{"id":5821,"date":"2021-10-26T10:54:45","date_gmt":"2021-10-26T07:54:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5821"},"modified":"2021-10-26T11:38:51","modified_gmt":"2021-10-26T08:38:51","slug":"azimov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/azimov\/","title":{"rendered":"AZIMOV"},"content":{"rendered":"\n<p>AZIMOV Abduvahob (1897.7.9\u2014 Andijon \u2014 1964.1.2) \u2014 aktyor va rejissyor. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1939). Hamza bilan birga Andijon teatrini tashkil qilishda qatnashgan. Truppaning tashkiliy davrida Hamzaning &#8220;Boy ila xizmatchi&#8221;, &#8220;Farg&#8217;ona fojiasi&#8221; spektakllarida rejissyorlik va aktyorlik qilgan. Andijon teatrida aktyor, rejissyor (1919-34, 1939, 1946-58), Hamza teatrida aktyor (1934-35), Olmaota uyg&#8217;ur musiqali drama teatrida (1936-38), Andijon musiqali drama teatrida (1942-46) badiiy rahbar. Azimov yaratgan Solihboy (Hamza, &#8220;Boy ila xizmatchi&#8221;), Tabib (F. Zafariy, &#8220;Halima&#8221;), Majididdin (Uyg&#8217;un, I. Sulton, &#8220;Alisher Navoiy&#8221;) va boshqa obrazlari alohida ajralib turadi. Azimov hajviy xarakterli rollarni zo&#8217;r mahorat bilan o&#8217;ynagan. Mubolag&#8217;a, mimika va sahna nutqi vositalaridan ustalik bilan foydalangan. Rejissyor sifatida &#8220;Tohir va Zuhra&#8221; (Sobir Abdulla, 1941), &#8220;Nurxon&#8221; (K. Yashin, 1942) kabi asarlarni sahnalashtirgan. Azimovning Namangan va O&#8217;sh teatrlarini, Andijon Uyg&#8217;ur teatrini tashkil etishda ham hissasi bor. U Toshkentdagi Muqimiy nomli musiqali drama va komediya teatrining tashkilotchilaridan biri bo&#8217;lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>AZIMOV (Asimov) Ayzek (1920- 1992) \u2014 amerikalik fantast yozuvchi, fan targ&#8217;ibotchisi. Belorussiyaning Petrovichi qishlog&#8217;ida tug&#8217;ilgan. 1923 yilda ota-onasi bilan Nyu-York shahriga ko&#8217;chib ketgan. O&#8217;sha yerda Kolumbiya universitetini tugatgan. Mutaxassisligi bioximik. Ilmiy tadqiqotlari uchun falsafa Doktori unvonini olgan. Birinchi qissasi 1939 yil e&#8217;lon qilingan. Shundan so&#8217;ng &#8220;Poydevor va imperiya&#8221; (1952), &#8220;Men robotman&#8221;, &#8220;Mangulik intihosi&#8221; (1955), &#8220;Neytrino&#8221;, &#8220;Darbadar&#8221; (1966), &#8220;Koinot oqimlari&#8221; (1972), &#8220;Poydevor qirralari&#8221; (1982), &#8220;Poydevor va yer&#8221; (1986) asarlarini e&#8217;lon qildi. Azimov fantastikaga intellektual Nasr unsurlarini kiritdi va uni badiiy nasrga yaqinlashtirdi. Bundan tashqari asarlaridan ijtimoiy muammolar ham o&#8217;rin olgan. Azimov ilmiy fantastika asoschilaridan biri. Azimov ning bir qancha hikoyalari va &#8220;Koinot oqimlari&#8221; romani o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>AZIMOV Akbar (1885 &#8211; Toshkent \u2014 1969) \u2014 yog&#8217;och o&#8217;ymakori, naqqosh. Otasi Saidazim Islomovdan hunar o&#8217;rgangan. U o&#8217;ymakorlikdagi an&#8217;analarni davom ettirib, muqarnas va sharafalarni turli shakldagi taxtachalardan yig&#8217;ib, ularga naqsh berishda o&#8217;ziga xos usuli bilan tanilgan. Azimov O&#8217;zbekistonda o&#8217;tkazilgan ko&#8217;rgazmalarda o&#8217;z asarlari bilan qatnashgan. Ishlaridan namunalar O&#8217;zbekiston davlat san&#8217;at muzeyida saqlanmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>AZIMOV Asad Vahobovich (1927.6.10, Andijon \u2014 1995.23.11, Toshkent) \u2014 opera xonandasi (lirik tenor). O&#8217;zbekiston xalq artisti (1978). Abduvahob Azimovnit o&#8217;g&#8217;li. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1953). Muqimiy teatri (1941-43), Uyg&#8217;ur musiqali drama teatri (1943-46), Andijon teatri (1946-47) da artist. Navoiy teatri solisti (1953-85). 1966-70 yillar Toshkent konservatoriyasi, 1960-66 va yana 1970 yildan Toshkent san&#8217;at instituti vokal kafedrasida o&#8217;qituvchi, kafedra mudiri (1975-86). O&#8217;zbek, rus va G&#8217;arbiy Yevropa kompozitorlarining operalarida 50 ga yaqin asosiy partiyalarni (ba&#8217;zilarini O&#8217;zbekistonda ilk marotaba) ijro etgan: Tohir (T. Jalilov, B. Brovsin, &#8220;Tohir va Zuhra&#8221;), Furqat (M. Ashrafiy, &#8220;Shoir qalbi&#8221;), Yo&#8217;lchi (R. Hamroyev, &#8220;Zulmatdan ziyo&#8221;), Nodir (J. Vize, &#8220;Marvarid qidiruvchilar&#8221;) va boshqalar. Ovozi nozik, lirik talqin ustasi. Kontsert repertuarida o&#8217;zbek, tojik, rus va boshqa xalqlar qo&#8217;shiqlari bor.<\/p>\n\n\n\n<p>AZIMOV Jaloliddin Azimovich (1938.10.3, Andijon) \u2014 zoolog, O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), biolologiya fanlari Doktori (1986), professor (1988). Samarqand qishloq xo\u2019jaligi institutini bitirgan (1958). O&#8217;zbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot institutida (1964-69), O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya institutida (1969-78) katta ilmiy xodim, Respublika parrandachilik ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi direktorining o&#8217;rinbosari (1978-89), ToshDU biologiya va tuproqshunoslik fakulteti professori (1989-91), 1991 yildan O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti direktori. Azimovning ilmiy ishlari O&#8217;zbekiston biogeosenozlaridagi parazit organizmlar faunasi tarkibi, shakllanishi va biologik turlitumanlik evolyutsiyasiga bag&#8217;ishlangan. U parazit \u2014 xo&#8217;jayin tizimi evolyusiyasi omillari, turli umurtqalilar endoparazitlarining rivojlanishi va faunistik komplekslarning paydo bo&#8217;lish qonuniyatlarini aniqlagan. <\/p>\n\n\n\n<p>AZIMOV Oqil Odilovich (1946.21.5, Toshkent) \u2014 patent-axborot sohasidagi olim, ixtirochi. O&#8217;zbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Toshkent politexnika institutini (1968), standartlash va metrologiya institutini (Moskva) (1978), Butun jahon intellektual mulk tashkiloti akademiyasini (Jeneva) (1997) tugatgan. O&#8217;rta Osiyo irrigasiya ilmiy tadqiqot institutida ishlagan (1970-92), O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktori (1992 y.dan). Azimovning ilmiy ishlari patent-axborot tahlili va ilmiy-texnikaviy ijodkorlik sohalariga doir. Azimov rahbarligida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va undan foydalanishning davlat tizimini tuzish hamda rivojlantirish bo&#8217;yicha ishlar olib boriladi. Uning ixtirolari bir qator sanoat va suv xo&#8217;jaligi ob&#8217;yektlariga tadbiq etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>AZIMOV Saidmalik Akbarovich (1946.10.7, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasi xalq o&#8217;qituvchisi (1998). Toshkent davlat pedagogika institutining Defektologiya fakultetini tugatgan (1980). Mehnat faoliyatini 1965 yildan boshlagan. 1972 yildan Yunusobod tumanidagi 104-maxsus maktab-internatning mehnat ta&#8217;limi o&#8217;qituvchisi. Azimov darslarni tashkil etishda turli uslublarni qo&#8217;llaydi. Defektologiya bo&#8217;yicha ilmiy va amaliy konferentsiyalar qatnashchisi. Respublika mehnat ta&#8217;limi ustaxonalari ko&#8217;rigida 1-o&#8217;rinni egallagan (1991). Respublika ta&#8217;lim markazi huzuridagi Defektologiya ilmiy metodika kengashi a&#8217;zosi. Bir qancha o&#8217;quv-metodik adabiyot va dasturlar muallifi.<\/p>\n\n\n\n<p>AZIMOV Sarvar Olimjonovich (1923.20.5, Jizzax &#8211; 1994.3.11, Toshkent) \u2014 yozuvchi, jamoat arbobi. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi (1973). O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1983). Filol. fanlari Doktori (1968). O&#8217;rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1946). O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, sektor mudiri, direktor o&#8217;rinbosari (1948 \u2014 55). O&#8217;zKP MK fan va madaniyat bo&#8217;limi mudiri (1955-56). O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi birinchi kotibi (1957-58, 1980-85), O&#8217;zbekiston SSR madaniyat vaziri (1958\u2014 59), O&#8217;zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi o&#8217;rinbosari va O&#8217;zbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri (1959-69, 1988-91). Sobiq SSSRning Livandagi (1969-74), Pokistondagi (1974-80) favqulodda va Muxtor elchisi. Azimov pyesalar (&#8220;Qonli sarob&#8221;, 1964; &#8220;Yulduzlar jamoli&#8221;, 1966; &#8220;Zamon dramasi&#8221;, 1968), qissalar (&#8220;Kamalak&#8221;, 1964; &#8220;Ikki dil \u2014 ikki olam&#8221;, 1967), hikoyalar, kinossenariylar muallifi. U adabiy jarayon masalalariga bag&#8217;ishlangan adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar yozdi. Hamid Olimjon ijodini tadqiq etdi. As: Saylanma, 2 jildli, T., 1988.<\/p>\n\n\n\n<p>AZIMOV Sodiq Azimovich (1914.7.11 \u2014 Toshkent \u2014 1988.21.12) \u2014 fizik olim, O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1962), O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan va texnika arbobi (1964), fizika-matematika fanlari Doktori (1955), professor (1958). O&#8217;rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1940). O&#8217;rta Osiyo politexnika institutida ishlagan (1940-45), O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri (1948-56), direktor o&#8217;rinbosari (1956-58), direktori (1958-62; 1966-88), O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi instituti direktori (1962-66), &#8220;Fizika \u2014 Quyosh&#8221; IICHB bosh direktori (1986-88). O&#8217;zbekiston yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, yarimo&#8217;tkazgichlar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslikka asos solgan va bu sohalarni rivojlantirgan olimlardan biri. Azimov o&#8217;zi ishlab chiqqan usul yordamida kosmik nurlar tarkibida mezonlarga daxlsiz elektron va fotonlar mavjudligini isbotladi (1948). Pomir tog&#8217;i tepasidagi stansiyada (dengiz sathidan 3900 metr balandlik) Azimov o\u2019z xodimlari bilan birgalikda kosmik nurlar va yadrolarning o&#8217;zaro ta&#8217;sirini o&#8217;rganish borasida olib borgan ilmiy izlanishlar elektronyadro oqimlarini kashf etish imkonini berdi. Azimov elektron-yadro jalalarini va yadro zarrachalari singishni tadqiq etgan. U o&#8217;ta yuqori energiyali 1012\u2014 1013 eV) yadro jarayonlari o&#8217;rganiladigan tog&#8217; stansiyasi qurilishini tashkil etdi. Azimov rahbarligida O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizikatexnika institutida quyosh nuri energiyasidan foydalanish usuli asosida o&#8217;ta sof yarimo&#8217;tkazgich materiallar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi hamda 1987 yilda Parkent tumanida 1 megavatt quvvatga ega kontsentratori bor noyob quyosh pechi barpo etildi. Azimov yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi va yuqori temperaturali geliomaterialshunoslik ilmiy maktablariga asos soldi. U 14 fan Doktori va 70 dan ziyod fan nomzodini tarbiyalab, yetishtirdi. Ular hozir ham &#8220;Fizikaquyosh&#8221; IICHB da, O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi insititutida va O&#8217;zbekiston milliy univerisitetida xalqaro darajadagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarni faol davom ettirmoqdalar. Beruniy nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). &#8220;Fizika-Quyosh&#8221; IICHB ga va Toshkent shahrining Mirzo Ulug&#8217;bek tumanidagi ko&#8217;cha va maktabga uning nomi berilgan. Ad.: Bekjonov R. B., O&#8217;zbekiston yadro fizikasi tarixi, T., 1994; Xudoyberdiev R., Hakim Sa&#8217;dulla, atom qa&#8217;riga sayohat, T., 1996.<\/p>\n\n\n\n<p>AZIMOV Sulaymon Egamberdievich (1908.21.10, Qirg&#8217;iziston; O&#8217;sh viloyati O&#8217;zgan tumani \u2014 1996.3.1, Toshkent) \u2014 faylasuf olim, jamoat arbobi. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi (1958). Toshkentdagi Almaiy nomli namuna ish maktabi (1928), pedagogika texnikumini tugatgan (1929). Moskva Tarix-falsafa va adabiyot institutining falsafa fakultetida o&#8217;qigan (1932\u2014 37). O&#8217;rta Osiyo davlat universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida falsafadan dars bergan (1937-38). 1938 yilda &#8220;Qizil O&#8217;zbekiston&#8221; gazeta muharriri. 1939-41 yillarda respublika rahbar lavozimlarida ishlagan. Azimov qatag&#8217;onga uchrab, umrining qariyb 15 yiliini (1941\u2014 55) turma va qamoq lagerlarida o&#8217;tkazdi. 1955-59 yillarda respublika madaniyat vaziri o&#8217;rinbosari. 1959-66-yillarda O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq instituti sektor mudiri, katta ilmiy xodim. Nazariy-ilmiy, publisistik asarlar muallifi.<\/p>\n\n\n\n<p>AZIMOV Sharif Tursunovich (1954.14.5, Samarqand shahri) \u2014 kulol, O&#8217;zbekiston BA haqiqiy a&#8217;zosi (1997). Bobosi kulol Umarqul Jo&#8217;raqulovdan hunar o&#8217;rgangan. O&#8217;zbekiston Rassomlari uyushmasi badiiy jamg&#8217;armasining ishlab chiqarish ustaxonasida kulol (1975-78); 1978 yildan O&#8217;zbekiston rassomlar uyushmasi badiiy jamg&#8217;armasi qoshidagi &#8220;Usta&#8221; birlashmasi Samarqand bo&#8217;limida kulol-rassom. Azimov kulollik san&#8217;ati sirlarini o\u2019rganishda izlanib, bu sohada o&#8217;ziga xos ijodiy yo&#8217;nalish yaratdi. U yaratgan &#8220;Ajdaho&#8221; (sopol, 1978), &#8220;Timsoh&#8221; (sopol) kabi o&#8217;ziga xos jozibali ko&#8217;za, xum va boshqalar. Idishlar muzeylarda saqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>AZIMOV Sherali Azimovich (1928\u2014 1993) \u2014gelmintologolim, O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi (1976), veterinariya fanlari Doktori, professor (1972), O&#8217;zbekiston (hozirgi Samarqand) qishloq xo&#8217;jaligi institutining veterinariya fakultetini tamomlagan. O&#8217;zbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot instituti gelmintologiya laboratoriya mudiri (1957\u2014 64), institut direktori (1965 \u2014 78). 1979 yildan Samarqand qishloq xo&#8217;jaligi institutida professor. Ilmiy ishlari O&#8217;zbekistonda uchraydigan asosiy gelmintoz kasalliklarining epizootologiyasi, patogenezi, diagnostikasi va ularga qarshi kurash choralariga bag&#8217;ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>AZIMOV Eldor Sarvarovich (1945.6.2, Toshkent) \u2014 dirijyor. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1989). Toshkent konservatoriyasini dastlab skripka, so&#8217;ng opera-simfonik dirijyorligi bo&#8217;yicha tugatgan. O&#8217;zteleradio huzuridagi torli kvartet (1963-68) va estrada-simfonik orkestrda (1971-74) skripkachi. Aynan shu yerda 1974 yil kamer orkestr tashkilotchisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori. Mazkur jamoa O&#8217;zbekistonda kamer simfoniya, syuita va boshqa janrlardagi ijodiyotga ijobiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. 1976 yildan Toshkent konservatoriyasida o&#8217;qituvchi, dotsent. 1996 yildan &#8220;O&#8217;zbeknavo&#8221; qoshidagi &#8220;Turkiston kamer orkestri&#8221;ning badiiy rahbari va bosh dirijyori, bari va bosh dirijyori.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AZIMOV Abduvahob (1897.7.9\u2014 Andijon \u2014 1964.1.2) \u2014 aktyor va rejissyor. O&#8217;zbekiston xalq artisti (1939). Hamza bilan birga Andijon teatrini tashkil qilishda qatnashgan. Truppaning tashkiliy davrida Hamzaning &#8220;Boy ila xizmatchi&#8221;, &#8220;Farg&#8217;ona &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/azimov\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5821","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5821","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5821"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5821\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5824,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5821\/revisions\/5824"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5821"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5821"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5821"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}