{"id":6149,"date":"2021-10-27T19:42:37","date_gmt":"2021-10-27T16:42:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6149"},"modified":"2021-10-27T19:42:39","modified_gmt":"2021-10-27T16:42:39","slug":"akbar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/akbar\/","title":{"rendered":"AKBAR"},"content":{"rendered":"\n<p>AKBAR Jaloliddin Muhammad (1542.14.10, Amarkot -1605, Agra yaqinidagi Sikandra qishlog&#8217;i) \u2014 Hindistondagi Boburiylar saltanati hukmdori (1556 yildan). Boburning nabirasi, Humoyunning o&#8217;g&#8217;li, 13 yoshida taxtga o&#8217;tirgan (1556 yil 15 fevral). Dastlab vaziri turkman Bayramxon otaliq yordamida taxtni boshqargan, so&#8217;ngra balog&#8217;at yoshiga yetgach, mamlakatni qattiqqo&#8217;llik bilan idora eta boshlagan. Saltanatini kengaytirish uchun muttasil kurashgan. Akbar davrida Boburiylar saltanati shimda Balxtsan tortib Janubida Godovari daryosigacha (Kashmir va Afg&#8217;oniston hududlari bilan), g&#8217;arbda Arabiston dengizidan Sharqda Bengaliya qo&#8217;ltig&#8217;igacha bo&#8217;lgan ulkan hududni qamrab olgan. Markazlashgan saltanat tuzish maqsadida 1574 yildan ichki islohotlar o&#8217;tkazishga kirishadi: qo&#8217;shin ustida nazoratni kuchaytiradi va uni qayta tashkil etib, yangidan qurollantiradi, mamlakatni yangi ma&#8217;muriy tumanlarga bo&#8217;ladi. Nikoh rishtalari orqali rajput knyazliklari bilan aloqalarni mustahkamlagan. Rajputlar otliq qo&#8217;shini Akbar qo&#8217;shinining asosini tashkil qilgan. Yirik yer egalari \u2014 jogirdorlarning o&#8217;zboshimchaligiga qarshi bir qancha chora-tadbirlarni o&#8217;tkazgan, 1574 yil dehqonlar, sarkardalarga yer in&#8217;om etish o&#8217;rniga xazinadan ularga maosh to&#8217;lashni, mamlakatdagi yerlardan soliq to&#8217;plashni o&#8217;z xizmatchilari zimmasiga yuklagan. Akbar aholi orasida diniy jihatdan o&#8217;zaro birdamlikka erishish maqsadida hindlarni yuqori mansablarga tayinlay boshlagan va yangi din \u2014 &#8220;dini ilohiy&#8221; joriy etgan. Bu din o&#8217;zida islom, hinduizm, parsizm va jaynizm dinlarining qorishmasidan iborat bo&#8217;lgan. Akbar dunyoviy va diniy hokimiyatni o&#8217;zida mujassamlashtirgan. Bu dinga e&#8217;tiqod qilganlar Akbarning marhamatiga sazovor bo&#8217;lganlar. Keyinchalik Akbar vafotidan so&#8217;ng bu yangi din kichik bir mazhabga aylanib qolgan. Akbar dehqonchilik va savdoga katta e&#8217;tibor bergan, Yevropa mamlakatlari bilan ham savdo-sotiq olib borgan. Akbar ilm-fan, san&#8217;atga ham homiylik qilgan. Akbar ning vaziri va do&#8217;sti Abulfazl Allomiy Akbar saltanati tarixiga oid &#8220;Akbarnoma&#8221; asarini yozib qoddirgan. Akbar buyuk davlat arbobi, quvvai hofizasi kuchli, Jasur, iqtidorli sarkarda bo&#8217;lgan. Ad.: Qodirov P., Humoyun va Akbar, T., 1994.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AKBAR Jaloliddin Muhammad (1542.14.10, Amarkot -1605, Agra yaqinidagi Sikandra qishlog&#8217;i) \u2014 Hindistondagi Boburiylar saltanati hukmdori (1556 yildan). Boburning nabirasi, Humoyunning o&#8217;g&#8217;li, 13 yoshida taxtga o&#8217;tirgan (1556 yil 15 fevral). Dastlab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/akbar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6149","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6149","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6149"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6149\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6153,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6149\/revisions\/6153"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6149"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6149"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6149"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}