{"id":6239,"date":"2021-10-28T13:54:27","date_gmt":"2021-10-28T10:54:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=6239"},"modified":"2021-10-28T13:54:28","modified_gmt":"2021-10-28T10:54:28","slug":"akkretsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/akkretsiya\/","title":{"rendered":"AKKRETSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>AKKRETSIYA \u2014 Koinot jismiga (ayrim turdagi yulduzlar, galaktikalar yadrolari va boshqalar) atrof muhitdan yoki qo&#8217;shni ob&#8217;yektdan moddaning uzluksiz tushib borish jarayoni. Kuzatuvlarga ko&#8217;ra, Galaktikamiz juda ham zich qo&#8217;shaloq yulduzlarga boy va, xususan, yangi yulduz hodisasi ko&#8217;pincha aynan ularda ro&#8217;y bermoqda. Fizik va dinamik bog&#8217;langan qo&#8217;shaloq yulduzning biri oddiy yulduz bo&#8217;lsa, uning sirtidan asosan vodoroddan iborat modda ikkinchi komponentga \u2014 oq mittiga tushib yig&#8217;ilib boradi. Oq mittining o&#8217;z vodorodi allaqachon yonib tugagani, yig&#8217;ilayotgan vodorod massasi va temperaturasi esa asta oshib borishi sababli to&#8217;satdan termoyadro reaktsiyasi sodir bo&#8217;lib, yangi yulduz hodisasi kuzatilishi mumkin. Pulsarlar atrofida esa Akkretsiya hodisasi sodir bo&#8217;lish-bo&#8217;lmasligi ularning yoshiga bog&#8217;liq. Yosh pulsar yuqori energiyali zarrachalar manbai bo&#8217;lgani uchun unda Akkretsiya yuz bermaydi. Pulsar yoshi taxminan 106\u2014 107 yilga yetgach Akkretsiya ro&#8217;y bera oladi. Pulsar sirtidagi gravitasion potentsial 0,15 S2 ekanligi sababli (s \u2014 nur tezligi), agar u qo&#8217;shaloq tizim a&#8217;zosi bo&#8217;lsa, Akkretsiya tufayli kuchli rentgen nurlanishi vujudga keladi. Kosmik apparatlardan olib borilgan kuzatuvlar yordamida qator rentgen pulsarlari (Sep X\u20143, Her X\u20141 va boshqalar) topilgan. Qora o&#8217;ralar yaqinidagi ayrim faol jarayonlar ham Akkretsiya modeli yordamida oson va to&#8217;g&#8217;ri tushuntirilmoqda. Umumiy holda Akkretsiya turlarini 3 sinfga ajratish mumkin: disksimon, sferik va nosimmetrik. Bular ichida disksimon Akkretsiya yaxshi o&#8217;rganilib, adabiyotda akkresion disk atamasi tez-tez uchrab turadi. Gap shundaki, oddiy yulduzdan relyativistik yoki kompakt (zichligi katta, o&#8217;lchami kichik) yulduzga oqib tushayotgan massa impuls momentiga ega bo&#8217;lib, u Akkretsiya diskini hosil qiladi. Bu moment yo&#8217;qolmagunga qadar Akkretsiya massasi kompakt yulduzga tusha olmaydi. Shu sababli, uning atrofida aylanuvchi akkretsion disk vujudga keladi. Akkretsiya natijasi kompakt yulduzning magnit maydoniga ham bog&#8217;liq. Diskning eng qaynoq ichki qismida issiqlik va dinamik beqarorliklari yuz beradi. Markazdan tarqalayotgan nurlanish bosimi va elektromagnit kuchlar ta&#8217;sirida Akkretsiya diskining o&#8217;qi yo&#8217;nalishlari bo&#8217;ylab moddaning harakat tezlanishi yuz beradi. Bu kuzatilayotgan faol jarayonlar sababli bo&#8217;lishi kerak. Kvazarlar va galaktikalar yadrolari faolligi ham Akkretsiya diski modeli yordamida tushuntiriladi. Salohiddin Nuriddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AKKRETSIYA \u2014 Koinot jismiga (ayrim turdagi yulduzlar, galaktikalar yadrolari va boshqalar) atrof muhitdan yoki qo&#8217;shni ob&#8217;yektdan moddaning uzluksiz tushib borish jarayoni. Kuzatuvlarga ko&#8217;ra, Galaktikamiz juda ham zich qo&#8217;shaloq yulduzlarga boy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/akkretsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3077,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-6239","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6239","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6239"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6239\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6240,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6239\/revisions\/6240"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3077"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6239"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6239"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6239"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}