{"id":6090,"date":"2021-10-27T15:27:33","date_gmt":"2021-10-27T12:27:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6090"},"modified":"2021-10-27T15:27:34","modified_gmt":"2021-10-27T12:27:34","slug":"aytmatov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aytmatov\/","title":{"rendered":"AYTMATOV"},"content":{"rendered":"\n<p>AYTMATOV Chingiz To&#8217;raqulovich (1928.12.12, Qirg&#8217;iziston, Shakar qishlog&#8217;i) \u2014 qirg&#8217;iz yozuvchisi, davlat, jamoat arbobi, diplomat. Qirg&#8217;iziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg&#8217;iziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1974). Qirg&#8217;iziston qishloq xo\u2019jalik institutini tamomlagan (1953). 1956 \u2014 58 yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirg&#8217;iz va rus tilida yozadi. Ilk hikoyalari 1950 yillarda bosilgan. &#8220;Baydamtol sohillarida&#8221; (1955), &#8220;Yuzma yuz&#8221; (1957) asarlari o&#8217;tkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. &#8220;Jamila&#8221; (1958), &#8220;Sarvqomat dilbarim&#8221; (1961), &#8220;Bo&#8217;tako&#8217;z&#8221;, &#8220;Birinchi muallim&#8221; (1962), &#8220;Momo yer&#8221;, &#8220;Somon yo&#8217;li&#8221; (1963), &#8220;Alvido, ey Gulsari&#8221; (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan tarannum etilgan. Aytmatovning &#8220;Tog&#8217;va cho&#8217;l qissalari&#8221; turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Aytmatovning &#8220;Oq kema&#8221; (1970) qissasida insoniy go&#8217;zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. &#8220;Oq kema&#8221; kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. &#8220;Dengiz yoqalab chopayotgan Olapar&#8221; (1977) qissasida muhim ma&#8217;naviy masalalar, sho&#8217;ro davridagi hayotning mash&#8217;um manzaralari o&#8217;z ifodasini topgan. &#8220;Asrga tatigulik kun&#8221; (1980), &#8220;Qiyomat&#8221; (1986), &#8220;Kassandra tamg&#8217;asi&#8221; (1990) romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar ko&#8217;tarilgan. O&#8217;tmishini unutgan, hissiz, hamma narsaga loqayd, itoat-u, buyruqni bajarishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuyg&#8217;u, nozik hissiyotlari so&#8217;ngan manqurt obrazi tasviri Aytmatov ijodining muhim qirralaridan biri bo&#8217;ldi. Aytmatovning &#8220;Cho&#8217;qqida qolgan ovchining ohi zori&#8221; (M. Shoxonov bilan hamkorlikda) asari ma&#8217;naviyatga bag&#8217;ishlangan. Aytmatov prozasida ruhiyat tahlili an&#8217;anaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uyg&#8217;unlashib ketadi. Unda masal, ramziylikka moyillik sezilarli darajadadir. Aytmatov &#8220;Inostrannaya literatura&#8221; (Moskva) jurnaliga muharrir (1980 \u2014 90), 1990 yildan sobiq SSSRning, so&#8217;ng Rossiya Federatsiyasining, 1991 yildan Qirg&#8217;iziston Respublikasining Lyuksemburg, Belgiyadagi elchisi. Aytmatov tashkil etgan &#8220;Issiqko&#8217;l forumi&#8221; xalqaro tinchlik harakati, muhim ijtimoiy masalalarni hal etishda samarali ta&#8217;sir o&#8217;tkazmoqda. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi Prezidenti (1995). Aytmatovning asarlari jahonning 154 tiliga tarjima qilinib, 20 milliondan ortiq nusxada chop etilgan (1999). &#8220;Sarvqomat dilbarim&#8221; (&#8220;Dovon&#8221;), &#8220;Bo&#8217;tako&#8217;z&#8221; (&#8220;Jazirama&#8221;), &#8220;Birinchi muallim&#8221;, &#8220;Jamila&#8221;, &#8220;Alvido, ey Gulsari&#8221; va boshqa ekranlashtirilgan, o&#8217;zbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. &#8220;Momo yer&#8221; asariga I. Akbarov musiqa yozgan. Aytmatovning qariyb hamma asarlari o&#8217;zbek tilida nashr etilgan. Aytmatov o&#8217;zbek adabiyoti, umuman, o&#8217;zbek madaniyati tarixini yuksak baholab, &#8220;Qadim-qadim o&#8217;zbek madaniyatining O&#8217;rta Osiyoga ko&#8217;rsatgan ta&#8217;sirini ko&#8217;hna Vizantiyaning qadim Rusga ko&#8217;rsatgan ta&#8217;siri b-n qiyoslash mumkin&#8221;, deb hisoblaydi. Aytmatov O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;Do&#8217;stlik&#8221; (1995), &#8220;Buyuk xizmatlari uchun&#8221; (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg&#8217;iziston Respublikasida xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi &#8220;Oltin medal&#8221; mukofoti ta&#8217;sis etilgan (1999). As: tanlangan asarlar [ikki jild-li], T.. 1978; Aytmatov Ch.: Stati, vistupleniya, dialogi, intervyu, M., 1988; Asrga tatigulik kun; Qiyomat, romanlar, T., 1998. Ad.: Mirza-Axmedova P. M., Nasionalnaya epicheskaya tradisiya v tvorchestve Chingiza Aytmatova, T., 1980; Gachev G., Chingiz Aytmatov i mirovaya literatura, Frunze, 1982; Axmatal iev A. A, Chingiz Aytmatov i vzaimosvyazi literatur, Bishkek, 1991.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AYTMATOV Chingiz To&#8217;raqulovich (1928.12.12, Qirg&#8217;iziston, Shakar qishlog&#8217;i) \u2014 qirg&#8217;iz yozuvchisi, davlat, jamoat arbobi, diplomat. Qirg&#8217;iziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg&#8217;iziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1974). Qirg&#8217;iziston qishloq xo\u2019jalik institutini tamomlagan (1953). 1956 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aytmatov\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6090","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6090","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6090"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6090\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6091,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6090\/revisions\/6091"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6090"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6090"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6090"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}