{"id":5886,"date":"2021-10-26T18:15:02","date_gmt":"2021-10-26T15:15:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5886"},"modified":"2021-10-26T18:15:04","modified_gmt":"2021-10-26T15:15:04","slug":"azot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/azot\/","title":{"rendered":"AZOT"},"content":{"rendered":"\n<p>AZOT (lotincha Nitrogenium), N \u2014 Mendeleev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, at.m. 14,0067. Yer po&#8217;stining og&#8217;irlik jihatidan 0,01% ini tashkil etadi. Havoda erkin holda bo&#8217;ladi (havoning og&#8217;irlik jihatidan 75,6%; hajm jihatidan 78,9% Azotdan iborat). Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uchraydi; masalan, u natriyli selitra va kaliyli selitra (K.NO,) tarkibida bo&#8217;ladi, toshko&#8217;mirda 1 \u2014 1,25%, neftda 1,5%, oqsil moddalarda 17%, odam tanasida 3% gacha bo&#8217;lishi mumkin. Azotni birinchi marta 1772 yilda Rezerford ajratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N (99,635%) va 1SN (0,365%); radioaktiv sun&#8217;iy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud bo&#8217;ladigani 13N dir (yarim yemirilish davri 10,08 minut). Sanoatda suyultirilgan havoni parchalab olinadi. Azot \u2014 rangsiz, hidsiz gaz; qaynash temperaturasi &#8211; 195,8\u00b0, suyuklanish temeraturasi \u2014 209,86\u00b0, 1l Azot 1,2506 gramm; 1 l suvda (0\u00b0 da) 23,3 ml eriydi. Odatdagi sharoitda Azot nihoyatda passiv, faqat litiy bilan birikishi mumkin; boshqa elementlar bilan qizdirilganda, bosim ta&#8217;sirida va katalizatorlar ishtirokidagina birika oladi. Vodorod bilan birikib, ammiak, gidrazin va boshqa, kislorod bilan oksidlar, metallar bilan nitridlar hosil qiladi. Azot o&#8217;simliklar uchun asosiy &#8220;oziq&#8221;lardan biridir. Mineral va organik birikmalari tuproqqa yog&#8217;in-sochin bilan yoki o&#8217;g&#8217;it sifatida tushadi. Erkin Azot ammiak sintezida, ba&#8217;zi kimyoviy reaktsiyalarda inert muhit hosil qiluvchi sifatida, simobli termometrlardagi bo&#8217;shliqni to&#8217;ldirishda, yonuvchan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga haydashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Suyuq Azot dan past temperatura bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan ishlarda (kriostatlar, vakuum qurilmalar va boshqalarda) foydalaniladi. Azotning tabiiy birikmalari ammoniy xlorid va turli nitratlar (selitralar)dan iborat. O&#8217;rta Osiyoning quruq cho&#8217;l iqlimida ko&#8217;p miqdorda selitra to&#8217;planadi. Azot oqsillar, nuklein kislotalar, xlorofill va fermentlarning ajralmas tarkibiy qismi bo&#8217;lganligidan o&#8217;simliklar hayot faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. O&#8217;simliklar tuproqdagi azotli moddalarni o&#8217;zlashtirib, ulardan oqsil hosil qiladi. Havodagi erkin Azotni Azot birikmalariga aylantiruvchi mikroorganizmlar tufayli tuproqda ancha miqdorda Azot to&#8217;planadi. U tuproqda asosan to&#8217;rt xil birikma holida: chirindi (gumus) azoti, ammoniy tuzlari, nitratlar (NO3), oqsil organik azoti (to&#8217;liq parchalanmagan o&#8217;simlik qoldiqlari) va ularning o&#8217;zgarish mahsulotlari \u2014 aminokislotalar, peptidlar, amidlar va aminlar holida mavjud bo&#8217;ladi. Azotni tuproqdagi organik birikmalarini eruvchanligi\u00a0 bo&#8217;yicha uch guruhga: suvda eriydigan, suyultirilgan kislota bilan gidrolizlanganda eritmaga o&#8217;tuvchi va suyultirilgan kislota bilan gidrolizlanganda erimaydigan guruhga bo&#8217;lish mumkin. Erimaydigan guruhga mansub bo&#8217;lgan Azot kam harakatchan va o&#8217;simliklarga yaxshi singmaydi. O&#8217;rta Osiyoning ayrim tuproqlari tarkibidagi umumiy Azotning taxminiy miqdori: och tusli bo&#8217;z tuproqlar (haydalma qatlam)da \u2014 0,04\u20140,07%, ko&#8217;pdan beri sug&#8217;orilib kelinayotgan tipik bo&#8217;z tuproqlarda \u2014 0,10\u20140,15% va to&#8217;qtusli o&#8217;tloq tuproqlarda \u2014 0,20\u20140,50%. O&#8217;rta Osiyoning sug&#8217;oriladigan dehqonchilik mintaqalarida yuqori hosil olish uchun tuproqda Azot zahirasi yetarli emas, shuning uchun bu yerlarda azotli o&#8217;g&#8217;itlar qo&#8217;llaniladi. O&#8217;simliklardagi Azotning ko&#8217;p qismi oqsil moddalari holida bo&#8217;ladi. Turli urug&#8217;lar oqsili tarkibidagi Azot miqdori 16,5\u201417,5% ni tashkil qiladi. G&#8217;o&#8217;za-beda almashlab ekishda beda yoqilgan har gektar yerda biologiya Azotga boy 20 temperaturagacha organik modda hosil bo&#8217;ladi; undagi biologiya Azot miqdori 400\u2014 600 kilogramm\/gektar. Azotdan o&#8217;g&#8217;itlar ishlab chiqarishda, ko&#8217;pchilik sanoat sohalari, jumladan, metallurgiyadagi turli kimyoviy jarayonlarda inert muhit sifatida foydalaniladi. Qudrat Axmerov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AZOT (lotincha Nitrogenium), N \u2014 Mendeleev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, at.m. 14,0067. Yer po&#8217;stining og&#8217;irlik jihatidan 0,01% ini tashkil etadi. Havoda erkin holda bo&#8217;ladi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/azot\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5886","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5886","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5886"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5886\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5887,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5886\/revisions\/5887"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5886"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5886"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5886"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}