{"id":5659,"date":"2021-10-24T18:02:07","date_gmt":"2021-10-24T15:02:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5659"},"modified":"2021-10-24T18:02:09","modified_gmt":"2021-10-24T15:02:09","slug":"adrianopol-sulh-shartnomasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adrianopol-sulh-shartnomasi\/","title":{"rendered":"ADRIANOPOL SULH SHARTNOMASI"},"content":{"rendered":"\n<p>ADRIANOPOL SULH SHARTNOMASI \u2014 1828-29 yillardagi Rossiya-Turkiya urushini yakunlagan sulh shartnomasi. Adrianopol (hozirgi Edirne) shahrida imzolangan. 1827 yil 6 iyulda Rossiya, Angliya va Frantsiya davlatlari o&#8217;zaro til biriktirib, Turkiyadan Gresiyaga muxtoriyat berish masalasini qo&#8217;ydilar. Biroq Turkiya hukumati bu talabni rad etdi. Buning ustiga Dunay knyazliklarida Rossiyaning ustunligini tiklagan Akkerman konventsiyasi (1826) dan norozi bo&#8217;lgan Turkiya Rossiyani Usmonlilar imperiyasining ashaddiy dushmani deb e&#8217;lon qildi va barcha musulmonlarni ruslarga qarshi g&#8217;azovotga chaqirdi. Rossiya 1828 yil 14 aprelda Turkiyaga qarshi yurish boshladi. Rus qo&#8217;shinlari tez orada Konstantinopolga yaqinlashib qoldi. Bundan cho&#8217;chigan G&#8217;arb davlatlari Turkiyaga darhol sulh tuzishni va Rossiya shartlariga ko&#8217;nishni taklif qildi. Turkiya 1829 yil 2 (14) sentabrda Adrianopol sulh shartnomasini imzoladi. Adrianopol sulh shartnomasi natijasida qora dengizning Bosfor va Dardanel bo&#8217;g&#8217;ozlaridan rus va xorijiy davlatlarning savdo kemalari erkin o&#8217;tish huquqini oldi. Kavkaz yerlarining Rossiyaga uzil-kesil o&#8217;tganligi Adrianopol sulh shartnomasida qayd etildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ADRIANOPOL SULH SHARTNOMASI \u2014 1828-29 yillardagi Rossiya-Turkiya urushini yakunlagan sulh shartnomasi. Adrianopol (hozirgi Edirne) shahrida imzolangan. 1827 yil 6 iyulda Rossiya, Angliya va Frantsiya davlatlari o&#8217;zaro til biriktirib, Turkiyadan Gresiyaga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/adrianopol-sulh-shartnomasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5659","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5659","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5659"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5659\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5660,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5659\/revisions\/5660"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5659"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5659"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5659"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}