{"id":6152,"date":"2021-10-27T20:01:02","date_gmt":"2021-10-27T17:01:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6152"},"modified":"2021-10-27T20:01:05","modified_gmt":"2021-10-27T17:01:05","slug":"akbarov","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/akbarov\/","title":{"rendered":"AKBAROV"},"content":{"rendered":"\n<p>AKBAROV Asqarali Odamshoyevich (1951.2.10, O&#8217;sh viloyati Yangiyo&#8217;l tumani karavon qishlog&#8217;i) \u2014 naqqosh, O&#8217;zbekiston Respublikasi xalq ustasi (2000). T. To&#8217;xtaxo&#8217;jaevning shogirdi. R. Yoqubov, J. Hakimov, M. Usmonovlar bilan birga ishlab hunar o&#8217;rgangan. M. Uyg&#8217;ur nomidagi Toshkent san&#8217;at institutini tugatgan (1995). 1975 yildan Qo&#8217;qon badiiy ishlab chiqarish ustaxonasida naqqoshlar brigadasi boshlig&#8217;i, 1982 yildan Namangan badiiy ustaxonasi amaliy san&#8217;at brigadasi boshlig&#8217;i, 1989 yildan Namangan viloyat o&#8217;lkashunoslik muzeyida san&#8217;at bo&#8217;limi boshlig&#8217;i, 1998 yildan O&#8217;zbekiston ba Namangan viloyati badiiy ijodkorlar uyushmasi rahbari. Akbarov ijodida an&#8217;anaviy naqqoshlikni rivojlantirdi, binolar bezagida naqqoshlik bilan ganch va yog&#8217;och o&#8217;ymakorligini uyg&#8217;un holda qo&#8217;lladi, unutilib ketgan kundal uslubini tikladi. Kursi, xontaxta, guldon, lagan kabi buyumlarni nafis ranglarda bezaydi. Milliy va zamonaviy binolar bezagida islimiy va girih mujassamotidan keng foydalanadi. Namangan (&#8220;Paxtaliko&#8217;l&#8221; sanatoriysi, viloyat o&#8217;lkashunoslik muzeyi va boshqalar), Toshkent (&#8220;Moviy gumbazlar&#8221; choyxonasi, xalqlar do&#8217;stligi saroyi va boshqalar) va boshqa viloyatlarda, xorijda 60 dan ortiq jamoat binolarini bezadi.<\/p>\n\n\n\n<p>AKBAROV Ikrom Ilhomovich (1921.1.3, Toshkent) \u2014 kompozitor, O&#8217;zbekiston xalq artista (1981), O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1964). Toshkent (1945) va Leningrad (1950) konservatoriyalarini tugatgan. Hamzaga bag&#8217;ishlangan &#8220;Shoir xotirasiga&#8221; simfonik poyemasi (1954) o&#8217;zbek simfonik ijodiy tafakkurining shakllanishida Asqarali Akbarov ishlagan bino bezagi muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. Akbarov simfonik asarlar, opera va baletlar, oratoriyalar, vokal-simfonik va kamer-cholg&#8217;u asarlar (xususan 6 ta torli kvartet), qo&#8217;shiq va romanslar, xor turkumlari muallifi, kinofilmlar va dramatik spektakllarga musiqa yaratgan, o&#8217;zbek xalq kuylarini jo&#8217;rsiz xor uchun qayta ishlagan. Ijodiy uslubi teran simfonik tafakkurga asoslangan. Simfonik asarlari \u2014 &#8220;Epik poema&#8221; (1961), skripka va orkestr uchun 1-2 &#8211; va 3 &#8211; kontsertlar (1962, 1984, 1997), &#8220;Pochta&#8221; (1970), &#8220;Shakuntala&#8221; (1980) simfonik manzaralari, &#8220;Samarqand haqida simfonik hikoyalar&#8221;i (1973), 2 ta simfoniya (1996, 1998) va boshqalar. &#8220;Orzu&#8221; (1957), &#8220;Layli va Majnun&#8221; (1968), &#8220;Navro&#8217;z&#8221; (1984) baletlari, &#8220;So&#8217;g&#8217;d elining qoploni&#8221; (1977) va &#8220;Ibtido xatosi&#8221; (1997) operalari, &#8220;Toshkentnoma&#8221; (1964), &#8220;Mangu xotira&#8221; (1985) oratoriyalarini yaratgan. Asarlari chet ellarda ham ijro etilgan. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofotining laureati (1977). &#8220;El-yurt hurmati&#8221; ordeni bilan mukofotlangan (1999). Ad.: Djabbarov A, Solomonova T., Kompozitori i muzikovedi Uzbekistana, T., 1975; Yanov-Yanovskaya NS, Ikram Akbarov, T., 1990.<\/p>\n\n\n\n<p>AKBAROV Ilyos Akbarovich (1909.5.5, Toshkent) \u2014 o&#8217;zbek musiqashunosi. Birinchi o&#8217;zbek musiqa folklorshunoslaridan. O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1956). San&#8217;atshunoslik institutida ilmiy xodim (1932-39), direktor (1943-48), &#8220;O&#8217;zdavnashr&#8221;da musiqa bo&#8217;limining mudiri (1934-40), Toshkent musiqa bilim yurti (1930-42), Toshkent davlat konservatoriyasi (1943 yildan) da o&#8217;qituvchi, musiqa nazariyasi kafedrasi mudiri (1963-90), professor (1979 yildan). Farg&#8217;ona vodiysi va Xorazm viloyatlarida o&#8217;zbek va Uyg\u2019ur xalq kuylarini to&#8217;plab, ayrimlarini nashr ettirgan: &#8220;O&#8217;zbek ashulalari&#8221; (M., 1934, H. Muhamedova bilan hamkorlikda), &#8220;30 ashula&#8221; (M., 1935), &#8220;O&#8217;zbek xalq qo&#8217;shiklari&#8221; (T., 1939), &#8220;Muqimiy va Furqat ashulalari&#8221; (T., 1959) va boshqalar. Ilk o&#8217;zbek bolalar qo&#8217;shiqlari (&#8220;Biz kuylaymiz&#8221;, T., 1939), &#8220;Musiqa lug&#8217;ati&#8221; (T., 1987, 2-nashri -1997), darslik va uslubiy qo&#8217;llanmalar muallifi. &#8220;El-yurt hurmati&#8221; ordeni bilan mukofotlangan (2000).<\/p>\n\n\n\n<p>AKBAROV Odiljon (1933.23.8, Baliqchi tumani) Xalq o&#8217;qituvchisi (1983). &#8220;O&#8217;zbekiston hunar-texnika ta&#8217;limi a&#8217;lochisi&#8221; (1969). 1951 yil Andijon shahridagi 10-hunar bilim yurtini, 1955 yil Toshkent industrial texnikumini, 1971 yil sirtdan Andijon pedagogika institutini tugatgan. 1955 yildan Andijon shahridagi 10-hunar-texnika bilim yurtida ishlab chiqarish ta&#8217;limi bo&#8217;yicha usta, 1971-96 yillarda Andijon mashinasozlik litseyida maxsus fanlar bo&#8217;yicha o&#8217;qituvchi. Akbarov boshchilik qilgan chizmachilik kabineti respublikadagi eng namunali kabinet hisoblangan. Ekranlashtirilgan bu kabinetda turli xil ko&#8217;rgazmali qurollar, didaktik materiallar o&#8217;rnatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>AKBAROV Habibulla Asatovich (1936.24.3, Toshkent) \u2014 geolog olim. O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1994). Geologiya-mineralogiya fanlari Doktori (1986), professor (1992). O&#8217;rta Osiyo politexnika institutining geologiya qidiruv fakultetini tugatgan (1958). O&#8217;rta Osiyo geologiya va mineral xom ashyo institutida sektor mudiri (1968-79), bo&#8217;lim mudiri (1979-86), direktor o&#8217;rinbosari (1987-91). 1992-96 yillarda ToshDTU prorektori va ayni vaqtda shu universitet foydali qazilma konlari kafedrasi mudiri. 1996 yildan O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi yer haqidagi fanlar bo&#8217;limi raisi va Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a&#8217;zosi (1997 yildan). Akbarovning ilmiy ishlari endogen ruda konlari va maydonlari tuzilishi, ularning paydo bo&#8217;lish va joylashish qonuniyatlarini o&#8217;rganish, rudalarni izlash va bashoratlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga bag&#8217;ishlangan. As. Tabiiy muhitni muhofazalashning geologiya asoslari, T., 1996 (hammuallif).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AKBAROV Asqarali Odamshoyevich (1951.2.10, O&#8217;sh viloyati Yangiyo&#8217;l tumani karavon qishlog&#8217;i) \u2014 naqqosh, O&#8217;zbekiston Respublikasi xalq ustasi (2000). T. To&#8217;xtaxo&#8217;jaevning shogirdi. R. Yoqubov, J. Hakimov, M. Usmonovlar bilan birga ishlab hunar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/akbarov\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6152","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6152","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6152"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6152\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6157,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6152\/revisions\/6157"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6152"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6152"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6152"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}