{"id":6040,"date":"2021-10-27T12:32:14","date_gmt":"2021-10-27T09:32:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6040"},"modified":"2021-10-27T12:32:15","modified_gmt":"2021-10-27T09:32:15","slug":"ayniy-surilmasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ayniy-surilmasi\/","title":{"rendered":"AYNIY SURILMASI"},"content":{"rendered":"\n<p>AYNIY SURILMASI &#8211; 1964 yil 24 aprel. Toshkent vaqti bilan soat 13 dan 30 minut o&#8217;tganda Zarafshon daryosining yuqori oqimida, Tojikistondagi Ayniy (sobiq Zahmatobod) qishlog&#8217;idan 1 kilometr yuqorida (Samarqand shahridan 140 kilometr Sharqda) tog&#8217; jinslarining surilishi natijasida vujudga kelgan tabiiy to&#8217;g&#8217;on. To&#8217;g&#8217;onning balandligi 130-150 metr, uzunligi 750 metr, eni 1000 metr. To&#8217;g&#8217;on maydalangan slanes, qumtosh, ohaktoshlar, xarsang toshlar, qumoq va loy aralashmasidan iborat bo&#8217;lgan. Zarafshon daryosida bunday katta tabiiy to&#8217;g&#8217;onlar avvallari ham bo&#8217;lib turgan. Chunonchi, 1888 yil yanvar oyi o&#8217;rtalarida hozirgi Ayniydan 8 kilometr yuqoridagi Sangiston qishlog&#8217;i ro&#8217;parasida Zarafshon daryosi to&#8217;g&#8217;on bilan to&#8217;silgan. To&#8217;g&#8217;onni ochish uchun qariyb 1000 kishi 2 oydan ko&#8217;p urinib suvga kichkina yo&#8217;l ochishgan. Biroq uzunligi 15-20 kilometr keladigan ko&#8217;l suvi to&#8217;g&#8217;onni urib, daryo bo&#8217;yidagi ko&#8217;p qishloqlarni yuvib ketgan. Bundan tashqari, Ayniy tabiiy to&#8217;g&#8217;oni bo&#8217;lgan joyda va undan 20-25 kilometr yuqorida (Zarafshon daryosi bo&#8217;yida) surilish izlari saqlanib qolgan. Ayniy to&#8217;g&#8217;onining paydo bo&#8217;lishiga quyidagilar sabab bo&#8217;lgan: yomg&#8217;ir va qor suvlari bir necha yillar tog&#8217; jinslari orasiga singib kelgan, natijada bo&#8217;sh jinslar o&#8217;z tagidagi qattiq jinslardan ajrala boshlagan. 1964 yil aprelda boshqa yillardagi o&#8217;rtacha 50 millimetr o&#8217;rniga uch martadan ham ortiqroq yog&#8217;in tushdi. Bu ham surilma hodisasini tezlashtirdi. Qulagan yon bag&#8217;irning yuqori qismidagi buloq suvlari ham surilma sodir bo&#8217;lishiga sabab bo&#8217;lgan. Ayniy qishlog&#8217;idagi surilma nishonlari 1961 yildayoq sezilaboshlagan edi. 1961 yil bahorida Zarafshon o&#8217;zanidan 700\u2014 750 metr balandlikda yoriq paydo bo&#8217;lib, asta-sekin kengaya borgan. 1964 yil 24 aprel kuni Samarqand seysmik stansiyasi Toshkent vaqti bilan soat 13 dan 15 minut o&#8217;tganda 4 balli zilzila bo&#8217;lganligini qayd qilgan. To&#8217;g&#8217;on hosil bo&#8217;lgandan so&#8217;ng Zarafshon irmoqlari \u2014 Fondaryo bilan Mastchoxdaryo suvi butunlay to&#8217;silib, hosil bo&#8217;lgan ko&#8217;l suvi sathi kuniga 3-5 metrdan ko&#8217;tarila borgan. Zudlik bilan to&#8217;g&#8217;on ochib yuborilmasa, to&#8217;g&#8217;onni suv urib ko&#8217;p yerlarni suv bosib ketish xavfi tug&#8217;ildi. Xavfni bartaraf etish maqsadida to&#8217;g&#8217;onning shimoliy qismida daryoning qadimgi terrasasi bo&#8217;ylab to&#8217;g&#8217;onni qirqib kanal ochishga kirishildi. Kanal Zarafshon daryosining o&#8217;ng qirg&#8217;og&#8217;idan boshlandi. Ayniy ko&#8217;li suvini asta-sekinlik bilan oqizib yuborish eng zarur shartlardan biri edi. 6 may kuni tayyor bo&#8217;lgan kanaldan dastlab 2 metr kub\/sekund, 9 mayga borib 800 metr kub sekund suv tusha boshladi. 8 mayda ko&#8217;l sathi eng yuqori darajaga ko&#8217;tarildi (chuqurligi 72 metr, suv hajmi 90 million metr kub). Kanal yuvilish natijasida eni 100-160 metrga etdi. Ko&#8217;ldagi suv hajmi qariyb 4 marta kamaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AYNIY SURILMASI &#8211; 1964 yil 24 aprel. Toshkent vaqti bilan soat 13 dan 30 minut o&#8217;tganda Zarafshon daryosining yuqori oqimida, Tojikistondagi Ayniy (sobiq Zahmatobod) qishlog&#8217;idan 1 kilometr yuqorida (Samarqand shahridan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ayniy-surilmasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6040","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6040","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6040"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6040\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6041,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6040\/revisions\/6041"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6040"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6040"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6040"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}