{"id":5944,"date":"2021-10-26T21:22:29","date_gmt":"2021-10-26T18:22:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=5944"},"modified":"2021-10-26T21:22:30","modified_gmt":"2021-10-26T18:22:30","slug":"ayvon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ayvon\/","title":{"rendered":"AYVON"},"content":{"rendered":"\n<p>AYVON \u2014 O&#8217;rta Osiyoda iqlimiy sharoit (asosan yoz fasli) ga mo&#8217;ljallab qurilgan usti yopiq, 1, 2 yoki 3 tomoni ochiq bino. Ayvonning shimolga qaratib solinadigan (ters ayvon) va Janubga qaratib solinadigan (o&#8217;ng ayvon, kungay ayvon) xillari bo&#8217;ladi. Tuzilishi jihatidan Ayvonning dahliz-Ayvon, ustunli Ayvon, ravoqli Ayvon kabi turlari bor. Ravoqli Ayvonning eng murakkabi peshtoq shaklida quriladi. Ayvon sahni ko&#8217;pincha sufa (supa) deb ataladi. Ayvon, odatda, chiroyli qilib bezatiladi. Shifti va devorlari bo&#8217;yaladi, yog&#8217;och ustunlariga o&#8217;yma naqshlar solinadi. Ayvon o&#8217;zbek milliy me&#8217;morligida qadimdan turar joy va jamoat binolarining muhim qismi bo&#8217;lib kelgan. Ayvon hovli, masjid, madrasa, do&#8217;kon va saroylarda yozgi bino sifatida qurilgan. Ayvon joyning iqlimiy sharoitiga qarab turli shaklda quriladi. Masalan, Farg&#8217;ona vodiysida Ayvon imorat oldiga qurilib, &#8220;peshayvon&#8221; deb yuritiladi. Buxoro Ayvonlari baland va kambarpast bo&#8217;ladi. Toshkent va Samarqand Ayvonlari ko&#8217;pincha xonalar oldi va oralig&#8217;iga quriladi. Xorazm (ko&#8217;proq Xiva) Ayvonlari atrofdagi xonalardan balandroq va shimoliy tomonga qaratib quriladi. Bunday Ayvonlarni xorazmliklar &#8220;Ullu (katta, shoh) ayvon&#8221; deyishadi. Xiva hovlilarida kambar (ters) Ayvonlar ham bo&#8217;lib, ular ko&#8217;pincha xo&#8217;jalik binolari oldiga quriladi. Ba&#8217;zi shevalarda (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida) bostirma shaklidagi binolarni ham Ayvon deb ataydilar. Xalq tilida binoning boshqa xalqlar me&#8217;morligidan o&#8217;tgan balkon, veranda kabi qismlari ham Ayvon deb yuritiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AYVON \u2014 O&#8217;rta Osiyoda iqlimiy sharoit (asosan yoz fasli) ga mo&#8217;ljallab qurilgan usti yopiq, 1, 2 yoki 3 tomoni ochiq bino. Ayvonning shimolga qaratib solinadigan (ters ayvon) va Janubga qaratib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ayvon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-5944","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5944","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5944"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5944\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5945,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5944\/revisions\/5945"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5944"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5944"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5944"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}