{"id":6036,"date":"2021-10-27T12:21:36","date_gmt":"2021-10-27T09:21:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6036"},"modified":"2021-10-27T12:21:37","modified_gmt":"2021-10-27T09:21:37","slug":"ayniy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ayniy\/","title":{"rendered":"AYNIY"},"content":{"rendered":"\n<p>AYNIY (taxallusi; asl ismi Sadriddin Saidmurodzoda) (1878.15.4, Buxoro viloyati, G&#8217;ijduvon tumani \u2014 1954.15.6, Dushanba) \u2014 yozuvchi, olim, jamoat arbobi. O&#8217;zbek va tojik tilida yozgan. Tojikiston Fanlar Akademiyasi akademigi va birinchi prezidenti (1951-54), O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi faxriy a&#8217;zosi (1943), Tojikistonda xizmat ko&#8217;rsatgan fan arbobi (1940), Filologiya fanlari Doktori (1948), professor (1950). Avval eski maktabda (1884-87), keyin madrasalar: Mir Arab (1890-91), Olimxon (1892-93), Badalbek (1894-96), Hoji Zohid (1896-99), Ko&#8217;kaldosh (1899-1900) da tahsil olgan. Ahmad Donish va Ozarbayjon yozuvchisi Hoja Marog&#8217;iyning hamda jadid ma&#8217;rifatparvarlarining asarlari uning dunyoqarashiga sezilarli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Ayniy Buxoroda yangi usuldagi maktablar ochadi, ular uchun o&#8217;quv qo&#8217;llanmalar, ommani ilm-ma&#8217;rifatga chaqiruvchi she&#8217;r va hikoyalardan iborat &#8220;Yoshlar tarbiyasi&#8221; (1909) darsligini tuzadi. &#8220;Yosh buxoroliklar&#8221; harakatida faol qatnashadi. 1918-21 yillarda tojikcha, o&#8217;zbekcha marsh, qo&#8217;shiq va she&#8217;rlar yaratadi. &#8220;Buxoro jallodlari&#8221; (1922) povesti, &#8220;Buxoro Mangit amirligining tarixi&#8221; (1921) asarida Buxoroning ijtimoiy-siyosiy hayoti ifodalangan. &#8220;Odina&#8221;, &#8220;Qiz bola yoki Xolida&#8221; (1924), &#8220;Tojik adabiyotidan namunalar&#8221; (1926), &#8220;Qul bobo yoki ikki ozod&#8221; (1928) kabi qissa, hikoya, ocherklari muhim ahamiyatga ega. Ayniy tojik va o&#8217;zbek adabiyotlarining ming yillik tarixiy taraqqiyotida yetishib chiqqan 200 dan ortiq shoir, tarixchi, olim, tazkiranavislar hayoti va ijodi haqida ma&#8217;lumot beradi. Ayniy 1927-29 yillarda yirik romani &#8220;Doxunda&#8221;ni tojik tilida nashr ettirdi. 1934 yilda esa o&#8217;zbek tilida &#8220;Qullar&#8221; romanini yaratdi. Unda o&#8217;zbek va tojik xalqining yuz yillik hayoti aks etadi. Ayniyning &#8220;Eski maktab&#8221; (1935) asarida eski maktabdagi o&#8217;qish va o&#8217;qitish haqida hikoya qilinadi. Yigirmanchi yillarda e&#8217;lon qilingan qator hajviy asarlari, &#8220;Yana bu qaysi go&#8217;rdan chiqdi&#8221;, &#8220;Puling halol bo&#8217;lsa, to\u2019y qil&#8221; (1924), &#8220;Mashrab bobo&#8221;, &#8220;E, to&#8217;nim&#8221; (1925), &#8220;Bilganim yo&#8217;q&#8221;, &#8220;Kengash&#8221; (1926) kabi O&#8217;zbekcha feletonlari, hajviy she&#8217;r va maqolalari, ayniqsa, &#8220;Sudxo&#8217;rning o&#8217;limi&#8221; (1939) hajviy povesti yozuvchining mohir satirik ekanligini ko&#8217;rsatdi. Muqanna va Temurmalik boshchiligidagi xalq qo&#8217;zg&#8217;olonini aks ettiruvchi adabiy-tarixiy ocherklar yozdi. U to&#8217;rt qismdan iborat &#8220;Esdaliklar&#8221;ida (1949-54) Buxoroning o&#8217;tmish hayoti va o&#8217;sha davr ijtimoiy madaniy muhitini yoritadi. Ayniy adabiyotshunos, tilshunos, sharqshunos olim sifatida &#8220;Firdavsiy va uning &#8220;Shohnoma&#8221;si haqida&#8221; (1934), &#8220;Kamol Xo&#8217;jandiy&#8221;, &#8220;Shayxurrais Abu Ali ibn Sino&#8221; (1939), &#8220;Ustod Rudakiy&#8221; (1940), &#8220;Shayx Muslihiddin Sa&#8217;diy Sheroziy&#8221; (1942), &#8220;Alisher Navoiy&#8221; (1948), &#8220;Zayniddin Vosifiy&#8221; (uning &#8220;Badoe ul-vaqoe&#8221; asari haqida&#8221;), &#8220;Mirza Abdulqodir Bedil&#8221;, Muqimiy, G&#8217;afur G&#8217;ulom va Said nazar haqidagi asarlari o&#8217;zbek va tojik adabiyotshunosligi va tanqidchiligida, &#8220;Fors va tojik tillari haqida&#8221;, &#8220;tojik tili&#8221; kabi ilmiy ishlari tojik tilshunosligida muhim voqea bo&#8217;ldi. Ayniyning &#8220;Doxunda&#8221;, &#8220;Qullar&#8221;, &#8220;Sudxo&#8217;rning o&#8217;limi&#8221; va &#8220;Esdaliklar&#8221; asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. O&#8217;zbekiston va Tojikiston respublikalaridagi bir qator shahar, tumanlar, qishloqlar, ko&#8217;chalar, maktablar, kutubxonalar, san&#8217;at va madaniyat muassasalari Ayniy nomiga qo&#8217;yilgan. Samarqandda Ayniy yodgorlik uy-muzeyi ochilgan (1967). As: 1-8-jildlar, T., 1963-1967. Ad.: Hasanov M., Ayniy chamani, T., 1978.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AYNIY (taxallusi; asl ismi Sadriddin Saidmurodzoda) (1878.15.4, Buxoro viloyati, G&#8217;ijduvon tumani \u2014 1954.15.6, Dushanba) \u2014 yozuvchi, olim, jamoat arbobi. O&#8217;zbek va tojik tilida yozgan. Tojikiston Fanlar Akademiyasi akademigi va birinchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ayniy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6036","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6036","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6036"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6036\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6037,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6036\/revisions\/6037"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6036"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6036"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6036"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}