ni so&#8217;zning ma&#8217;no boyligi va rang-barangligini, to&#8217;g&#8217;ri va ko&#8217;chma ma&#8217;nolarni badiiy nutq Uslubidagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, ya&#8217;ni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida so&#8217;z ishlatish va so&#8217;z tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib bo&#8217;lmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, so&#8217;z tanlash yo&#8217;sini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga bog\u2019liq bo&#8217;ladi. Masalan, bayon shaklida yozilgan roman, hikoyaning til vositalari bilan satirik yoki yumoristik asarning til vositalari bir xil emas. Bulardan tashqari, sinonim so&#8217;zlarning u yoki bunisidan foydalanish ham badiiy asar janriga bog&#8217;liq. Masalan, Bashar, Samo, Oraz, mujda so&#8217;zlari, asosan, nazmda qo&#8217;llanadi. Nasrda yoki so&#8217;zlashuv nutqida esa bularning sinonimlari \u2014 odam, osmon, yuz, shamol, xushxabar so&#8217;zlari keng qo&#8217;llanadi. Badiiy nutq Uslubida yozilgan asarlarni tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib bo&#8217;lmaydi. Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalari \u2014 inversiya, takror, o&#8217;xshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradasiya, ellipsis, ritorik so&#8217;roqlarning badiiy Uslubda faol qo&#8217;llanishi bu u.ning o&#8217;ziga xos tarkibi mavjudligini ko&#8217;rsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ad.: O&#8217;zbek tili stilistikaei, T., 1983; Qo&#8217;ng&#8217;urov R., Begmatov E., Tojiev Yo., Nutqmadaniyati vauslubiyatasoslari. T., 1992.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>USLUB \u2014 tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bog&#8217;liq vazifalariga ko&#8217;ra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-birlaridan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/uslub\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38910,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[213],"tags":[],"class_list":["post-55920","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-u-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55920","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=55920"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55920\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":55921,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/55920\/revisions\/55921"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/38910"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=55920"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=55920"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=55920"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}